Oiladagi tazyiq va zo’rovonlikni oldini olish hamda gender tenglikni taminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar
Oiladagi tazyiq va zo’rovonlikni oldini olish hamda gender tenglikni taminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar. Vatanimiz tarixiga ko’z tashlaydigan bo’lsak oiladagi ayollarga nisbatan zo’ravonlik kayfiyati uzoq vaqt davomida jamiyatdan va ommaviy axborot vositalaridan sir tutilar edi. Garchi psixologlar bu masalaga avval katta muammo sifatida qaragan bo’lsa ham hozirgi kunga kelib bu muammo hamma joyda muhokama qilinmoqda. Zo’ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar o’zlarini kaltaklangani,zo’rlangani tazyiqqa uchragani va xo’rlanganligini aytishmoqda. Hurmatli prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev va senat raisi Tanzila Norbayevalarning sayi harakatlari bilan zo’ravonlikka uchragan ayollar muammosiga bugungi kunda alohida etibor qaratilib bu sohada keng ko’lamdagi islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan 35 moddadan iborat ‘’ Xotin qizlarni tazyiq va zo’rovonlikdan himoya qilishto’g’risida’’gi qonun oilalarda ayollarga bo’layotgan zo’ravonliklarga qarshi kurash yo’lida muhim qadam bo’ldi deb aytishimiz mumkin. Maskur qonunning 23-moddasida tazyiqqa uchragan ayollarga himoya orderi berish tizimi ham joriy etildi. Lekin senatning ikkinchi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva himoya orderi joriy etilganidan boshlab faqat 9 nafar ayollarga berilayotganligini tanqid qildi: ‘’ Ayollar nega himoya nega himoya orderi so’rab murojat qilmayapti? Chunki ular bu orderni mavjudligi haqida hali bilmaydi. Davlat rahbari o’z joniga qasd qilish haqida kuyinib gapiryaptilar. Mana shu order tizimi orqali balki ayollar hayotini saqlab qolish mumkin bo’lar’’ deb takidlab o’tdi .
Statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak birgina 2019-yilda huquqiy masalalar yuzasidan 3311 ta murojat kelib tushgan bo’lsa ularning 800 nafardan ortig’I zo’ravonlik va tazyiqqa uchragani bilan bo’liqdir.
Hozirgi dunyo hamjamiyatida eng dolzarb muammolardan biri shubhasiz bu oliaviy zo’ravonlikdir. Ushbu muammo hozir dunyo hamjamiyating diqqat markazida bo’lishiga qaramay uni hal qilish yo’llari hamon mummoligicha qolmoqda. Oilaviy zo’ravonlik yaqin qarindoshlaridan biriga yoki bir nechtasiga nisbatan yomon munosabatda bo’lishdir. Bunga ma’naviy bosim ham, jismoniy shiksatlash ham zo’rlash ham kiradi.
Bugungi kunda oilaviy zo’ravonlik dunyo hamjamiyati tomonidan ijtimoiy muammo sifatida ko’rilmoqda. Bu muammolarni hal qilish uchun maxsus choralar talab qilmoqda. Buning sababi shundaki aksariyat mamalakatlarda shu jumladan O’zbekistonda ham oiladagi zo’ravonlik munosabatlarining ko’payishi tufayli jamiyat tomonidan oilalarga bo’lgan e’tibor kuchaygan. Zo’ravonlikka uchragan shaxslar statistikasi shuni ko’rsatdiki jahon hamjamiyatida oilaviy zo’ravonlik qurbonlari soni yil sayin o’sib bormoqda. Buning ortidan qotillik, depressiya, zo’ravonlik, inson huquqlarini poymol qilish, suitsid kabi muammolar ko’paymoqda.
Buguni kunda aksariyat odamlaring ko’z ongiga zo’ravonlik deganda faqat jismoniy kuch ishlatish keladi masalan; qiynoq urish ayollarga tajovvuz. Aksincha zo’ravonlikni quydagi turlarga bo’lish mumkin: jimsiy zo’ravonlik, jismoniy zo’ravonlik va ruhiy zo’ravonlidir.
Ruhiy, Jinsiy va jismoniy zo’ravonlikka “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida quydagicha tarif berilgan: