IV
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
V
|
Glossariy
|
|
VI. Ilovalar:
|
1
|
fan dasturi
|
|
2
|
ishchi o’quv dasturi
|
|
3
|
testlar
|
|
4
|
tarqatma materiallar
|
|
5
|
ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
|
6
|
boshqa materiallar
|
|
VI
|
O’UMning elektron varianti (diskda)
|
|
1-Mavzu: Mehnat huquqining , maqsad va vazifalari.
Mehnat huquqining , maqsad va vazifalari.
Mehnat huquqi tushunchasi huquqning eng muxim soxasi sifatida. Mehnat munosabatlarining mehnat huquqi tomonidan tartibga solinadigan Fuqaroviy-huquqiy, umummajburiy munosabatlardan farqi.
Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va uning turlari. Mehnat munosabatlarini tartibga solishning metodik xususiyatlari. Mehnat huquqi soxasi tizimi. Mehnat huquqi fanining predmeti. Mehnat huquqining vazifalari.
Mehnat huquqi rivojining asosiy xususiyatlari. О‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida Mehnat huquqi asosiy tamoyillarining О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida о‘z aksini topishi.
Mehnat huquqi manbalari birligi va farkli jihatlari, xodimlar mehnati haqidagi qonunlarning umumiy va maxsus jixatlari. Mehnat huquqining lokal meyori. Normativ hujjatlarning zamon, makon va xodimlarning toifalanishiga kо‘ra amal qilishi.
Bozor munosabatlari sharoitida jamoaviy shartnoma tushunchasi va axamiyati, jamoaviy shartnoma va kelishuvlarni tuzishning asosiy tamoyillari. Jamoaviy shartnomaning tomonlari. Jamoaviy shartnomani tuzish va qayd etish tartibi. Jamoaviy shartnomaning mazmuni va tuzilishi. Jamoaviy shartnomaning bajarilishi ustidan nazorat. Shartnomaning amalda bо‘lish muddati. Jamoaviy kelishuvlar turlari. Jamoaviy shartnomani ishlab chiqish tartibi, muddati va uni tuzish
О‘zRda mehnatga jalb etishning tashkiliy-huquqiy shakllari. Bandlik tushunchasi, shakllari va bu soxadagi siyosat. Mehnatni huquqiy amalga oshirish kafolatlari, ishga joylashishni huquqiy tashkil etish va uning turlari. Ishsizlikning huquqiy makoni, ishsizlik nafakasini tо‘lash sharti va muddati. Ayrim asoslarga kо‘ra mehnat shartnomasini tugatish vaqtida moddiy ta’minlashning kо‘shimcha kafolatlari. Ayrim toifadagi axolining ishga joylashish bо‘yicha kо‘shimcha kafolatlar. Ishga joylashish haqidagi qonunlarga rioya etish ustidan nazorat va uning buzilganligi uchun javobgarlik.
О‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat Kodeksi, О‘zbekiston
Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
qonunlari va Jо‘qorg‘i Kenges qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari о‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyerida mehnat shartnomasi (kontrakt) bо‘yicha ishlayetgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining о‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga kо‘maklashadi.
Xodimlar uchun mehnat huquqlarining va kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qо‘yiladi.
Qonunlardagiga nisbatan qо‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu jumladan shartnoma yо‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin.
Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning shartlari, agar qonunda boshqa holat kо‘rsatilmagan bо‘lsa, bir taraflama о‘zgartirilishi mumkin emas. Mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinmagan masalalar mehnat tо‘g‘risidagi shartnoma taraflarining kelishuvi asosida, о‘zaro kelishilmagan taqdirda esa, mehnat nizolarini kо‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |