Ishning bajarilishi: 5 ta probirka olib, ularning har biriga sirka kislotadan va natriy atsetat eritmasidan quyidagi jadvalda ko’rsatilgandek qilib solinadi. Shundan so’ng har bir probirkaga 1 ml dan jelatina eritmasidan solinadi va yaxshilab chayqatiladi.
Probirka larning №
|
Bufer eritmaning tarkibi, 0,1 H
|
eritma pH i
|
0,5%-li jelatina
|
etil spirt, ml
|
Loyqala
nish darajasi
|
CH2COOH
|
CH2COONa
|
1
|
1,8
|
0,2
|
3,8
|
1
|
4
|
1
|
2
|
1,4
|
0,6
|
4,4
|
1
|
4
|
3
|
3
|
1,0
|
1,0
|
4,7
|
1
|
4
|
5
|
4
|
0,6
|
1,4
|
5,1
|
1
|
4
|
4
|
5
|
0,2
|
0,8
|
5,7
|
1
|
4
|
3
|
Oradan 5-10 minut o’tgach hamma probirkalar tekshirib, ularning loyqalanish darajasi ko’riladi. Qaysi probirkadagi loyqalanish eng yuqori bo’lsa, jadvalga qarab shu probirkadagi suyuqlikning pH darajasi topiladi va shunga qarab tekshirilayotgan oqsilning izoelektrik nuqtasi aniklanadi.
OQSIL MIQDORINI LOURI USULI BILAN ANIQLASH.
Darsning maqsadi: Oqsillarga xos Louri reaksiyalar yordamida oqsil miqdorini aniqlashni laboratoriya tajribalari asosida egallangan bilimlarni mustahkamlash, ko`nikmalarni hosil qilish.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, pipetkalar, tuxum oqsilining 1% li eritmasi, natriy gidroksidning 10%li eritmasi mis (II)-sulfatning 1 % li eritmasi, alanin eritmasi, ningidrinning 0,5 % li eritmasi, tirozining 0,1 % li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota, fenolning 0,1 % li eritmasi, Millon rekativi, natriy gidroksidning 30 % li eritmasi, qo`rg`oshin asetatning 5 % li eritmasi, argininning 0,05 %li eritmasi, naftolning spirtdagi 0,1 % li eritmasi natriy gipobromitning 2 % li eritmasi, triptofanning 0,05 % li eritmasi, muz – sirka kislota, konsentrlangan sulfat kislota.
Uslubniig moxiyati. Bu uslub oqsil tarkibidagi tirozin va sistein aminokislotalarining folin eritmasi tarkibidagi fosfomolibdenvolfram kislotasini qaytarish xususiyatiga asoslangan. Bu reaktsiya natijasida qaytarilgan molibden va volgpfram ko’ki xisobiga eritma ko’k rangga kiradi.
Ishning bajarilishi: Eritma tayyorlash.
1. Oqsilning standart eritmasi 100 mkg/ml.
2. A etirma; 0,1%-liNaOH dagi 2% -li Na2CO3 etirmasi.
3. B etirma; 1% - NaKC4 H4O6.4H2O dagi 0,5% li CuS04 .5N2O eritmasi.
4. C eritma; 49 ml Ava 1 ml V eritmalarning aralashmasi.
5.Folin eritmasi; 1,5 l hajmli yumaloq kolbaga 100g natriy volframat (Na2WO4.2N2O), 25 g natriy molebdat (Na2 MoO4.2H2 0), 750 ml distillangan suv, 50 ml 85% li H3RO4 va 100 ml kontsentrlangan NS1 solib 10 soat davomida qaytar sovutgich ulab qaynatiladi. Aralashma sovugach 150 g LiSO4, 50 ml distillangan suv va 5 tomchi Vg2 qo’shib sovuttichsiz, havo tortuvchi shkafda 15 minut qaynatiladi. Tayyor bo’lgan eritma limon sarig’i rangida bo’ladi. Sovugan eritma filtrlanib hajmi 1 lgacha keltiriladi va qoramtir idishda, muzlatkichda saqlanadi. Folin eritmasini ishlatishdan avval kislotaliligi 1N ga kelguncha distillangan suv bilan suyultiriladi (taxminan 2 marta).
Kalibrlash egri chizig’ini tuzish. 10 ta quruq, toza probirkaga standart eritmadan oqsili 10 —100 mkg gacha bo’lgan miqdorda solinadi va distillangan suv yordamida 1 mlga keltiriladi. Ustiga 4 ml S eritmasi solib 10 minut xona haroratida saqlanadi, so’ngra 0,4 ml Folin (1N) eritmasidan qo’shib, yaxshilab chayqatiladi, 30 — 90 minutdan so’ng 750 nm to’lqin uzunligida optik zichligi o’lchanadi. Kontrol probirkada oqsil eritmasi o’rniga 1 ml distillangan suv olinadi. Natijalar grafik ko’rinishda ifodalaniladi. Buning uchun ordinata o’qiga SF ko’rsatkichi, abstsissa o’qiga oqsilning mkg/ml miqdori qo’yiladi.
Oqsil miqdorini aniqlash. Tekshirilayotgan obektdan 0,1—0,2 ml olib distillangan suv bilan 1 ml ga keltiriladi. Qolgan ketma — ketlik yuqorida ko’rsatilganidek amalga oshiriladi. Aniqlanayotgan oqsil miqdori kalibrlash egri chizig’iga ko’ra topiladi.
Louri uslubining sezgirligi yuqori bo’lganligi tufayli keng qo’llaniladi. Bu uslub yordamida oqsil miqdori aniqlanganda bir qator birikmalar (ammoniy sulfat, mochevina, etanol, atseton va h.)ning halaqit berishi kamchiligi hisoblanadi.
5-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
NUKLEIN KISLOTALARI
Nuklein kislotalari va nukleoproteidlar genetik informatsiyalarni nasldan-naslga berishda va organizmdagi biosintez prosesslarini boshqarishda muhim rolgp o’ynaydi. Nukleoproteidlar murakkab oqsillar bo’lib, molekulasidagi oqsillar nuklein kislotalari bilan bog’langan bo’ladi.
Nuklein kislotalarining struktura birligi bo’lib, nukleotidlar hisoblanadi. Nuklein kislotalari gidroliz qilinganda azotli asoslar, pentoza va fosfat kislota ajralib chiqadi.
Adenin
|
riboza
|
fosfat kislota
|
RNK tarkibiga azotli asoslardan adenin, guanin, tsitozin va uratsil kiradi. DNK tarkibida esa xuddi o’sha azotli asoslar bo’ladi, lekin uratsil o’rniga timin almashib keladi. DNK molekulasida purin asoslarining molyar soni pirimidin asoslarining molyar soniga teng bo’ladi. RNK molekulasida esa bunday aniq komplementarlik bo’lmaydi. Ularda purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati aniq emas.
DNK molekulasi har bir tur uchun spetsifik harakterlanadi. RNK da esa bu holat kuzatilmaydi..
Nukleotidlarning nomi undagi azotli asos nomi bilan ataladi. Masalan, adenin tutgan nukleotidlar adenil kislota deyiladi. RNK xujayraning mitoxondriyasida, ribosomalarda ko’p miqdorda bo’ladi, yadroda esa RNK kam. DNK asosan yadroning asosiy moddasi hisoblanadi.
Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar bir biri bilan 3′→5′ yoki 5′→3′ tartibida, yahni fosfat kislota qoldig’i bilan bir vaqtning o’zida ikkita dezoksiriboza bilan fosfodiefir bog’ orqali birikadi.
Nukleoproteidlarni achitqidan ajratib olish, ularni gidroliz qilib, gidroliz mahsulotlarini aniqlash.
Reaktivlar va materiallar: a) achitqi. b) dietil efiri v) natriy ishqori 0,4%-li
g) 5%-li sirka kislota d) shisha kukuni yoki tozalab yuvilgan -qum.
Ishning bajarilishi: 5 g achitqi 1 ml dietil efiri va 1 ml suv bilan xo’llanadi va forfor havonchada shisha kukuni qo’shib, 0,4%- li natriy ishqori bilan eziladi (bunda natriy ishqoridan sekin-astalik bilan 5-10 ml chamasi solib turiladi). Hammasi bo’lib, 50 ml ishqor sarf bo’ladi. Achitqini 15-20 minut davomida to’xtovsiz ezib turiladi. Havonchadagi hosil bo’lgan massa filtrlanadi yoki 10 minut davomida tsentrifugirlanadi (2500 G). Filgptrat yoki tsentrifugat stakanga quyiladi va unga tomchilatib 5%-li sirka kislotadan nukleoproteidlar to’liq cho’kmaga tushguncha tomizilib turiladi (Odatda 10-15 ml eritma sarflanadi). Cho’kma tsentrifugalash usuli bilan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |