6-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
FERMENTLARNING YUQORI TEMPERATURA TAPSIRIDA INAKTIVATSIYAGA UCHRASHI.
Fermentlar moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etuvchi biologik katalizatorlar hisoblanadi. Ular o’zida yuqori molekulali moddalarni tutib, oddiy va murakkab oqsillarga kiradi. Fermentativ kataliz o’zining tahsir qilish harakteriga qarab geterogen xisoblanadi. Fermentlar bir qator xossalari bilan anorganik katalizatorlarga o’xshash bo’lishi bilan birga, ba’zi bir o’ziga xos hususiyatlarga ham ega. Bulardan fermentlarning termolabilligi (issiqlikka chidamsizligi), spetsifikligi, ferment aktivligining muhit pH ko’rsatgichiga bog’liqligi, katalitik jihatdan yuqori ko’rsatkichga ega ekanligini ko’rsatish mumkin. Fermentativ kataliz yuqori tezlik bilan, mahlum bir sharoitda (pH ko’rsagichi va temperaturada) amalga oshadi.
Fermentning aktivligi muhitning tarkibiga sezilarli darajada bog’liq bo’ladi. Bir kator kimyoviy moddalar ferment aktivligini tezlashtirsa (aktivatorlar), bahzilari esa sekinlashtiradi (ingibitorlar).
Fermentlarni 2 ta gruppaga bo’lish mumkin: protein-fermentlar (oddiy oqsillar), proteid-fermentlar (murakkab oqsillar). Proteinlarga murakkab birikmalarni oddiylarigacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydigan fermentlar kiradi (masalan, pepsin, amilaza, ureaza va boshqalar). Proteid-fermentlar oksil kism - apoferment va issiqlikka chidamli bo’lgan oqsilmas kism -kofermentdan yoki prostetik gruppadan tashkil topgan bo’ladi. Fermentlarning ko’pchiligi oqsilmas qismlar sifatida o’zida vitamin hosilalari va nukleotidlarni tutadi. Shu bilan birga kofaktor rolini bir qancha metallar (temir, magniy, mis, kobalt, rux, marganets, molibden) o’ynashi mumkin.
Ferment nomi o’zi ta’sir etadigan substrat nomiga "aza" qo’shilishi bilan nomlanadi. Masalan, organik birikma molekulalaridan H2 atomi ajralib chiqishi reaksiyasini va ularni boshqa moddalar molekulasiga o’tishini katalizlaydigan fermentlar degidrogenaazalar deb ataladi (degidrogenizatsiya - bu vodorodning ajralib chiqishi).
Spirtlardan H2 ning ajralib chiqishini katalizlaydigan fermentlar alkogolgpdegidrogenazalar deb ataladi. Fermentlar oqsil tabiatli moddalar bo’lgani sababli, ular temperaturaga juda tahsirchan bo’ladi. Fermentlar uchun optimal temperatura 37-38°S ni tashkil qiladi. Temperaturaning oz miqdorda ko’tarilishi, (40-45°S gacha) fermentlarning aktivligini oshiradi. Lekin keyingi qizdirish, yahni 50°S dan yuqori bo’lgan temperatura, fermentning aktivligini yo’qolishiga sababbo’ladi. Buning sababi, fermentning oqsil qismi yuqori temperaturada denaturatsiyaga uchrashidir. Past temperaturada esa ferment o’z aktivligini yo’qotmaydi, lekin shu temperaturada aktivligi kamayishi mumkin. Agar temperatura ferment uchun optimal holgacha ko’tarilsa, fermentning aktivligi yana tiklanadi.
Reaktivlar: a) 5 marta suyultirilgan so’lak b) 1%-li kraxmal v) iodning kaliy yodiddagi eritmasi (Lyugol eritmasi) g) Trommer reaksiyasi uchun kerak bo’lgan reaktivlar: 5%li o’yuvchi natriy, 5%-limis sulfat (tajriba probirkalariga avval o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |