Mehnat resurslarini qayta taqsimlash shakli – ishchi kuchi migratsiyasi,
ya‘ni mehnatga qobiliyatli aholining yashash joyini o’zgartirishi va ko’chirish.
Bunda mamlakat chegarasidan o’tib ketilishi yoki o’tmasligiga qarab, ichki va
tashqi migratsiyani farqlaydilar. Ichki migratsiya (mamlakat hududi ichida,
qishloqdan shaharga) – aholi tarkibining va joylashuvining o’zgarishi, bu bilan
mamlakat aholisining soni o’zgarmaydi albatta. Tashqi migratsiya esa mamlakat
aholi sonini kengaytirib yoki miqdoriy saldosi miqdorini ko’paytirib unga ta‘sir
etadi. Oxirgisi mamlakatdan tashqariga doimiy yashash uchun ketgan va
mamlakatga xorijdan yashash uchun kelgan odamlar soni orasidagi farqni o’zida
aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |