Mehnat resurslari tuzilmasi – bu turli toifadagi ishchilarning ularning
umumiy miqdoriga foizli nisbati. Qishloq xo’jalik korxonalari xodimlari
tuzilmasida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida band ishchilar ulushi 85-90 %,
shu jumladan doimiylar 70-75 %, shundan traktorchi - mashinistlar 3-4 %,
mavsumiy va vaqtinchalik 5-6 %, rahbarlar va mutaxassislar ulushiga 2-3 %
to’g’ri keladi. Tuzilma ko’plab omillar bilan aniqlanadi: qishloq xo’jalik
korxonasining o’lchami va ixtisoslashganligi, uning integratsiyalangan
jarayonlarida qatnashuvi, tabiiy sharoitlar va boshqalar. U yoshi, jinsi, ma‘lumot
darajasi, ish staji, malakasi kabi qator belgilar bilan hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |