Respublika qishloqlaridagi aholi, mehnat va mehnat resurslari
Mehnat - bu insonni maqsadga yo’naltirilgan faoliyati bo’lib, uning
jarayonida moddiy va ma‘naviy qiymatliklar yaratiladi.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining bir qismi bo’lib, u iqtisodiyot
tarmoqlarida ishlash uchun jismoniy imkoniyatlar, bilim va amaliy tajriba
yig’indisiga ega bo’ladi. Ular o’zlariga aholining 16 dan 60 yoshgacha bo’lgan
mehnatga qobiliyatli erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar,
shuningdek mehnatga yaroqlilik yoshidan katta yoki kichik iqtisodiyot
tarmoqlarida haqiqatan band bo’lganlarni (ishlaydigan pensionerlar va 16
yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari) qamrab oladi. Mehnat resurslaridan jamiyatning asosiy va mahsuldor kuchi sifatida oqilona foydalanilganda, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish mahsulotlarining o’sishini va ularning iqtisodiy samaradorligini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |