Ishsizlikning davomiyligi – ishdagi o’rtacha uzilish (tanaffus) vaqti ish
joyini yo’qotish va yangi ish joyiga joylashish orasidagi vaqt bilan aniqlanadi.
Ishsizlik darajasi qishloq joylarida 5-6 %, shahar joylarida 7-8 % ni tashkil
etadi.
Qishloq xo’jaligida ishsizlik ishlab chiqarishning pasayishi, mehnatning
yuqori ishlab chiqarish vositalarini va mehnatni tejaydigan texnologiyalarni
mahsulot ishlab chiqarishda tuzilmaviy o’zgarishi, (sermehnat chorvachilik
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining keskin qisqarishi), mulkchilik
shaklining va xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli o’zgarishi, ish
haqining pastligi va mehnat sharoitining yomonligidan, odamlarning o’z arizasi
bilan bo’shab ketishi, demografik jarayonlar (migratsiya, tug’ilish, o’lim) va
boshqalar bilan paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |