Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi) - moddiy qiymatliklar ishlab chiqish va
xizmat ko’rsatishda ishtirok etishga imkoniyatli shaxslarning yig’indisi.
Band aholi - ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish faoliyatiga jalb
etilgan shaxsdir. Bandlarga yollanib ishlaydiganlar tadbirkorlar, erkin kasb egasi
bo’lgan shaxslar, harbiy xizmatchilar kiritiladi. Qishloq xo’jaligida band aholi soni 15-16mln kishini tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida 3,7 mln kishi yoki iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlarning 27,7% i band. Bandlik iqtisodiy kategoriya sifatida ish joyi bilan ta‘minlash va xo’jalik faoliyatida ishtirok etish bo’yicha odamlar orasidagi munosabatlar tizimini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |