Mehnat bozori, mehnat resurslaridan to’liq va samarali foydalanish
darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar
Qishloq xo’jaligida va qayta ishlovchi tarmoqlarda mehnat resurslaridan
foydalanishning o’ziga xosligi ishlab chiqarish davrlarining bir-biriga mos
kelmasligi natijasi bo’lgan mehnatning davriyligidir. Davriylik ekish,
o’simliklarni parvarishlash, hosilni yig’ib olish, qishloq xo’jalik xomashyolarini qayta ishlash davrida mehnatga ehtiyojning ortishi va uning qish davrida kamayishida ifodalanadi. Chorvachilikda, sanoat ishlab chiqarishida, avtotransportda mehnat sarfi yil davomida deyarli bir xil. Mehnat mavsumiyligining asosiy ko’rsatkichlarini keltiramiz. Yillikka nisbatan mehnat sarfining oylik taqsimlanishi foizlarda mehnatdan bir tekis foydalanishda o’rtacha mehnat sarfi 8,33 % (100:12) ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |