Tayanch tushunchalar Konsonantizm undosh fonemalar tizimi. Labial undoshlar



Download 68,99 Kb.
bet11/11
Sana07.07.2022
Hajmi68,99 Kb.
#752497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hozirgi o‘zbek tili konsonantizmi

Bo‘g‘iz undoshi tavsifi.
h fonemasi - bo‘g‘iz undoshi, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush. Bu fonema so‘z
boshida (ham, hozir), o‘rtasida (qahramon, mahsulot) va oxirida (shoh, guruh) kela oladi.
Asosan, arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda yoki shu so‘zlardan yasalgan O‘zbekcha
so‘zlarda qo‘llanadi. hammol, haqiqat, huquq, humo (humo qushi), hunar, hurriyat, jumhuriyat
kabi. hozirgi O‘zbek tilida h ning y ga o‘tish holatlari uchraydi. shohi>shoyi (h>y),
Rahim>Rayim (h>y), Sohib>Soyib (h>y), Mohira>Moyira (h>y) kabi. «h»ning bu xususiyati
ba`zan uning so‘z tarkibidan tushib qolishiga ham olib keladi: shahar>sha:ar, Solih>Soli,
Tohir>Toir kabi. hatto Muhammad Rahim>Muhammad Raim>Mamaraim>Maraim kabi fonetik
jarayonlarda ham «h»ning yuqoridagi xususiyatlari ta`siri bor.
Qorishiq Ts undoshi tavsifi.
ts fonemasi - til oldi-al`veolyar, qorishiq-portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu
fonema faqat ruscha leksik o‘zlashmalarda qo‘llanadi. Dastlab «ts» ornida «ch» va «s» tovushlari
ishlatilgan: Tsarizm>Chorizm, tsirk>sirk kabi. Keyingi 50-60 yil davomida O‘zbek-rus ikki
tilliligining shakllanishi va mustahkamlanishi tufayli ko‘pchilik O‘zbek ziyolilarida «ts» ning
ruscha artikulyatsiya bazasi (talaffuz ko‘nikmasi) ham shakllangan: konstitutsiya, aviatsiya,
evolyutsiya, inflyatsiya kabi so‘zlarning O‘zbeklar nutqidagi qo‘llanishi shundan dalolat beradi,
ammo O‘zbek tilida «ts» bilan qo‘llanadigan birorta so‘zga qarama-qarshi qo‘yish mumkin
bo‘lgan boshqa so‘zning (kvaziomonimning) yo‘qligi bu fone-maning O‘zbek tilidagi fonologik
funktsiyasini munozarali qilib qo‘ymoqda.
Tekshirish savollari
1. Tasnif va tavsif qanday farqlanadi?
2. Labial undoshlardan qaysilarining qanday fonetik pozitsiyada asosiy bo‘lmagan
ottenkalari
qatnashadi?
3. Portlovchi tovushlarning qaysilari intervokal holatda sirg‘aluvchiga ota’di?
4. Jarangli undoshlarning qaysilari qanday pozitsiyada jarangsizlashadi?
5. Lab-lab vva lab-tish v qanday farqlanadi?
6. Qanday pozitsiyada lab-tish f ning lab-lab ottenkasi shakllanadi? Bu hodisa
tilshunoslikda
nima deb ataladi?
7. J va J(dj) undoshlari qanday farqlanadi? qanday pozitsiyalarda bu fonemalarning
allofonlari
yuzaga keladi?
8. Qanday holatda ch ning sh ga o‘tishi uchraydi? Bu hodisa nima deb ataladi?
9. Sayoz til orqa k, g undoshlari qanday pozitsiyada o‘zgaradi? Chuqur til orqa
undoshlariqchi?
10. h undoshi talaffuzida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
11. Ts undoshining qaysi jihatlari o‘zbek tilshunosligida munozaraga sabab bo‘lmoqda?
12. Divergent nima?
13. Hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi qanday undohlardan tarkib
topgan? Ularning soni nechta?
14. Tovush fokusi nima? Uning ahamiyati?
15. O‘zbek tilining qaysi tovushlari ikki fokusli? Sababi?
16. Undosh fonemalar qaysi belgilar asosida tasnif qilinadi?
17. Artikulyatsiya orniga ko‘ra undoshlar tasnifi?
18. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra undoshlar tasnifi?
19.Un paychalari ishtirokiga ko‘ra undoshlar tasnifi?
20.Ovoz va shovqin munosabatiga ko‘ra undoshlar tasnifi?
21.O‘zbek tili konsonantizmidagi munozarali masalalar?
Adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
3. G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent,1995.
4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
5. Sh.Ranmatullayev. Nozirgi adabiy O‘zbek tili. Toshkent, 2007.
6. R.Sayfullaeva va b.Nozirgi O‘zbek titi. Toshkent, 2009.

Aim.uz



Download 68,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish