Bilishi kerak:
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozim
nomi
|
MMSK bo‘yicha kod
|
Xodimlar toifasi
|
Ma’lumotining eng past darajasi
|
O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
|
1273
|
Muhandis
|
2441
|
M
|
Oliy ma’lumot
|
5230200,
5A230107,
5230400
|
FUQARO VA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘LIMI BOShLIG’I LAVOZIMI VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muxofazasi va mexnat muxofazasiga oid Qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlari xamda maxalliy xokimyat organlarining ko‘rsatmalarini bajarish;
Bino va inshootlarni, kommunikasiya qurilmalarini, texnologik yordamchi asbob-uskunalarni, tibbiy apparatlarni, avtomatik o‘lchov asboblar ekspluatasiyasini va filialda bevosita sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha tashkiliy texnikaviy ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;
Bino va mexanizmlarni o‘z vaqtida maxalliy Davlat nazorat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, mexanizmlarni ko‘rsatilgan muddatlarda guvoxnomalashtirish va qaytadan texnik xujjatlashtirilishini nazorat qilish;
Filial binolarini ta’mirlashda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlash;
Filialda zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarni ish sharoitlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari bilan bepul ta’minlanishi bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
Baxtsiz xodisalarni oldini olish uchun zarur tadbirlar ishlab chiqish;
Ish jarayonida baxtsiz xodisalar yuz bergan holatda tekshiruvda qatnashish va jaroxatlanishni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ishchilar uchun maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalarini olish bo‘yicha extiyojlarni taxlil qilish va rektorga takliflar kiritish;
Filialda xodimlarni mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarini tekshirish, texnik xodimlarni bilimlarini sinovdan o‘tkazish;
Mehnat muxofazasi bo‘yicha qoida va yo‘riqnomalarga xodimlar tomonidan rioya qilinishini, xodimlarni yo‘riqnomalardan o‘tkazilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Filialda har yili 4 marta (chorakda) mehnat muxofazasi xolatini, ish joyida yuritiladigan maxsus jurnallarni yuritilishini tekshirish;
Filial Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda mehnat muxofazasi bo‘yicha qonun va boshqa me’yoriy xujjatlar asosida jamoat nazoratini tashkil etish.
Filialda fuqaro mudofaasi va mexnat muxofazasi xamda texnik xavfsizlik va yong’in xavfsizligi xolatini taxlil qilish, yaxshilash chorlarini ishlab chiqish, xamda yilda kamida bir marta kengash yig’ilishida ko‘rib chiqish uchun ma’lumotlar kiritish.
Talabalar turar joyida fuqaro mudofaasi va mexnat muxofazasi xamda texnik xavfsizlik va yong’in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish, targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish xamda ko‘rgazmali plakatlar bilan jixozlash ishlarini amalga oshirish;
Filial talabalari o‘rtasida baxtsiz xodisalarni oldini olish, fuqaro mudofaasi xamda texnik xavfsizlik va yong’in xavfsizligi qoidalarini yetkazish bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar va seminarlar o‘tkazilishini ta’minlash;
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |