Malaka talablari:
Qurilish, rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash tajribasiga ega bo‘lishi;
Filialni texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollari, shartnomalar tuzish va ulardan foydalanish tartibini bilishi;
Ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni bilishi;
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Mehnat to‘g‘risidagi qonun asoslari; mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
267
|
Bosh
muhandis
|
1229
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
5320400
|
MUHANDIS (TOIFASIZ, 1-TOIFA, 2-TOIFA)NING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to‘g‘risida tavsifnoma, bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xoxlashiga oid anketa so‘rovlari natijalari va ish beruvchilar (iste’molchilar) dan korxona yoki tashkilotdagi mavjud mehnat hamda maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haqi miqdorlari haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash;
Joriy yil bitiruvchilari haqida (ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda) ma’lumotlar bankini yaratish;
Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilardan ishga yuborilganlik to‘g‘risidagi yo‘llanmalarning bo‘lagini to‘liq qabul qilib olish va ularning taqsimot yoki qayta taqsimot (shu jumladan, mustaqil ishga joylashish) hamda mutaxassisligi bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to‘liq yakuniy ma’lumotlar bankini yaratish;
Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qaytar aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ishga taqsimlash obyektlari - ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish;
Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar tuzish;
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash;
Oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘linmalari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek uch yillik majburiy ishlab berish shartini o‘tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishiga ko‘maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |