Tatuuf direktorining 202 yil



Download 167,67 Kb.
bet2/70
Sana13.12.2022
Hajmi167,67 Kb.
#884679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
lavozim yo\'riqnomasi 2022

Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlarini, Oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilaydigan normativ hujjatlarni bilishi.
Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

  • OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;

  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Klassifikator bo‘yicha:



Lavozimlar nomi

MMSK bo‘yicha kod

Xodimlar toifasi

Ma’lumotining eng past darajasi

O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi

2085

OTM filiali direktori

1345

B

Oliy ma’lumot

Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra



  1. O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI – BIRINCHI PROREKTOR

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklarining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarini, filial rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;

  • Filial tuzilmasi bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;

  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;

  • Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid Qaror va Farmonlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi zamonaviy uslub va yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

  • O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

  • O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

  • O‘qitishning zamonaviy texnik vositalar asosida xamda chet tillarida o‘tilishini ta’minlash va nazorat qilish;

  • Axborot resurs markazini zamonaviy o‘quv adabiyotlari, majmualari, darsliklari xamda elektron darsliklar bilan ta’minlanishini amalga oshirish va nazorat qilish;

  • O‘quv va ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, filial uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

  • Talabalarning ishlab-chiqarish amaliyoti o‘tishini ta’minlash va uni nazorat qilish;

  • O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini filial pedagog xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;

  • Filial fakultet, kafedra va bo‘limlarining o‘quv-uslubiy faoliyatlari yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida xisobot berish;

  • Bakalavriyat talabalarning Davlat attestasiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va o‘tkazilishini nazorat qilish;

  • Filialni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish;

  • Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ishchi o‘quv reja”, “Ishchi o‘quv dastur”, “O‘quv jadval” va “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

  • Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlarini tayyorlashini nazorat qilish;

  • Filial professor-o‘qituvchi va hodimlarining malakalarini oshirishlari bo‘yicha malaka oshirish filiallari va markazlari bilan shartnomalar tuzish, malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish, rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish filiallari va markazlariga reja asosida yuborilishini nazorat qilish;

  • Talabalarga stipendiyalar tayinlanlash komissiyasi faoliyatini boshqarish va stipendiya tayinlashning qonuniyligini va xolisonaligini ta’minlash;

  • Talabalar bilimini baxolash reyting tizimini shaffofligini nazorat qilish;

  • Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

  • Professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish;

  • Bo‘sh lavozimlarga pedagolarni tanlov asosida ishga qabul qilish va magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarni filialda ishlash uchun olib qolish bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yosh kadrlar bilan to‘ldirish va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

  • O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • Mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llash va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;

  • Ta’lim sifatini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar tayyorlash;

  • Fakultet va kafedralar va bo‘limlarning yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;

  • Tayanch oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish filiallari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda ishlash;

  • O‘rnatilgan tartibda filialning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

  • Filialni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan filial faoliyatini attestasiyadan o‘tkazishga tayyorlash va unda faol ishtirok etish;

  • Filial rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;

  • Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.


Download 167,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish