Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini moxiyatini bilish.
Malaka talablari:
Filialda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
Filialda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur;
Filialning tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida-kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2288
|
OTM
prorektori
|
1210
|
B
|
Oliy ma’lumot
|
Bilimlarning
qo‘llanish
sohasiga ko‘ra
|
ILMIY ISHLAR VA INNOVASIYALAR BO‘YICHA PROREKTORI LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, filial Kengashi qarorlarini, filial rektorining buyruq va topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish;
Filial tuzilmasi bo‘yicha ilmiy ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinuvchi bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish;
Filialda ilmiy izlanish ishlarni tashkil etish va yetuk, barkamol malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
Filialda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar mohiyatini tushuntirish va ularda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasida uslubiy va zamonaviy axborot vositalarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Filialda ilmiy izlanishning zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Ilmiy izlanish ishlari bo‘yicha rektorga takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
Fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarning ilmiy yo‘nalishdagi ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Filial fakultet, kafedra va bo‘limlarining ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatlari yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida reja asosida xisobot berish;
Filialning ilmiy muammolar xay’atlari va ilmiy innavasion guruxlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Filial bo‘yicha katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlarini shakllantirish va nazorat qilish xamda ularning faoliyatlari yuzasidan muntazam ravishda filial rektoriga va kengash yig‘ilishlarida xisobot berib borish;
Yuqori ilmiy saloxiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning Ilmiy maktablarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish;
Filialda fan olimpiadalarini, jamiyat va tibbiyotning ustivor muammolariga bag‘ishlangan ilmiy – tematik seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil qilish va o‘tkazish, Respublika va Xorijiy mamalakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda filial vakillarining ishtirokini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasi, Instellektual mulk agentligi va Davlat patent idoralari bilan muntazam ravishda xamkorlik aloqalarini o‘rnatish, filial ilmiy xodimlarining grantlar va xo‘jalik shartnomalari bilan ishlashiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini filial xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda filialning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish ishlarini tashkil etish;
Iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipndiyasi Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayoninida ishtirok etish;
Kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va rektorga xulosalar kiritish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;
Tayanch oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot filial va markazlari bilan ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish;
Mexnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rish, ular bilan mexnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha rektorga takliflar kiritish;
Filialning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha xisobotlarni taxlil qilish va belgilangan muddatlarda tegishli yuqori organlarga taqdim etilishini nazorat qilish;
Filial rektori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki qabulini amalga oshirish xamda murojaatlarni ko‘rib chiqish;
Filial Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |