Bilishi kerak:
O‘z faoliyatiga taalluqli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 12.01.1999 yildagi 12-sonli, 1999 yil 29 martdagi № 140-sonli Qarorlari, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun, hamda ish yuritishga oid Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, filial ichki tartib-qoidalarini bilishi;
Malaka talablari:
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tezkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, xususiyatlariga;
O‘rta maxsus ma’lumotiga ega bo‘lishi;
O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.
Klassifikator bo‘yicha:
№
|
Lavozimlar
nomi
|
MMSK
bo‘yicha
kod
|
Xodimlar
toifasi
|
Ma’lumotining
eng past
darajasi
|
O‘MKTMTYKM
va OTYMK bo‘yicha kodi
|
2415
|
Kotib-ish
yurituvchi
|
4111
|
T
|
O‘rta maxsus
|
3330200
|
YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI
BOSHLIG’INING LAVOZIM VAZIFALARI:
Fakultet dekanatlari va kafedralarning namunaviy rejalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishini ta’minlash;
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalarini tuzilishini uslubiy ta’minlash;
Filialda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarida faol ishtirok etish;
Filial kafedralari, bo‘limlari va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlari va mashg‘ulotlarini reja asosida o‘tkazilishini tashkil qilish uslubiy yordam ko‘rsatish;
Yuqori tashkilotlar va rektoratdan bo‘limga kiruvchi hujjatlarni alohida daftarda ro‘yxatini yuritish va ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim faoliyatiga taalluqli buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash, kelishuv imzolarini olish hamda bo‘lim boshlig‘iga taqdim etish;
Filialda Davlat dasturlarini tuzilishi, tasdiqlanishi, tegishli mas’ullarga yetkazilishi va ijrosini ta’minlash;
Ma’naviyat soatlarini mavzularini tanlash va barcha kafedralarda ijrosini ta’minlash;
Filialda va talabalar turar joylarida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va ish yuritish nomenklaturasi bo‘yicha tegishli yig‘majildlarga joylashtirib borish;
Murabbiylar kengashi hamda murabbiylarga uslubiy yordam berish;
Kafedralarda ma’naviyat xonalarini tashkil etish va jihozlashda uslubiy yordam ko‘rsatish;
Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarning bilimlarini oshirish va tadbirlar rejalarini tuzishda uslubiy yordam berish;
Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Bo‘lim arxivi va kartotekasini yuritish.
Axborot kommunikasiya texnologiyalarni puxta bilish;
Filial ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |