Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

“Bizning bog‘" о ‘yini
Doskada mevali daraxtlaming konturlari chizilgan. Turli daraxt- 
larda har xil mevalar o‘sadi. 0 ‘qituvchi har bir daraxtga bittadan 
limon, olma yopishtiradi. 0 ‘yinning vazifasi - mevalardan yaxshi 
hosil yetishtirish. Buning uchun har bir daraxtlarda ko‘p mevalar 
bolishi kerak. Bundan tashqari,olma daraxtida - nok, nokda esa 
limonlar o‘smasligini kuzatib borish kerak. Topshiriqni shaxsiy- 
lashtirish mumkin. Masalan, o‘qituvchi: “shirin, to‘q sariq rang... Bu 
nima? Uning shakli qanaqa? yoki “Sariq, nordon... Qanday ataladi? 
Uning shaklini tasvirlab bering” va boshqalami aytishi mumkin.
Adabiyotlar:
1. H.A. Грицук, A.P. Киселева” Преподавание изобрази­
тельного искусства в школе для детей с нарушениями слуха”. 
Учебное пособие Минск-2006. 14-58стр.,64-128стр.
2. Головкина Т.Н.«Изобразительная деятельность уча­
щихся вспомогательной школы».М.:“Педагогика”, 1997 г. 69- 
81стр.
2.4. Tasviriy san’at darslarining korreksion-tarbiyaviy
yo‘nalganligi
Nutqning me’yorida va nuqsonli rivojlanish muammosi umumiy 
va maxsus pedagogikada o‘rganib chiqilgan. R.M. Boskis ta’kid- 
lashicha, bola ijtimoiy va biologik omillar asosida nutqni egallaydi, 
ulardan birining buzilishi yoki yetishmasligi nutq patologiyasiga
91


olib keladi. U yoki bu nutq buzilishi bor bola atrofdagilaming 
nutqini tushuna olmaydi va o‘zi ham gapira olmaydi. Maxsus 
korreksion-pedagogik ta’sirsiz bolaning har tomonlama ma’naviy, 
jismoniy, nutqiy rivojlanishini va maktabga tayyorlashni ta’minlab 
bo‘lmaydi(20).
Defektolog-olimlaming tadqiqotlarida A.S.Vigotskiyning o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘lgan anomal bolalar ruhiyatining rivoj- 
lanishi normal bola rivojlanishida kuzatiladigan asosiy qonuniyat- 
larga bo‘ysunadi degan qoidasi katta rol o‘ynaydi. L.S.Vigotskiy- 
ning ilmiy-metodologik konsepsiyasi anomal bolalami, xususan 
nutqida buzilishlari bor bolalami maxsus o‘qitish va tarbiyalashning 
ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga yordam berdi.
L.S.Vigotskiy defektologiya muammolari nuqtayi nazarining 
umumiy tizimida quyidagilami yetakchi sifatida ko‘rsatish mumkin:
- anomal bolalami ruhiy rivojlantirishning muhim imkoniyatlari 
g‘oyasi;
- anomal bolalar rivojlanishiga ijtimoiy ta’sirlaming, xususan 
pedagogik ta’sirlaming hal qiluvchi roli to‘g‘risidagi qoida;
- patologik rivojlanayotgan bola shaxsining shakllanishida 
jamoa faoliyatining (o‘quv, o‘yin, mehnat) yetakchi ahamiyati 
to‘g‘risidagi xulosa.
Bola ruhiyatining shakllanishiga nutqdagi kamchiliklaming ta’- 
siri to‘g‘risidagi fikr qo‘llab-quwatlandi va rivojlantirildi. Bundan 
tashqari, tadqiqotlarda u yoki bu nutq buzilishlari bolada ijtimoiy 
qiyinchiliklami keltirib chiqarish to‘g‘risidagi fikr ham o‘z aksini 
topdi. Bu qiyinchiliklami bartaraf etish yoki oldini olish bolaning 
tengdoshlari bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, uni jamoa faoliyatiga 
qo‘shilishiga yordam beradi. Ilmiy g‘oyalar nutq patologiyasining 
turli shakllarini o‘rganishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi(23).
Nutqni normal egallashning individual xususiyatlari va umumiy 
qonuniyatlari nutq buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘qitish 
metodikasi va dasturlarini oqilona tuzishda juda muhimdir. Bu shu 
bilan tushuntiriladiki, buzilgan analizator funksiyasini ushbu funk- 
siyaning normal rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olmay turib 
tiklab bo‘lmaydi.
L.M. Bikova, YE.YE. Vishnevskaya kabi tadqiqotchilar nutqni 
eshitish deganda bolaning ayrim tovushlami va ulaming so‘zdagi
92


[
ketma-ketligini eshitish qobiliyatini, ya’ni so‘zni tovush yaxlitligida 
qabul qilish va nutq mazmunini tushunish qobiliyatini tushunadilar. 
F.A. Rau, F.F. Rau kabi surdopedagog-tadqiqotchilar esa nutqni 
eshitishni 
insonning maxsus psixolingvistik qobiliyati deb 
qaraydilar, bunda nafaqat uning qabul qilish (o‘zlashtirish), balki 
qayta ifodalash (eslash) funksiyasiga alohida ahamiyat beradilar. 
Nutqni eshitish nutq qobiliyatining tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
har qanday qobiliyat kabi u ham rivojlanadi, takomillashadi va oxir- 
oqibatda tilning fonologik vositalarini va umuman nutq mada- 
niyatini o‘zlashtirishni ta’minlaydi.(12)
Eshitish buzilishini va tallaffuz malakalarini erta korreksiyalash 
muammosining ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va shu bilan 
birga maktab yoshdagi bolalaming barcha toifalari uchun tabaqa- 
lashtirilgan maxsus maktab muassasalari tarmog‘ini kengaytirish
bola hayotining dastlabki yillaridan boshlab o‘qitish va tarbiyalash- 
ning korreksion tizimlarini yaratish maqsadlarida kompleks ekspe- 
rimental tadqiqotlami tashkil etish - bu defektologiyaning yangi 
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, eshitishi buzilgan bolalar rivojlani- 
shidagi kamchiliklami bartaraf etish yo‘llarini izlash jarayonida 
qonuniy tarzda shakllandi. Eshitishi buzilgan bolalar uchun 
korreksiya ishlari dasturi u yoki bu malakalami va bilimlamigina 
emas, balki bolaga zamr va u uchun yangi bo‘lgan anglash, 
funksiyaning zararliligini kamaytirish, anomaliya rivojlanishini 
to‘g‘rilash vositalarini shakllantirishga, ikkilamchi buzilishlaming 
oldini olish va bartaraf etishga yordam berishi zarur. Korreksiya 
ishlari kelajakda toMaqonli shaxsni shakllantirish, uni jamiyatda 
mehnat qilishga tayyorlashga yo‘naltirilgan boMishi kerak
Talaffuz malakalarini buzilishi - zaif eshituvchi va zaif eshi­
tuvchi bolalardagi nutq nuqsonining eng ko‘p uchraydigan shakl- 
laridan biridir, Eshitishning buzulishida analizatorlar yoki intellekt- 
ning nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan butun nutq tizimining 
shakllanishi buziladi.
Talaffuz malakalarini nuqsonlarini bartaraf etishda maktab­
gacha tarbiya muhim rol o‘ynaydi, chunki bola hayotining bu davri 
psixologik rivojlanishning ko‘plab tomonlari, sensor va motor 
sohasining shakllanishi uchun sinteziv hisoblanadi. Bu davrda 
barcha ruhiy fimksiyalar o‘zining optimal rivojlanish yo‘lini 

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish