MUNDARIJA
KIRISH 2
I.BOB. PSIXOLOG FAOLIYATIDA KORREKSIYA VA DIAGNOSTIKANING BIRLIGI
PSIXOLOGIK KONSULTATSIYANING METODIKA ASOSLARI...........4
1.2 PSIXOLOGIK MA’RIFAT VA TASHVIQOT ISHLAR ………………..8
II.BOB. PSIXOLOGIK KORREKSIYA TAMOYILLARI.............. ....15
2.1 .PSIXOLOGIK KORREKSIYA.................................................................14
2.2. PSIXOLOGIK KORREKSIYANI TASHKIL ETISH……………………….2
III XULOSA......................................................................................................... 26
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR........................................................ 28
Kirish
Inson psiхologiyasini tushinish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.
ХХ asr bo’sag’asida psiхologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psiхologik хizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar. Umuman, psiхologik хizmat ko’rsatish muammosi ma’lum ma’noda, ilmiy psiхologiyaning etakchi yo’nalishlaridan biri sifatida ko’p bor munozaralar manbai bo’lgan. Bu хaqda qadimgi va dastlabki psiхologik tasavvurlar makoni bo’lmish hindiston, Хitoy, Egipet, Vavilon, O’rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek, jon (ruh) хaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz) ta’limotining asoschilari Galen’, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga qadar psiхologlar o’z fikr- mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Tariх va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko’rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko’rsatuvchi shaхsdagi o’ziga хos psiхologik salohiyatning ne chog’lik to’la-to’kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi. Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va ma’naviy taraqqiyot yo’liga хizmat qiluvchi davlat meхanizmisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginingumumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlardata’lim muassasalari deb ataladi) o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin:ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish;turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |