Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

Mo‘yqalamlar. 
Bo‘yoq bilan rasm chizish uchun tuki yumshoq 
va elastik kolonok, olmaxon va shu kabilaming qilidan qilingan du­
maloq mo‘yqalamlar kerak. Mo‘yqalamlar nomerlariga ko‘ra farqla­
nadi: 1-8 ingichka, 8-16 yo‘g‘on. Kichik guruh bolalariga 12-14 
nomerli mo‘yqalamlami berish tavsiya qilinadi. Bunday mo‘yqalam 
qog‘ozga bosilganda yorqin, yaxshi seziladigan iz qoldiradi, pred- 
metning shaklini berishni osonlashtiradi. 0 ‘rta va katta guruhlar bo­
lalariga ham ingichka, ham yo‘g‘on mo‘yqalamlami berish mumkin.
Bolalaming mo‘yqalamlardan foydalanishlarini kuzatilar ekan, 
eng awalo, ular uni to‘g‘ri ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni 
eslatishi va ko‘rsatishiga: mashg‘ulot vaqtida va tugagandan so‘ng 
bolalar mo‘yqalamni taglikka qo‘yishlariga (tarbiyachi tagliklami 
qalin kartondan yoki uzunasiga ikkiga qirqilgan g‘altakdan 
tayyorlashi mumkin) e’tibor berish kerak. Bolalarga mo‘yqalamni 
suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bunday qilingan- 
da uning tuki egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yo‘qotadi. Agar 
tukli mo‘yqalamlarga tejamkorlik bilan munosabatda boMinsa, ular 
uzoq muddat xizmat qiladi. Mashg‘ulot uchun bo‘yoq tayyorlashda 
uni mo‘yqalam bilan aralashtirmaslik kerak, buni cho‘p bilan qilish 
ancha qulay. Akvarel bo‘yog‘i bilan rasm solishda mo‘yqalamning 
tuklari yelpigMch singari tarqab ketmasligi uchun uni bosmasdan
bo‘yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish tugagandan 
keyin, bo‘yoq qurib qolmasdanoq, mo‘yqalam yaxshilab yuviladi. 
Mo‘yqalamlami stakanda mo‘yini yuqoriga qilib saqlash tavsiya 
qilinadi. Mudira mashg‘ulot boshlanishidan oldin, qog‘oz qanday 
tayyorlanganligini ko‘radi. Rasm solish uchun anchagina qalin
biroz g‘adir-budur qog‘oz (yaxshisi yarim vatman) kerak. Qalin
80


yozuv qog‘ozi uning o‘mini bosishi mumkin. Rasm solish uchun 
ustiga qalam deyarli iz qoldirmay sirpanadigan yaltiroq va qalam 
kuchliroq bosilganda yirtilib ketadigan yupqa qog‘ozlar yaramaydi. 
Ish vaqtida qog‘oz qimirlamay, bir tekis turishi kerak (bolalar 
qog‘oz holatini o'zgartirishlari mumkin bo‘lgan manzarali rasmlar 
solish bundan mustasno).
Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog‘ozi katta- 
ligidagi qog‘ozni berish tavsiya qilinadi u bolakay qo‘lini yozgandagi 
kenglikka muvofiq keladi. 0 ‘rta va katta guruh bolalariga alohida 
predmetlami tasvirlari uchun yozuv qog‘ozining yarmini (butun 
qog‘ozdan ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qilinadi: 
mazmunli rasmlar uchun kattaroq formatdagi qog‘ozni berish kerak. 
Rasm solish uchun qog‘oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tasvirlanadigan 
predmetning tuzilishini va o‘lchamini hisobga olishi kerak.
Guash bo‘yoqlar bilan rasm solishda to‘yingan va yumshoq 
tondagi rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari 
kerakli rangdagi qog‘ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog‘ozga 
tus berishda guash va akvarel bo‘yoqlardan hamda yo‘g‘on, 
yumshoq mo‘yqalamlardan foydalanadilar: razmeri unchalik katta 
bo‘lmagan yassi bo‘yoq mo‘yqalamlari-fleyslar qulaydir. Bo‘yoq 
oldin gorizontaliga, so‘ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish