Tasviriy san’at va qo‘l mehnatiga 0 ‘qitish maxsus


 Eshitishda nuqsoni boMgan bolalarni tasviriy san’at



Download 7,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/79
Sana26.11.2022
Hajmi7,47 Mb.
#873162
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
tasviriy sant va qol mehnatiga oqitish maxsus metodikasi

2.5. Eshitishda nuqsoni boMgan bolalarni tasviriy san’at
darslarida og‘zaki nutqqa o‘rgatishda korreksion ish
N.D.Shmatko va T.V.Pelimskayalaming ko‘rsatishicha, mak­
tabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalaming og‘zaki 
nutqini, muloqot quroli sifatida shakllantirish va tafakkurini 
rivojlantirish maxsus yaratilgan sharoitda amalga oshirish mumkin. 
Buning uchun kirn davomida nutqni eshitib-ko‘rib va eshitib idrok 
qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi, qaysiki, N.I.Belovaning 
fikricha, maxsus bog‘chalarda o‘qitishning asosiy shakli hisob- 
langan dastur asosida belgilangan jadval asosida o‘tkaziladigan 
ertalabki (mashg‘ulotlar) va kechki (mashg‘ulotdan tashqari 
faoliyat) ulaming nutq egallashi uchun qulay sharoitdir.
Nutqiy muhitni yaratishning asosiy sharti N.D.Shmatko va 
T.V.Pelimskayalaming ta’kidlashicha, barcha bog‘cha xodimlari- 
ning bolalar bilan og‘zaki muloqotga kirishishi va zarur bo‘lgan- 
dagina tablichka yoki daktilga murojaat qilishi sanaladi.
Dastuming barcha bulimlari asosida pedagog va tarbiyachilar 
tomonidan olib boriladigan nutq o‘stirish, elementar matematik 
tasawurlami shakllantirish, atrof olam bilan tanishtirish kabi frontal 
mashg‘ulotlarida talaffuz ko‘nikmalarini korreksiyalash va avtoma- 
tizatsiyalash ishiga asosiy e’tibomi qaratish lozim. Ushbu mash- 
g‘ulotlardagi ishning asosiy mohiyati bolalar talaffuzini nazorat 
qilishdan iborat.
Agar talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishning dastlabki 
davrida bulsa, u holda shakllantirilayotgan malakalar individual
105


mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi, lekin frontal mashg‘ulotlarda 
tuzatilmaydi.
Talaffuzga o'rgatish va eshituv idrokini rivojlantirish bo‘yicha 
frontal mashg‘uIotlaming asosiy vazifasi og‘zaki nutqning temp va 
ohang (ritmik) tomonini va hamda eshitib idrok qilish ko‘- 
nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu mashg‘ulotlarda bolalar nutqiy va nonutqiy ovozlami 
eshitishiga tayangan holda chuziqligi, balandligi, tempi, ritmini 
aniqlash va ularni takrorlash o‘rgatiladi, atrof olamdagi ovozlar 
haqidagi tasawurlari kengaytiriladi, so‘z va jumla kabi material- 
larda talaffuz ko‘nikmalari avtomatizatsiya va differensiatsiyaga 
erishiladi.
Bu mashg‘ulotlar jamoaviy shaklda ishlash hisoblanib, unda 
ovoz hosil qilish va ovoz nuqsonlarini korreksiya qilish ustida ish 
olib borilmaydi. Frontal mashg‘ulotlarda talaffuz ustida ishlashning 
asosiy vazifasi individual mashg‘ulotlarda asosiy tarzda shakllan- 
tirilgan talaffuz ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlaming 
asosiy mazmuni tovush va ulaming birikishi, suz va jumla ustida 
ishlashdan iborat. Frontal mashg‘ulotlarda bolalar tomonidan 
to‘g‘ri, lekin biroz defektli talaffuz qilinayotgan tovushlar mustah­
kamlanadi.
Barcha bolalarda qarama-qarshi fonemalaming to‘g‘ri artikul- 
yatsiyasi mavjud bo‘lganda tovushlaming differensiatsiyasi ustida 
ishlanadi (p va b, m va p, sh va s va h.k.).
Individual mashg‘ulotlaming asosiy vazifasi og‘zaki nutqni 
idrok qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va talaffuz qilish rivojlan- 
tirishdan iborat. Individual mashg‘ulotlarda tovushlar talaffiiz 
qilishning dastlabki ko‘nikmalari shakllantiriladi, ovoz nuqsonlari 
korreksiyalanadi, nutqiy nafas ustida ishlanadi, tovushlar va ular- 
ning birikishi hamda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar tuzatiladi. 
Awalambor, maxsus o‘qitishsiz bola tomonidan talaffuzning qiyin 
o‘zlashtiriladigan tomonlariga asosiy e’tibomi qaratish lozim. Har 
bir bola bilan yakka ishlaganda pedagog u yoki bu tovushni talaffuz 
qilishga o'rgatadi va shu bilan birga yo‘qolish ehtimoli boMgan 
talaffuz malakalarini mustahkamlashga erishadi.
0 ‘qituvchi ta’limning va tarbiyaning korreksion yo‘nalishiga 
rioya qilishga alohida javobgarlik olib o‘tishi kerak. Tajribali
106


pedagog o‘zining pedagogik faoliyatida bu didaktik jarayonni mun- 
tazam, qarama-qarshi amalga oshirishi kerak. Bunda korreksion- 
tarbiyaviy vazifa o‘quvchilaming u yoki bu kamchiliklaming yengib 
o‘tishiga rasm chizish mashg‘uloti mobaynida alohida, ajralgan soha 
bo‘lib hisoblanmaydi. Aksincha, darsning har bir bosqichi didaktik, 
tarbiyaviy va korreksion maqsadlar bilan yagona birlikda quriladi
bu esa o‘quv jarayoniga chuqur kirib boradi. Agar rasm darsi 
shunday sistemaga ko‘ra rejalashtirilsa, “umumta’lim vazifa” 
qo‘shuv, plyus “korreksion vazifa”, ya’ni aw al ta’lim umuman, 
keyin esa maxsus pedagogika sohasidan “qo‘shimcha” jiddiy xato 
bo‘lar edi. Bunday o‘quv jarayonini soddalashtirish, yordamchi 
maktablar uchun muhim ko‘rinarli zarar keltiradi.
Ba’zida ta’limni korreksion deb atash “o‘quvchining xatosi -
o‘qituvchi tomonidan tuzatilgan” prinsipi bo‘yicha tashkil etiladi. 
Bu holatda korreksiyaning bosh mazmuni, vazifa bajarganda 
xatolikka yo‘l qo‘ygan bolaga o‘z vaqtida konkret yordam berish 
deb qaraladi. Bunday ta’limga yondashish qator jiddiy xatolarga 
ega. Ulardan eng asosiysi - o‘quvchilarda o‘qituvchi tomonidan 
yordamni kutish odatini mustahkamlaydi va binobarin, mustaqillik 
va faollikni pasaytiradi.
Yordamchi maktablarda maxsus vazifalarni yechishga sistemali 
yondoshishlar hech qanday korreksion-tarbiyaviy vazifalarni tashkil 
etishga shunday usullar ega bo‘lmaydi.
Ma’lumki, bolaga ta’lim va tarbiyaning alohida emas, vositalari, 
hamda atrof-muhit sharoiti va pedagogik ta’siming choralari ta’sir 
qiladi. Ta’lim jarayonida tarbiya - bu eng awalo mos sharoitlaming 
tashkil etilishi. Bunda sharoitlar qanchalik maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, shunchalik pedagogik ta’siming natijalari ijobiy bo‘ladi. 
Bunday sharoitlar soniga birinchi navbatda, o‘qituvchilaming kasb- 
pedagogik tayyorgarligi, uni bolalar kollektivi bilan boshqarish 
malakasi, ulaming xususiyatlarini bilish, vazifaning ratsional 
metodikasini tanlash kiradi.
Agar aqli zaif bolalami ijobiy potensial imkoniyatlari hisobga 
olinsa, korreksion-tarbiyaviy vazifa mahsuloti hisoblanadi. Shunga 
ko‘ra, L.S.Vigotskiyning “Rivojlanishining yaqin zona” si to‘g‘ri- 
sidagi o‘rganishlariga ko‘ra ikkita rivojlanish darajasi dolzarb (bola 
o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalar) va potensial (bolaning
107


yangi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalarini o‘zlashtirish qobiliyati). 
Ta’lim jarayonidan keyin potensial darajani hisobga olish o‘quv- 
chining keyingi rivojlanishiga yordam beradi, ya’ni rivojlanishning 
yaqin zonasini yaratadi. Bu zonalar bolaning harakatining 
rivojlanishini aniqlaydi, uning yaqin imkoniyatlarini ko‘rib beradi, 
faqat bugun erishilganni emas, balki ertaga nimaga erishishni 
ko‘radi.
Vigotskiyning rivojlanishini yaqin zonasi to‘g‘risidagi o‘rgatish, 
korreksion-tarbiyaviy vazifaning tashkil etishda asos hisoblanadi. 
Rasm darsida bunday vazifalami muvaffaqiyatli o‘tkazish sharoitlar 
soniga, qator maxsus bilim va malakalami kiritish mumkin, 
bulardan yordamchi maktabning o‘qituvchilari bilimlari kerak. Aqli 
zaif bolalaming tasviriy faoliyatining o‘ziga xosligini eng awalo 
hisobga olish kerak.
Rasm darsida korreksion-tarbiyaviy vazifaning umumiy siste- 
masida o‘qituvchining shaxsiy sifatining ahamiyati katta. Bu fikr 
chet el va sovet adabiyotida bir necha marta qayd etilgan. Xususan, 
sovet olimi frenopedagogi F.M.Novin, “aqli zaif bolalarga meh- 
ribon, ziyrak munosabatda bo‘lish — oligofren pedagogning muhim 
intizom qirrasi hisoblanib, bolalar kollektivida avtorit bilan ta’- 
minlaydi”, deb yozadi.
Pedagog - defektologning bunday chidamli, sabrli, muvoza- 
natlashgan kasbiy qirralarini to‘la huquq bilan hisobga olsak 
bo‘ladi. Bunday sifatlar o‘qituvchiga aqli zaif bolalaming intizomi 
va faoliyatini boshqarishga imkon beradi. Muammoli vaziyatlami 
o‘z vaqtida oldini olish o‘quvchilaming impulsiv reaksiyalarini 
to‘xtatish - o‘qituvchining muhim vazifasi.
Yordamchi maktabning o‘quvchilari orasida ruhiy holati pasay- 
gan, sust, tormozlanganlari kam emas. Faqat o‘qituvchining faolligi, 
energiyasi, emotsionalligi va ko‘ngilchanligi bolalaming ta’limini 
maqsadga muvofiq va samarali qilishga ega ekanligi qiyinchiliklami 
yengadi. Aqli zaif bolalar bilan ishlaganda o‘qituvchining meh- 
natsevarligi, yuqori tashkillashtirish va optimizm, bo‘ladigan 
yutuqqa ishonchi qiyin vazifalarda yuqori natijalarga erishishga 
yordam beradi.
108


Tasviriy faoliyat mashg‘ulot!ari harakat qilayotgan dasturga 
mos quriladi. Bu mashg‘ulotlar aqli zaif o‘quvchilaming ruhiy, 
jismoniy rivojlanishlarining kamchiliklarini korreksiyasining muhim 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu kamchiliklami kamaytirish maq­
sadida quyidagilar zarur:
-tasviriy faoliyat va uning natijalariga ijobiy emotsional muno- 
sabatni tarbiyalash; tarbiyachi atagan belgini ko‘rsatishni o‘rgatish;
-predmet va ularni tasvirini nomlashga o‘qitish, tasviriy faoliyat 
vositalarida aks ettirishga erishish va predmetni butunlay idrok 
etishni shakllantirish (lepka, applikatsiya, rasm chizish);
-tasvirlash elementlarini detallar va ulaming qismlari bilan 
solishtirishni o‘rgating va ulaming nomlarini bildiring: shaklni, kat- 
talikni, rangni, idrok etishni va ulami tasawurga uzatish malakasini 
shakllantirish;
-ko‘rish-harakat koordinatsiyasini va qo‘l harakatini rivojlan- 
tirish oligofrenopedagoglaming birinchi darajali vazifalaridan biri -
bolaning shaxsiy xususiyatlarini va uning tasviriy faoliyat xarak- 
terini aniqlash;
-o‘qituvchiga mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkillashtirishga va bolalar 
intizomini boshqarishning qulay usullarini aniqlashga yordam 
beradi.
Korreksion ta’lim jarayonida muhim natijalarga erishish mum­
kin. Bunga qator sharoitlarga rioya qilish yordam beradi. Bularga eng 
awalo tayyorlov davrini kiritish bo‘ladi. Bu davming maqsadi - bo- 
lani turli tasviriy faoliyat shakllari bilan tanishtirishga yaqinlashti- 
rishdir. Bu davrda tarbiyachi bolalami mashg‘ulotga qiziqishni shakl- 
lantiradi va chiroyli narsalarga emotsional munosabatni uyg‘otadi.
Bolalar bog‘chasiga kirganlaming grafik faoliyatining darajasi 
juda past. Shuning uchun boshlanishida tarbiyachi o‘zi rasm chizadi, 
yopishtiradi, quradi, yasaydi, bolalar esa w ing harakatini kuzata- 
dilar. Mashg‘ulot jarayonida o‘yinli vaziyatlar yaratiladi, bunda har 
bir o‘quvchi boshida tarbiyachi bilan birga keyin esa taqlid 
bo‘yicha, so‘ngra mustaqil harakatlanadi.
Tasvirlash obyekti sifatida bolalarga tanish predmetlar ishla­
tiladi, yana o‘yinchoqlardan foydalaniladi, chunki ulami rasmini 
chizish, qurish, yasash qiyin bo‘Imaydi (uycha, minora, darvoza, 
koptok, pryanik).
109


1. H.A. Грипук, A.P. Киселева” Преподование изобра­
зительного искусства в школе для детей с нарушениями слуха”. 
Учебное пособие Минск-2006. 14-58стр.,64-128стр.
2. Головкина Т.Н.«Изобразительная деятельность учащихся 
вспомогательной школы».М.:“Педагогика”, 1997 г. 69-81стр.

Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish