Massa-spektrometrlar gazlarni
tahlil qilishda eng takomillashgan asboblardandir. Ular kimyoviy va fizik
xossalaridan qat’i nazar, moddalarning izotop va molekular tarkibini aniq-
lashga moijallangan.
M assa-spektrometrik usul murakkab aralashmalardagi ko‘p kom po-
nentlarning miqdorini aniqlashga imkon berib, tahlilni juda tez o‘tkazishni
ta’minlaydi.
Tahlil qilishda tahlil qilinayotgan moddaning molekulalari qizigan katod
emitterlaydigan elektronlar yordamida ionlanadi, elektr linzalar tizimi
vositasida tor dasta tarzida fokuslanadi, tezlatuvchi elektronning elektr
maydonida tezlatiladi va elektronlar kollektorida tutib qolinadi. Ion dastaning
tarkibi tahlil qilinayotgan gaz aralashmasining molekular tarkibiga mos
keladi. K o‘ndalang magnit maydoni ta ’sirida oqim ionlar massasining
ularning zaryadlariga nisbati bilan farq qiladigan ion nurlariga ajraladi, bular
keyin kollektorga keladi. Kollektor zanjirida massalari turlicha ionlar elektr
toki hosil qiladi va bu toklar oldin kuchaytirilganidan keyin oichanadi
hamda elektron qayd etuvchi qurilma yordamida yozib qo'yiladi. Magnit
maydonining kuchlanganligi asta-sekin o‘zgartirib borilganida, tekshirila-
yotgan gazning molekular tarkibini xarakterlovchi ion toklari spektri yoki
massa-spektrlari yoziladi. Miqdoriy tahlil o‘tkazish uchun massa-spektro-
m etrni tekshirilayotgan m oddada bor deb taxmin qilingan har qaysi
komponent bo‘yicha oldindan darajalanadi.
Massa-spektrometrlarning tuzilishi analitik va oichash qismlaridan iborat.
Analitik qismda ion dastalari massalari bo‘yicha hosil qilinadi, shakllantiriladi
va ajratiladi. O ichash qismi ionlar manbayini va ishga tushirish tizimining
stabillashgan kuchlanish bilan ta’minlash, ion toklarini oichash va qayd
etish, vakuum tizimida bosimni oichash, massa sonlarini indekslash va
hokazolar uchun moijallangan.
Massa-spektrometrlar uchta turga: kimyoviy tarkibni tahlil qilish uchun —
MX; moddaning strukturasi va xossalarini tekshirish uchun — MS; izo-
toplarni tahlil qilish uchun — MI turlarga boiinadi. MS turidagi massa-
spektrometrlar laboratoriya sharoitlarida oikaziladigan ilmiy tadqiqotlar
uchun moijallangan.
Asbobsozlik sanoati kimyoviy tarkibini tahlil qiladigan MX-7201, MX-
7304, MX-1320 va izotopni tahlil qiladigan MI-1201B massa-spektrometr-
larini ishlab chiqaradi.
MX-7201 massa-spektrometri metallarda va ularning qotishmalarida N 2,
0 2, N 2, S2 gazlari va ularning gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalari miqdorini
aniqlash uchun m oijallangan. Tekshirilayotgan m aterialdan gaz ajralib
chiqishi vakuumda suyuqlantirish y oii bilan yoki grafitli tigelda amalga oshi-
riladi. Gazsimon qo‘shilmalarning tarkibini aniqlash monopolar (bir qutbli)
massa-spektrometr yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari bo‘yicha
oichash chegaralari 2—60.
Magnitsiz MX-7304 massa-spektrometri so‘rib (tortib) olish tizimlari
bilan ta’minlangan vakuumli tizimlarda qoldiq gazlarni sifat jihatidan tahlil
qilish uchun moijallangan. Massa sonlari bo‘yicha oichash chegaralari 2—
200, tahlil qilish xatoligi ±2,5 %.
MX-1320 massa-spektrometri gaz aralashmalarini, suyuqliklami va 400 °C
gacha haroratda gazsimon holatga o‘tadigan qattiq moddalarni miqdor va sifat
jihatidan tahlil qilish uchun moijallangan. Massa sonlari bo‘yicha oichash
chegarasi 1—4000, tahlil qilish xatoligi ± 5 * 10-6 %.
M I-120IB massa-spektrometri gazlarning va qattiq moddalarning izotop
tarkibini sanoat sharoitida tahlil qilish uchun moijallangan. Natijalarini SMI
bazaviy hisoblash kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Massa sonlari
bo‘yicha oichash chegaralari 2—720, tahlil qilish xatoligi ± 0,15% .
Do'stlaringiz bilan baham: |