Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.
Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin)
Gaz analizatori — gazlar aralashmasi tarkibini miqdor va sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va avtomatik xillari bor. Dastaki (absorbsion) G.a.da maʼlum hajmdagi gaz aralashmasi turli eritmalar toʻldirilgan bir necha
idishdan birin-ketin oʻtkaziladi; bu eritmalar gazlarni yutib ogʻirlashadi. Mac, kaliy ishqor eritmasi karbonat angidridni, pirogallol eritmasi kislorodni, mis (U)-xloridning ammiakli eritmasi uglerod (77)-oksidni yutadi. Koʻpincha, gaz aralashmasidagi yonuvchi gazlarni turli sharoitlarda mis (/U)-oksid bilan birga qizdirib yondirish usulidan ham foydalaniladi. Maye, vodorod, uglerod (UU)-oksid va metan miqdori shu tariqa aniqlanadi. Avtomatik G. a.da asosan gaz aralashmasining turli fizik xossalari (mas, elektr oʻtkazuvchanligi, bosimi, massasi, hajmi, temperaturasi, magnitlanish xususiyati) uzluksiz qayd qilib boriladi. Ishlash tarziga koʻra, volyumetrik (kimyoviy G. a.), termokimyoviy, termokonduktometrik (elektr G. a.), elektr-kimyoviy, densimetrik, magnit, optik, radioaktiv xillari boʻladi. Bulardan tashkari, ultrabinafsha G. a. ham bor. Bunday asbobda gazlar aralashmasi tarkibidagi galogenlar, simob bugʻlari, baʼzi organik birikmalar miqdori aniklanadi. G. a. sanoatda, tibbiyotda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |