TASHKILOT XODIMLARINI BOSHQARISH - Jamoaning uzoq muddatdagi samarali faoliyati uni a‘zolari bir vaqtda ijtimoiy xotirjamlaikka erishadigan va o’zlarining ishchi topshiriqlarini yaxshi bajaradigan qilib shakllantirish zaruratini nazarda tutadi. Qoida bo’yicha bunday vazifalarni hal etish uchun mas‘ul bo’lgan va ijtimoiy-emotsional (hissiy) qo’llab-quvvatlashni amalga oshiradigan xodimlar alohida rol o’ynaydi. Jamoaning vazifalarni hal qilish bo’yicha mutaxassis rolini ijro etuvchi a‘zolari o’zlarining butun kuch-quvvatini jamoaviy maqsadlarga erishishga yo’naltiradilar. Ularga quyidagi xususiyatlar xos:
- Tashabbuskorlik: jamoa oldida turgan muammolarning yangi yechimlarini taklif qiladilar.
- Fikr almashuv: muammoni hal qilish to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini aytadi, boshqa odamlarning takliflarini diqqat bilan tinglaydi va baholaydi.
- TASHKILOT XODIMLARINI BOSHQARISH
- Axborotni qidirish: vazifaga aloqador ma‘lumot va faktlarni taqdim etishingizni so’raydi.
- Natijalarni yakunlash: taklif etilayotgan g’oyalarni muammoni hal qilish imkoniyatlari bilan bog’laydi, umumiy istiqbolni ishlab chiqish uchun ularni yaxlit bir butun qilib birlashtiradi.
- G’ayrat-shijoatlilik: jamoa a‘zolarini sa‘y-harakatlarga, ayniqsa, ishga nisbatan qiziqish yo’qolgan davrlarda rag’batlantiradi.
- Roli ijtimoiy-emotsional qo’llab-quvvatlashdan iborat bo’lgan jamoa a‘zolari guruh a‘zolarining ijtimoiy-emotsional ehtiyojlarini qondirish uchun javobgardir. Qoidaga ko’ra ular quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- 1.Ilhomlantiradi: boshqa qatnashchilarning g’oyalariga xayrihohlik bildirib, ularni tez o’zlashtiradilar, maqtovni ayamaydilar, jamoa a‘zolarini o’z takliflarini bayon qilishga undaydilar.
- 2.Moslik, uyg’unlikni yaratadilar: guruhda muammolarni bartaraf etadilar, nizolashuvchi tomonlarni murosaga keltirishga ko’maklashadilar.
- TASHKILOT XODIMLARINI BOSHQARISH
- 3.Emotsional (hissiy) zo’riqishni susaytiradi: muhitdagi keskinlikni har xil usullar bilan, jumladan hazil va latifalar yordamida yumshatishga urinadilar.
- Jamoaga mos bo’lishga intiladilar: hamisha jamoa bilan birga qadam tashlaydilar, boshqa a‘zolarning takliflariga rozi bo’ladilar.
- Murosaga kelishga tayyorlar: jamoa uyg’unlikni saqlash uchun o’zining xususiy fikridan kechishga qodirlar.
- Ijtimoiy rollar ko’proq bo’lgan jamoalar ishdan qoniqish hosil qiladilar, ammo bunda past unumdorlik bilan ishlashlari mumkin. Boshqa bir chekka holat - aksariyat mutaxassislardan tuzilgan jamoa. Unda hammasi bitta maqsad - natijaga bo’ysundirilgan. Bunday jamoa qisqa muddatli davrda g’oyat samarali bo’ladi, ammo uzoq muddatli istiqbolda bajarayotgan ishidan qoniqish darajasi pasayib boradi. Samarali jamoa yaxshi muvozanatlashgan bo’lishi kerak, shunda uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli ishlashi mumkin, chunki bu qatnashchilarning yuqori darajada qoniqishini va jamoaviy vazifalarning bajarilishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |