____ – dars. Algoritm tushunchasi
Dars maqsadi:
O‘quvchilarga algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochining ko‘rsatmalar sistemasi, algoritmga asos solgan buyuk alloma haqida ma’lumot berish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Asosiy tushunchalar:
Algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochining ko‘rsatmalar sistemasi.
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan informatikadan 9–sinf elektron darsligi va mavzuga oid elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. Mavzuga mos plakatlar tayyorlab qo‘yiladi.
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Mavzu quyidagicha izoh bilan boshlanadi:
Bunga turli xil misollar keltiriladi. Masalan, choy damlash algoritmi, maktabga borishga hozirlik ko‘rish algoritmi va shu kabi. O‘quvchilarga misollar keltirishni tavsiya etish bilan dars “jonli” holatga keltiriladi.
Bajariladigan amallarni tartibga solish haqida so‘zlab, algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqanligi takidlab o‘tiladi. Alloma Al-Xorazmiy haqida 8-sinfda o‘quvchilar yetarlicha ma’lumot olishgan.
Endi algoritm, algoritm ijrochisi, algoritm ijrochisining ko‘rsatmalar sistemasi haqida so‘z yuritiladi. Turli xil (darslikdagi yoki qo‘shimcha) misollar orqali izohlanadi. Choy damlash maqsad qilib qo'yilgan bo'lsin. U holda choy damlayotgan kishi biz uchun odatiy hoi bo'lib qolgan quyidagi ishlarni bajarishi lozim bo'ladi:
choynak qopqog'i ochilsin;
choynak qaynoq suv bilan chayilsin;
choynakka bir choy qoshiq miqdorida quruq choy solinsin;
choynak to'lguncha qaynagan suv quvilsin;
choynak qopqog'i yopilsin;
6.choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa dam yedirilsin
Bu mavzu insonning, shu jumladan o‘quvchilarning, hayotiy tajribasi bilan bog‘liq bo‘lgani bois dars davomida o‘quvchilarga turli xil savollar berish orqali interfaol usulda dars o‘tishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |