Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 3-mashq.
2*. Darslikdagi 4-mashq.
Tasdiqlayman O`IB direktor
o`rinbosari________________________
Sana _____________IX- sinflar
___– dars. Ma’lumotlarni hotiraga muloqot
usulida kiritish operatori
Dars maqsadi:
O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilida ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori bilan tanishtirish, ularda muloqotli dasturlar tuzish ko’nikmasini hosil qilish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Asosiy tushunchalar:
Ma’lumotlarni hotiraga muloqot usulida kiritish operatori.
Tashkiliy qism:
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
v)siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Paskal dasturlash tili va mavzuga oid plakatlar tayyorlab qo‘yiladi.
Mavzuni yoritish:
Paskalda o'zgaruvchilarga qiymat berishning o'zlashtirish opera- toridan foydalanishdan boshqa usullari ham bor. Ulardan biri ma'lumotlarni xotiraga muloqot usulida kiritish deyiladi va kiritish operatori
Yordamida amalga oshiriladi. Kiritish operatoridan o'zgaruvchilarga dastur bajarilishi davomida kompyuter klaviaturasidan qiymat berish uchun qo'llaniladi. Kiritish operatori quyidagi ikki xil ko'rinishga ega:
Read (kiritish ro'yxati); va ReadLn(kiritish ro'yxati);
yerda Read (read (ing.) - o'qish) va ReadLn Paskalning xizmatchi ^0>zlari, kiritish ro'yxati esa bitta o'zgaruvchi yoki o'zaro vergul °ilan ajratilgan bir nechta o'zgaruvchilar ketma-ketligi. Masalan:read(a); Read(alfa,betta); ReadLn(_name);. .
Kiritish operatori dastur ishlashini to'xtatadi va ro'yxatdagi o'zga ruvchilarga klaviatura orqali qiymat berilishini kutadi. Agar ro'yxatcja bir nechta o'zgaruvchi bo'lsa, ularning qiymatlari o'zaro probel (bo'sh
joy) bilan ajratib kiritilishi yoki ENTER] klavishini bosib kiritilish mumkin. Ikkala holda ham oxirgi o'zgaruvchi qiymati kiritilgach ENTERl klavishini bosish shart.
Read va Readln operatorlarining farqlari quyidagicha. Bitta yokj bir nechta alohida yozilgan Read operatori yordamida kiritiladigan o'zgaruvchilar qiymati bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishi mumkin. Readln operatori esa faqat o'zining ro'yxatida keltirilgan o'zgaruvchilarnigina qiymatini bir satrda probellar bilan ajratib kiritilishiga imkon beradi. Shuning uchun Readln operatoridagi ro'yxat tugagach keyingi kiritish operatorini ishlashi uchun albatta I ENTER] klavishini bosish shart
1- misol.
|
|
2- misol.
|
Var a,b:Integer;
|
|
Var
|
Begin
|
|
a,b: Integer;
|
Read(a);
|
|
Begin
|
Read(b);
|
|
Read(a, b);
|
WriteLn('a+b=', a+b);
|
|
WriteLn('a+b-, a+b);
|
End.
|
|
End.
|
Ikkala misolda ham qiymat kiritish quyidagi ikki usuldan birida
|
amalga oshirilishi mumkin.
|
|
|
O'zgaruvchilarga qiymat berishda o'zlashtirish operatori qo'llanilsa, dastur bitta qiymat uchun bajarilaveradi, ya'ni o'zgaruvchining qiymati xotiraga bir marta kiritiladi. Biror o'zgaruvchi qiymatini almashtirish uchun esa har safar dasturga kirib o'zgartirish zarur bo'ladi.
Dasturda biror o'zgaruvchiga qiymat berishda kiritish operatori qo'lla- nilgan bo'lsa, u holda dasturni ishga tushirib o'zgaruvchining qiymatini klaviaturadan kiritilaveradi, ya'ni muloqot usulida o'zgartirilaveradi.
Readln operatori beradigan yana bir imkoniyat bor. Ma'lumki, Paskal dasturlash tili amallarni juda tez bajargani uchun natijani ko'rishga ulgurib bo'lmaydi. Avval aytib o'tilganidek, ekrandagi natijani ko'rish uchun ALT+F5 klavishlar juftligi bosiladi.
Barcha natijalar ekranga chiqarilganidan so'ng natijani ko'rib olguni- mizcha dasturni kuttirish uchun end. operatoridan avval ro'yxatsiz readln operatorini yozish kifoya. Bunday holda dastur ishini yakunlash uchun ENTER klavishi bosiladi. Albatta, bu operator kutilgan natijani berishi uchun undan oldin yozilgan oxirgi kiritish operatori ham LN qo'shim- chasi bilan yozilgan bo'lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |