Uyga vazifa:
1. Darslikdagi 2-, 4-mashqlar
Tasdiqlayman O`IB direktor
o`rinbosari________________________
Sana _____________IX- sinflar
___– dars. Standart funksiyalar va algebraik ifodalar
Dars maqsadi:
O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilining standart funksiyalari bilan, algebraik ifodalarni yozish qoidalari bilan tanishtirish.
Darsning ta`limiy vazifasi: O`quvchilarga mustaqil fikrlashni o`rgatish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarning vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash:
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarni kompyuter savodxonligini oshirish
Uslub: Ma’ruza va amaliyot.
Shakl: Savol – javob, kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik va ko’rgazmalar
Usul: slayd materiallari
Nazorat: og’zaki, savol-javob va kuzatish.
Baholash: Rag’batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Asosiy tushunchalar:
Standart funksiyalar, standart protseduralar, algebraik ifodalar.
Tashkiliy qism:
salomlashish
davomatni aniqlash
siyosiy daqiqalar
O’quvchilar bilan o’tgan mavzuni savol javob va test usulida takrorlash, uyga berilgan topshiriq va vazifalarni tekshirish hamda baholash
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Informatikadan 9–sinf elektron darsligi va mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Mavzuni yoritish:
Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.
Interfaol usulda matematika fanidan ma’lum bo’lgan funksiyalar va matematik amallar esga olinadi. Shunday funksiya va amallar Paskal dasturlash tilida ham qo’llanilishi aytilib, ular nima uchun standart funksiya va protseduralar deyilishi tushuntiriladi. Dasturchi extiyojiga qarab o’zi ham funksiya va protsedular tashkil etishi mumkinligi aytib o’tilishi lozim. O’quvchilar funksiyalarni protseduralardan farqlay olishi muhim ahamiyatga ega. Ularning farqi shundaki, standart funksiya biror qiymatni hisoblasa, standart protsedura ma’lum bir amalni bajaradi. Bularni misollar orqali ko‘rsatiladi.
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amallar bilan bog‘langan o‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar, funksiyalar yordamida tashkil topadi va bir satrda yoziladi. Satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emasligi haqida tushuncha beriladi.
Funksiya tushunchasi matematika fanidan ma'lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratilgan. Masalan, chiziqli» kvadrat, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba'zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda funksiyalardan
foydalanish qulay bo'lishi uchun ba'zi funksiyalar dastur translyatori ta'minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta'minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Bu funksiyalarning ko'pchiligi sizga MS Excel dasturi orqali tanish. Shu bilan birga Paskalda aniq bir amallarni bajarishga mo'ljallangan standart protseduralar ham ishlatiladi. Quyidagi jadvalda Paskalning ba'zi standart funksiyalarini izohi bilan keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |