MCHJ «Uz-Kor Gas Chemical» QK va
uning tasrufidagi obyektlari binolarida
YXTTEB inspektorlari
katta leytenant M.Djumanazarov
MCHJ «Uz-Kor Gas Chemical» QK va uning
tasrufidagi obyektlari binolarida
YXTTEB inspektorlari
katta leytenant M.Tolebaev
«TASDIQLAYMAN»
MCHJ «Uz-Kor Gas Chemical» QK va uning tasarrufidagi obyektlari binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
mayor
O’.K.Jumatov
«____»______________2022 yil
|
REJA-KONSPEKT
MAVZU 10: Amaliy mashg’ulot. Yong’in sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi, Jabirlanganlarga tez tibbiy yordam kelgunga qadar birinchi yordam korsatish.
Yong’inning rivojlanish dinamikasi va uning xavfli omillarining tarqalishidan kelib chiqib amalga oshiriladigan harakatlar.
Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini o‘chirish (zarur hollarda sodir bo‘lgan vaziyatdan kelib chiqib).
Yong’in to‘g‘risida Yong’in-qutqaruv bo‘linmasiga, shuningdek, obyekt rahbariga xabar berish (obyektda mavjud bo‘lgan aloqa vositalari va signalizatsiya, ularning joylashish joylari, uskunalar, hududlarda mavjud bo‘lgan tovushli xabar berish qurilmalari, yong’in sodir bo‘lganda ulardan foydalanish qoidalari, aloqa vositalari orqali sodir bo‘lgan yong’in to‘g‘risida xabarni etkazish tartibi).
Yong’in-qutqaruv bo‘linmalari etib kelgunga qadar yong’in o‘chirishni tashkil etish (KYSBning jangavor bo‘linma tabeli bo‘yicha vazifalari, yong’inni o‘chirish tartibi, texnika xavfsizligi).
Yong’in-qutqaruv bo‘linmalarini kutib olishni tashkil etish.
Yong’in-qutqaruv bo‘linmalari yong’in joyiga etib kelganidan so‘ng yong’in o‘chirishni tashkil etish.
Boshqa harakatlar (moddiy boyliklarni qo‘riqlash, yong’inni o‘chirishga jalb etilmagan odamlar kirishini cheklash va hakazo).
Amaliy mashg‘ulot: Yong’in-qutqaruv bo‘linmalariga yong’in to‘g‘risida xabarni berish tartibini o‘rganish; o‘t o‘chirgichlardan foydalanish tartibini ko‘rsatish va qo‘llash usullarini o‘rganish, ichki yong’inga qarshi jo‘mraklardan foydalanish, ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilish harakatlarini mashq qilish.
Ushbu bo‘limda tashkilot xodimlarining, idoraviy yong’indan saqlash xizmati va FVV bo‘linmalarining elektr stansiyalar va podstansiyalardagi 0,4 kV gacha kuchlanish ostidagi uskunalarda va ishlab chiqarish texnologiyasida (aloqa, yoritish, avtomatika va yong’in o‘chirish) yong’inni o‘chirish jarayonida elektr tokidan o‘chirish mumkin bo‘lmaganda, harakatlarini tashkil etish bo‘yicha asosiy qoidalar belgilangan.
Energetikada ishlab chiqarish texnologiyasi va energetika tizimining ish rejimlari uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uskunalarni boshqarishning yo‘qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, ikkilamchi kommutatsiya zanjirlarida o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kuchlanishini o‘chirib bo‘lmasligi sababli 0,4 kV gacha bo‘lgan kuchlanish ostidagi uskunalar elementlarida sodir bo‘lgan yong’inni o‘chirish zarur bo‘ladi.
Yong’in sodir bo‘lganda stansiya smena boshlig‘i, podstansiya navbatchi muhandisi (keyingi o‘rinlarda - energetika obyektining smena boshlig‘i) tomonidan 0,4 kV gacha kuchlanish ostidagi energetik uskunalarda yong’inlarni o‘chirish uchun ushbu qoidalarga keltirilgan shakldagi yozma ruxsatnoma beriladi va uni yong’in o‘chirish tezkor varaqasi talablarini inobatga olib, avvaldan rasmiylashtirib, boshqaruv shchitida saqlash tavsiya etiladi.
Uskuna yong’inni avtomatik ravishda o‘chirish qurilmalari bilan himoyalanmagan bo‘lsa, u holda ushbu uskunani mavjud yong’in o‘chirish vositalari bilan o‘chirishga ruxsat beriladi. Bunda o‘chirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan zarur xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.
Elektr stansiya va podstansiyaning 0,4 kV dan yuqori kuchlanishli uskunalari yong’inni o‘chirishdan oldin tokdan uzib qo‘yilishi shart.
Har bir tashkilotda bosh muhandis (texnik rahbar) buyrug‘iga ko‘ra yong’in sodir bo‘lganda texnologiya shartlari bo‘yicha tokdan uzib quyilishi mumkin bo‘lmagan muayyan uskunalar ro‘yxati aniqlanadi.
Yong’in paytida tokdan uzib qo‘yish mumkin bo‘lmagan 0,4 kV gacha kuchlanish ostida bo‘lgan energetik uskunalar mavjud xonalar (inshootlar) uchun Yong’inda harakatning tezkor varaqasi ishlab chiqiladi.
Bunda quyidagilar ko‘rsatiladi:
uskunalarning dispetcherlik raqami;
tokdan uzilmagan uskunalarning joylashishi;
Yong’in zonasida joylashgan energetika uskunalarini o‘chirish bo‘yicha zarur harakatlar ketma-ketligi;
erga ulovchi tuzilmalar, himoya va yong’in o‘chirish vositalarining joylashgan joyi;
Yong’in joyiga olib boruvchi jangovar hisoblarning harakatlanishi mumkin bo‘lgan qatnov yo‘li.
Do'stlaringiz bilan baham: |