«tasdiqlayma n». Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A. Ravshanov



Download 281,19 Kb.
bet12/16
Sana10.03.2020
Hajmi281,19 Kb.
#42008
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
5 sinf tarix


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Qo‘yqirilganqal’a obidasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Tuproqqal’a haqida so ‘zlab bering.

3.Afrosiyob va Registon majmuasi о ‘rtasida qanday rishta mavjud?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Piza minorasi. Piza minorasi jahon madaniyatining mashhur namunalaridan biri sanaladi. U XII-XIV asrlarda Italiyaning Piza shahridagi sobor maydonida qurilgan.

Minora 8 qavatli bo‘lib, oq marmardan ishlangan. Minora silindrsimon shaklga ega, balandligi 54,5 metrni tashkil etadi. Sirt qismi oltita belbog‘ bilan o‘ralgan. Minoraning tepasiga 300 ta pillapoyali zinapoyadan chiqilgan.

Piza minorasi «Qulayotgan minora» deb ham ataladi. Bunga u qurilgan joyning cho‘kishi oqibatida minoraning bir tomonga og‘ganligi sabab bo‘lgan. Og‘ishni to‘xtatish choralari ko‘rilgan, albatta. Shunday bo‘lsa-da, o‘tgan bir necha asr davomida bu og‘ish 5 metrga yaqinlashib qoldi. Keyingi 100 yil ichida esa bu ko‘rsatkich 30 sm. ni tashkil etdi.

Tauer ko‘prigi. Dunyoning mashhur tarixiy obidalaridan yana biri Angliyaning poytaxti London shahrini kesib o‘tuvchi Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer kо‘prigidir. Ko‘prikni muhandis G.Jons loyihalashtirgan edi. Ko‘prikni qurish 1894-yilda tugallangan. Shu yili ko‘prikning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan.

Dunyoning bu nodir tarixiy obidasi Temza daryosi ustiga qurilgan boshqa ko‘priklardan ikki qavatli qilib qurilganligi bilan farq qiladi. Ko‘prikning umumiy balandligi suv ustidan 45 metrni tashkil etadi. Temza daryosidan kemalar qatnayotganida birinchi qavat balandga qarab ikki tabaqaga ajraladi.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Piza minorasi qachon va qayerda qurilgan?

2.Tauer ko’prigi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Tojmahal maqbarasi sizda qanday taassurot qoldirdi?

4.Eyfel minorasi qayerda joylashgan va uning muhandisi kim?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Nazorat ishi – 6.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Test sinovi:

1.Fors shohi Kir II miloddan avvalgi nechanchi yilda massagetlar yurtiga yurish boshlaydi?

A)Miloddan avvalgi 540-yilda. B)Miloddan avvalgi 530-yilda. S)Miloddan avvalgi 550-yilda. D)Miloddan avvalgi 560-yilda.



2.Fors shohi Doro I miloddan avvalgi nechanchi yilda sak qabilalariga qarshi qo’shin tortadi?

A)Miloddan avvalgi 519-yilda. B)Miloddan avvalgi 518-yilda. S)Miloddan avvalgi 517-yilda. D)Miloddan avvalgi 516-yilda.



3.Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olon qayerda bo’lgan?

A)Marg’iyonada. B)Baqtriyada. S)So’g’diyonada. D)Parfiyada.



4.Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olon miloddan avvalgi nechanchi yilda bo’lib o’tgan?

A)Miloddan avvalgi 325-324-yillarda. B)Miloddan avvalgi 326-325-yillarda. S)Miloddan avallgi 327-326-yillarda.D)Miloddan avvalgi 329-328-yillarda.



5.“Oq kiyimlilar qo’zg’oloni”ga kim boshchilik qilgan?

A)Mahmud Torobiy. B)Abruy. S)Jaloliddin Manguberdi. D)Muqanna.



6.Qadimgi Eronda viloyat boshlig’i nima deb atalgan?

_______________________________________________________________________________________



7.Shaharning devor bilan o’ralgan mustahkam qismi nima deb ataladi?

_______________________________________________________________________________________



8.Arablar O’rta Osiyoni qanday nom bilan atashgan?

_______________________________________________________________________________________



9.Qadimgi Yerqo’rg’on va Uzunqir shahar xarobalari hozirgi qaysi viloyat hududida joylashgan?

_______________________________________________________________________________________



10.Massagetlar malikasi To’maris o’g’lining ismi kim bo’lgan?

_______________________________________________________________________________________


JAVOBLAR:


1.B

2.A

3.S

4.D

5.D

6.Satrap.

7.Ark.

8.Movarounnahr.

9.Qashqadaryo viloyati.

10.Sparangis.


Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Birinchi jahon urushi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Birinchi jahon urushi haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Piza minorasi qachon va qayerda qurilgan?

2.Tauer ko’prigi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Tojmahal maqbarasi sizda qanday taassurot qoldirdi?

4.Eyfel minorasi qayerda joylashgan va uning muhandisi kim?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Urushning sabablari. Urashlarning hammasi dahshatli. Ammo ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo’lgan. Chunki bu urushlarda dunyoning ko‘p davlatlari ishtirok etishgan. Binobarin, qirg‘in va vayronagarchilik, xalqlar boshiga tushadigan azob-uqubatlar ham shunchalik ko‘p bo‘lgan. Insoniyat bugungi kungacha ikkita jahon urushini boshidan kechirgan. Ularning birinchisi 1914-yilda boshlanib, 1918-yilda tugagan. Xo‘sh, bu urushning sabablari nimalardan iborat bo‘lgan?

Qudratli davlatlar 1914-yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bosib olib ularni o‘z mustamlakalariga aylantirgan edilar. Angliya, Fransiya va podsho Rossiyasi dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatlari bo‘lishgan. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning mustamlakalari esa kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo‘lishni talab eta boshlagan.

Avstriya-Vengriya da’vo qilayotgan hududlar asosan podsho Rossiyasi ta’sirida edi. Italiya da’vo qilayotgan hududlar esa Fransiya ixtiyorida edi. Shu­ning uchun ham ular Germaniyani qo‘llab-quvvatlay boshlaganlar. Tabiiyki, Angliya, Fransiya va podsho Rossiyasi Germaniya talablarini rad etishgan. Natijada Yevropaning qudratli davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar tobora chuqurlasha boshlagan. Bu ziddiyatlar oxir-oqibatda ularni bir-biriga dushman bo‘lgan ikkita ittifoqqa bo‘lib yuborgan. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyani birlashtirgan birinchi ittifoq «Uchlar ittifoqi» deb atalgan. Angliya, Fransiya va podsho Rossiyasini birlashtirgan ikkinchi ittifoq esa «Antanta» deb atalgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Qanday sabablar Birinchi jahon urushining yuz berishiga olib kelgan?

2.Urushning kelib chiqishiga asosiy aybdor bo'lgan davlatlar guruhlarini qayd eting.

3.Urush qanday holatda boshlandi va u qanday yakun topdi?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Birinchi jahon urushi va Turkiston.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Qanday sabablar Birinchi jahon urushining yuz berishiga olib kelgan?

2.Urushning kelib chiqishiga asosiy aybdor bo'lgan davlatlar guruhlarini qayd eting.

3.Urush qanday holatda boshlandi va u qanday yakun topdi?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri. Birinchi jahon urushi Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki Turkiston podsho Rossiyasining mustamlakasi edi. To‘g‘ri, Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmagan. Biroq urush yillarida mustamlakachi podsho Rossiyasining Turkiston mahalliy aholisiga o‘tkazayotgan zulmi yanada kuchaydi. Chunonchi, urush ehtiyojlari uchun deb soliqlar miqdori ko‘paytirilgan. O‘lkadan olib ketiladigan paxta, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdori ortgan.

Bu ham yetmaganidek, mustamlakachilar mahalliy aholini podsho Rossiyasi lashkarlari uchun mudofaa inshootlari, temiryo‘llar qurish kabi ishlarga safarbar etish rejasini ishlab chiqqan.

1916-yilda Rossiya podshosi Nikolay II farmoniga ko‘ra Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkak aholisini mardikorlikka safarbar etish boshlangan. Natijada ko‘plab oilalar o‘z boquvchilaridan ajrab qolganlar. Qishloq xo‘jaligi esa inqirozga yuz tuta boshlagan. Podshoning qarori Turkiston aholisining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Mardikorlikka asosan kambag‘allarning farzandlari yuborilishi ham xalq noroziligini yanada kuchaytirgan. Bu kuchli norozilik oxir-oqibatda xalqning milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib kelgan.

Qo’g’lonning boshlanishi. Milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni butun Turkiston o‘lkasini qamrab oldi. Joylarda mustamlakachilar bilan qonli to‘qnashuvlar yuz berdi. Mardikorlikka qarshi norozilik harakatlari tezda butun о‘lka bo‘уlab yoyilib ketgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Birinchi jahon urushi nega Turkistonga ta’sir etmay qolmagan?

2.Mardikorlikka safarbarlik nima edi?

3.Nega 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni mag'lubiyatga uchragan?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Ikkinchi jahon urushi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Ikkinchi jahon urushi haqida ma’lumot berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.



Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Birinchi jahon urushi nega Turkistonga ta’sir etmay qolmagan?

2.Mardikorlikka safarbarlik nima edi?

3.Nega 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni mag'lubiyatga uchragan?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Fashizm nima? Fashizm – dunyodagi biror-bir xalqni nasl-nasabi oliy, toza, ular boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishga haqli, deb da’vo qiluvchi g‘oyadir.

Fashizm g‘oyalari tarafdorlari fashistlar deyiladi. Ular o‘zlari mansub bo‘lgan xalqning boshqa xalqlar ustidan hukmron bo‘lishga haqligini zo‘r berib targ‘ib etadilar. Shu orqali o‘zlarining dunyo hukmdori bo‘lishdan iborat mash’um maqsadlarini oqlashga urinadilar. Fashizm Yevropaning qator davlatlarida Birinchi jahon urushidan keyingi yillarda vujudga keldi. Fashistlar ayni paytda hokimiyatni egallash uchun kurash olib borganlar. Ayrim davlatlarda bunga erishganlar ham. Chunonchi, Germaniya fashistlari 1933-yilda davlat hokimiyatini egallaganlar.

Germaniya fashizmining yo’lboschisi Adolf Gitler mamlakatda o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatdi. U dunyoda Germaniyaning hukmron bo‘lishini rejalashtirgan. Ayni paytda zo‘r berib urushga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Ikkinchi jahon urushining sabablari. Nihoyat, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Urush Germaniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan yuz berdi. Urushgacha bu davlatlar o‘zaro ittifoq ham tuzgan edilar.

Angliya, Fransiya va sobiq SSSR o‘zaro qarama-qarshiliklar va ishonchsizliklar tufayli urushning oldini ola olmadilar.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Fashizmning nima ekanligiga izoh bering.

2.Germaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Ikkinchi jahon urushining yakunlari haqida so‘zlab bering.

Download 281,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish