«tasdiqlayma n». Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A. Ravshanov



Download 281,19 Kb.
bet1/16
Sana10.03.2020
Hajmi281,19 Kb.
#42008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5 sinf tarix


Aim.Uz

«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.



Mavzu: Kirish: Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga 5-sinf tarix darsligi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Mustaqillik haqida qanaqa she’rlar bilasiz?

2.Vatanni madh etuvchi she’rlardan namunalar keltiring.

3.Bu yilgi o’quv yilida o’z oldingizga qanday maqsadlar qo’ydingiz?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Vatan! Bu so’z zamirida olam – olam ma’no bor. Vatan – aziz, mo’tabar va muqaddas yurtdir. “Vatan” arabcha so’z bo’lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi.

Vatan – bu, siz tug’ilgan makon. Kindik qoningiz to’kilgan tuproq. Vatan – bu, oltin beshikdir. Ota – onangiz, qarindoshlaringiz va do’stlaringiz bilan birga yashaydigan zamin. Bobolaringizning izlari qolgan yer. Ajdodlaringiz yurtidir. Vatan – yurakdagi javohir.

1991-yil 31-avgust kuni Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan bitilgan. Chunki shu sanada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi.

1-sentabr esa Mustaqillik kuni deb belgilandi. Mana, oradan yillar o’tdi. Shu yillar ichida O’zbekiston dunyoda o’z o’rniga va o’z so’ziga ega davlatga aylandi. Mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan aytilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” hikmatli ibora Sizni Vatanimizning tarixini puxta egallashga da’vat etadi. Islom Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli kitobida: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”, deb bejiz ta’kidlamaganlar.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.“Vatan” tushunchasiga ta’rif bering.

2.Vatanimiz O’zbekistonning o’tmishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.1991-yilning 31-avgust hamda 1-sentabr kunlari Vatanimiz tarixida qanday ahamiyatga ega?

4.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” hikmatli iboraga ta’rif bering.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Tarixiy manbalar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga tarixiy manbalar haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.“Vatan” tushunchasiga ta’rif bering.

2.Vatanimiz O’zbekistonning o’tmishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.1991-yilning 31-avgust hamda 1-sentabr kunlari Vatanimiz tarixida qanday ahamiyatga ega?

4.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” hikmatli iboraga ta’rif bering.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Tarixiy manbalarni o’rganuvchi manbashunos olimlar ularni sinchiklab o’rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to’playdilar.

Tarixiy manbalar, o’z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo’linadi.

Odamlar yashagan makon, manzil, turarjoylar, qal’a va shaharlar, sug’orish inshootlari, shuningdek, uy – ro’zg’or buyumlarining qoldiqlari, zeb – ziynat buyumlari, zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalar ashyoviy manbalar ham deyiladi. Moddiy manbalarni arxeologlar to’plashadi. Ular o’tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo’l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan davrini aniqlaydilar.

Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Uzoq o’tmishda qoyatosh va qattiq buyumlarga o’yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po’stlog’i, keyinchalik qog’ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo’lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Tarixiy manbalar va ularning qanday o’rganilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarni taqqoslang.

3.Vatanimizning qadimgi tarixi haqida yozib qoldirilgan yozma manbalar haqida so’zlab bering.

4.Xronologiya nima va u tarix uchun qanday ahamiyatga ega?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Tarixiyda yil hisobi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yil hisobi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Tarixiy manbalar va ularning qanday o’rganilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarni taqqoslang.

3.Vatanimizning qadimgi tarixi haqida yozib qoldirilgan yozma manbalar haqida so’zlab bering.

4.Xronologiya nima va u tarix uchun qanday ahamiyatga ega?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Kalendar – vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo’lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo’yilgan bo’ladi. Bu esa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug’diradi.

Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlarini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalshtiriladi. Masalan, mamlakat Prezidentining chet davlatlarga borishi yoki chet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi.

Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o’z hayotini Nil daryosisiz tasavvur etisha olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot – mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishi vaqtini bilish ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

Misrliklar nil daryosining keyingi toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to’g’onlarni tuzatib qo’yishlari kerak edi. Kundalik kuzatuv daryoning yanagi toshqiniga qadar oradan 365 kun o’tishini ko’rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kunlik qilib, 12 oyga bo’lganlar. Qolgan besh kunni yil oxiriga qo’shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa ilk kalendar vujudga kelgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab bering.

3.Qadimgi misrliklar kalendarni qanday yaratgan edilar va bu kalendardagi xatolik nimadan iborat edi?

4.Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang.

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Dunyo xaritasi tarixi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga dunyo xaritasi tarixi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab bering.

3.Qadimgi misrliklar kalendarni qanday yaratgan edilar va bu kalendardagi xatolik nimadan iborat edi?

4.Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang.

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Shunday fanlar borki, ularni xaritasiz o’rganish juda qiyin kechadi. Tarix va geografiya fanlari ana shunday fanlar hisoblanadi.

Turli xalqlar o’rtasida savdo aloqalarining o’sishi, harbiy yurishlar va uzoq o’lkalarga uyushtirilishi lozim bo’lgan sayohatlar xaritalarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Gretsiya olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq o’lchashga muvaffaq bo’lgan. Buning natijasida u dunyoning birinchi xaritasini yaratgan. Bu xaritada Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va G’arbiy Osiyo tasvirlangan.

Qadimgi Rim olimi Ptolemey, buyuk bobolarimiz – Muhammad al- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg’ariylar ham o’z davrlari uchun muhim haritalar yaratgan edilar.

Globus – Yer sharining kichik masshtabdagi sharsimon nusxasidir. Tarix va geografiya fanlarini o’rganishda globus ham muhim ahamiyatga ega.

Globusda Yer yuzasi juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. O’z davridagi ilm – fan yutuqlariga asoslangan dastlabki globusni buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy yaratgan.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Xarita nima va u tarix fanini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?

2.Dastlabki xaritalar qayerlarda va kimlar tomonidan yaratilgan?

3.Globus nima va u nima uchun zarur?

4.Qanday xaritalar zamonaviy xaritalar deyiladi?

V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Xarita nima va u tarix fanini o’rganishda qanday ahamiyatga ega?

2.Dastlabki xaritalar qayerlarda va kimlar tomonidan yaratilgan?

3.Globus nima va u nima uchun zarur?

4.Qanday xaritalar zamonaviy xaritalar deyiladi?

III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Odamzod bugungi aql – idrok va taraqqiyot darajasiga birdaniga erishgan emas. Bu bir necha million yillik taraqqiyotning natijasidir.

Bir necha million yillik taraqqiyot davrida odam avstralopitek va zinjantrop, yava odami, sinantrop, farg’ona odami, neandertal va kramonon odamlari deb bir – biridan farqlanuvchi bosqichlarni bosib o’tgan.

Ular o’zlarining matonatli mehnatlari bilan hayot to’kinchiligiga intilganlar. Aynan mehnat tufayli odamzod o’zini saqlab qolgan. Uning bugungi qiyofadagi odamga aylanishiga sabab bo’lgan.

Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini dastlab Janubiy va Sharqiy Afrikadan topganlar. Bundan eng qadimgi odamlar Afrikada paydo bo’lgan ekanda, degan xulosa chiqarilmasligi lozim. Antropolog olimlar odamlarning bosh suyagi qoldiqlaridan ularning tashqi qiyofalarini tiklaganlar. Bu odamlar yashagan manzilgohlardan eng sodda mehnat qurollari qoldiqlari ham topilgan.

Olimlar sodda bo’lsada dastlabki mehnat qurolini yasay olgan avstralopitek va zinjantrop odamini “ishbilarmon (uquvi bor) odam” deb ham ataganlar.



Download 281,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish