R E F E R A T
Mavzu: Psixodiagnostika metodlari. Ekspert baholash metodi
Bajard: 9-2PSS-20 Davronova S.K
Reja:
1.Metod va metodika haqida tushuncha.
2.Standartlashtirilgan va ekspert (klinik) metodlarning asosiy farqlari.
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.
4. So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar
turi .
1. Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat
hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining
tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va
eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka
ega.
Psixodiagnostik
metodlarning
asosiy
xususiyati
shundan
iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash
imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni
ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi.
Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat
natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik
holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test
yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni
sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik
metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish
mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va
faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda
olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli
garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani
kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday
baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb
Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo‘yicha kichik
guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo‘yicha).
Sharoitni engillashtirish
Muammo echimini taklif qilish
Savollarga javob berish
Ma'lumotlar berish
Tushuntirib berish
Yordam berishni taklif qilish
Yordam so‘rash
Tushuntirib berishni so‘rash
Ma'lumotlar berishni so‘rash
Savollarga javob berishni so‘rash
Muammo echimini so‘rash
Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va
6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha
tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash;
o‘rtacha arifmetik qiymatni topish;
o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma);
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish
(korrelyatsiya);
metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik
ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada
empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik
metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik
metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada –
o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod
(ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar
kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida
psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar
metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov
taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo’llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik
metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va
“ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-
pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik
eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa
usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday
qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum
qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning
psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi
G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment,
modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik
yondashuvlarni ta`kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga
bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so’rovnomalar,
faoliyat mahsullarini o’rganish va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi.
Hamma metodlarni u:
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga bo’ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks metodlarni
kiritdi.
Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod,
faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi.
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat
tahlili kiritildi.
Nihoyat, to’rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir
metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay,
ko’pgina echilmagan muammolar uchraydi:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo’lib qoldi?
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb
tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o’tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy
metodlari ko’rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o’rni bo’yicha
«oraliq» empirik va nazariy metodlar o’rtasida, empirik kuzatishlar ma`lumotlarni
sharhlash va qayta ishlash metodlaridir.
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida
ob`ekt va sub`ekt orasidagi ba`zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy
psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi. 1) germenevtik – fanning
bo’linmagan yakka holatiga to’g`ri keladi; 2) biografik metod – psixika to’g`risidagi
fanning yakka ob`ektiv idrokini ko’rsatish; 3) kuzatish – idrok ob`ekti va sub`ekti
farqlanadi; 4) o’z-o’zini kuzatish - sub`ektni oldingi farqlanish asosida ob`ektga
aylanishi; 5) klinik – birinchi o’ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki
kuzatuv mexanizmiga o’tish vazifasi chiqadi; 6) eksperiment sub`ekti ob`ekt
idrokining faol qarshiligi sifatida, sub`ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo’lsa ham,
tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog`liqligi bizni qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o’ylab yoki o’ylamay psixologik metodlarning empirik
tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo’shishga
majbur bo’ldilar. Bu metodni qo’llashda “idrokning sub`ekt va ob`ekti qarama-
qarshi” qilib qo’yilmaganmi? Model – bu bir sub`ektning boshqa bir sub`ektga
oqilona qarshiligi, sub`ektning ob`ektga va o’ziga nisbatan muomalasi mumkin
emas-ku, degan savol tug`iladi.
Psixologik
tekshirishning
tasnifiy
metodlarini
tushuntirishda
boshqacha
yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metod va psixologik metodlar
orasida umuman, amalda “teng” belgisi qo’yiladi, ularning o’ziga xos jihatlarini
aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko’rsatish
maqsadga muvofiqdir:
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari amalga
oshiriladi;
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o’zaro munosabatda bo’ladi;
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning simvolik –
belgisi bilan munosabatda bo’ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, ob`ekt
sharoitini asboblar yordamida o’rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi
tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shakldagi predmet haqidagi bilim hisoblanadi.
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental
metodlarni qo’llashda, ularni o’zaro munosabati natijalarining “uchrashish joyi”dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o’tamiz:
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o’tish. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o’tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduktsiya», xususiydan
xususiyga o’tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli.
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik metodlarini
saralash kerak. Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki
ta`limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o’z o’rnini topadi.
Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli va
funktsional – strukturali.
Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulq - atvoriga qarab tizimni
aniqlab o’tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruktsiya qiladi –
boshqa tizimni o’xshash xulq-atvorga bo’lgan. Bunday xulq-atvor strukturalarning
o’xshashligi haqida mulohaza Yuritishga olib keladi.
Modellashtirishning bunday ko’rinishi psixologik tadqiqotning asosiy metodlaridan
hisoblanadi hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona hisoblanadi. Ikkinchi
holatda modellar va obrazlar strukturalari o’xshashligida tadqiqotchi funktsiyalar va
tashqi ko’rinishlarda va boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod
ko’p fanlarda tarqalgan, ayniqsa solishtirma anatomiya, paleontologiya va
boshqalarda ko’p uchratish mumkin.
Tabiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. Ammo har
bir narsa xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S.Rogovin va G.V.Zalevskiylarni
germenivtik metodlar qatoriga modellashtirish metodini kiritishga turtki bo’lgan
funktsional-strukturani modellashtirish va germenevtik metodlarning o’xshashligi
bor.
SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o’ynaydi. Bu
metodlarning tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dasturning muvaffaqiyatini
belgilab beradi. Psixologiyada sharhlash metodining ahamiyati V.A.Ganzen
monografiyasida aniqroq ta`riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz
tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog`liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan
edik. Faollik-sustlik, mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik tadqiqotda
ob`ekt faol bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat`iy nazar,
odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub`ekti bo’ladi. Empirik
psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga
ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma`noda o’lchash jarayoniga qarama-qarshidir.
O’lchashda tadqiqot natijalarini ob`ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa
aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma`naviy o’lchamlarida qayta
ishlanadi.
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o’lchamli kenglikda joylashtirish qulay,
ularning o’qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi.
Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning borligi
yoki yo’qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng
katta va o’zini-o’zi kuzatishda eng kamhisoblanadi.
Ikkinchisi muolajalarning ob`ektlashuvi va sub`ektlashuvidir. Bunda eng chetki
variant sifatida test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning xatti-
harakatini “sezish”, empatiya nazarda tutiladi.
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin
emas:
ular
bor,
lekin
“ichki” – tadqiqotchining shaxsiy malakasi,
individual xususiyatlari, sharhlash usullari va boshqalar. Tadqiqotchi o’lchamda
ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin.
Birinchisi koordinata o’qini tashkil qilib, “ikkita sub`ekt – bir
sub`ekt” yoki “tashqi” dialog, yoki– “ichki” dialog.
Ikkinchisi “tashqi” ashyolar – “ichki” ashyolar, yoki “o’lchash sharhlari” o’qini
keltirib chiqaradi. Bu o’qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik
empirik metodlarni joylashtirsa bo’ladi.
Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo’lgan o’zaro
munosabat, uning xulq-atvori ob`ektiv ro’yxati bilan moslashadigan metoddir.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib eksperimental psixologiya fanining metodlarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |