Kuzatish. Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy,
pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng
qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng
qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib
qolishidir.
Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi,
kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi.
Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish
mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi
bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning
anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan
qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon
bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik
xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan
tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd
qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga
ishonch hosil qilishi kerak.
Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli
bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya,
rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi.
Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli
bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki
gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim
hisoblanadi.
Tadqiqotchi qayd etilayotgan xulq- atvorning o’ziga xos-xususiyatlarini
(o’zgaruvchilarni) ajratib k o’rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi.
Tizimli kuzatishning rejasi eksperimentning chizmasiga yoki korrelyatsion
tadqiqotga mos keladi.
Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud.
Birinchi turida tadqiqotchi (yoki tadqiqotlar guruxi) maksimal batafsil kuzatish
uchun t o’g’ri keladigan xatti- xarakatning barcha o’ziga xosliklarini qayd etadi.
Ikkinchi turida esa (tanlovni) tadqiqotchi o’z e`tiborini faqatgina xulq-atvorning
aniq biror parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi.
Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o’lishi chastotasini yoki ona-bolaning
kun davomidagi o’zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi.
Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi
mumkin.
Ularning qatoriga audio va video apparatlar o’ziga xos kuzatish apparatlari va
xokazolar kiradi.
Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki
vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Vaqt o’tgandan so’ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining
ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi,
shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi.
Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar individ yoki gurux o’zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning
xulq-atvori o’ zgaradi.
Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo’lsa, agarda u obro’li
b o’lsa hamda sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u
holda Yuqorida aytilgan effekt ortadi. Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti
bor:
1.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd
etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi
ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda).
2.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar
bo’ladilar (masalan xonada o’ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel
oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar).
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Ø Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux),
vaziyat aniqlanadi.
Ø Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi
Ø Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti)
Ø Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi
Ø Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi
Kuzatish metodining kamchiliklari:
Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar
kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok
qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi.
U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o’zgarishlarni payqamay
qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar.
A.A.Ershov (1977Y) kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib
ko’rsatadi:
1. Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko’p
idrok qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi.
2. Bo’lib o’tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi.
3. Markaziy tendentsiya xatoligi. Kuzatuvchi kuzatilayotgan xulq-
atvorga o’rtachalashgan bahoni berishga intiladi.
4. Korreleltsiya xatosi. Xulq-atvorning bir belgisini baxolash boshqa bir
kuzatilayotgan belgining asosida bo’ladi.
5. Kontrast xatolik.
Kuzatuvchining o’zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlarni
kuzatuvchilarda ajratib ko’rsatilishi.
6. Birinchi taassurot xatoligi.
Ammo ushbu kamchiliklarga qaramay, kuzatish juda zarur metod hisoblanadi.
Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo’lishi hamda eksperimentlash
jarayoniga kiritilgan metod tarzida ko’rilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |