«tasdiqlayma n». Maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: A. Ravshanov


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni



Download 281,19 Kb.
bet2/16
Sana10.03.2020
Hajmi281,19 Kb.
#42008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
5 sinf tarix


IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Odamzodning eng qadimgi ajdodlari haqidagi ma’lumotlar qanday to’plangan?

2.Odamzodning eng qadimgi ajdodlari nomlarini aytib bering.

3.Odamzodning uzoq taraqqiyot bosqichining turli davrlarida yashagan ajdodlari bir – biridan qaysi jihatlari bilan farq qilgan?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Qadimgi odamlarning turmush tarzi.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qadimgi odamlarning turmush tarzi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Odamzodning eng qadimgi ajdodlari haqidagi ma’lumotlar qanday to’plangan?

2.Odamzodning eng qadimgi ajdodlari nomlarini aytib bering.

3.Odamzodning uzoq taraqqiyot bosqichining turli davrlarida yashagan ajdodlari bir – biridan qaysi jihatlari bilan farq qilgan?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan (chaqmoqtosh) yasashgan. Shuningdek, yog’ochdan (tayoq) ham foydalanishgan.

Ajdodlarimiz toshni shunday yerdan olib undan mehnat quroli sifatida foydalanib ketavermaganlar, albatta. Ular ishlov berib yasagan va foydalangan tosh qurolning uzunligi 10 – 20 santimetrni tashkil etgan. Og’irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo’lgan. Bu dastlabki mehnat quroli bodom shaklida ishlangan. Uning ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan. Undan biror narsani urish, kesish, o’yish va ko’zlangan masofaga irg’itish quroli sifatida foydalanilgan.

Davrlar o’tishi bilan qadimgi odamlar mehnat qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Chunki odam hamisha o’z mehnatini yengillashtirishga intilib yashagan. Shuning uchun ham, masalan, sinantroplar oldingi ajdodlariga qaraganda kichikroq, lekin qirralari yanada o’tkirroq uchli qurollar yarata olganlar. Bu qurollardan foydalanish ancha qulay bo’lgan.

Neandertal odami esa toshdan uchi yanada uchqurroq mehnat quroli yaratishga muvaffaq bo’lgan.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Nima uchun odam mehnat qurollarini doimo takomillashtirib borgan?

2.Odamning toshdan yaratgan dastlabki mehnat quroliga xos xususiyatlarni qayd eting.

3.Neandertal va kramonon odamlari yaratgan mehnat qurollarini taqqoslang.



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.


«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Arxeologiya tarixidan.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga arxeologiya tarixi haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Nima uchun odam mehnat qurollarini doimo takomillashtirib borgan?

2.Odamning toshdan yaratgan dastlabki mehnat quroliga xos xususiyatlarni qayd eting.

3.Neandertal va kramonon odamlari yaratgan mehnat qurollarini taqqoslang.



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Arxeologiya o’tmishni tarixiy moddiy manbalar – yodgorliklar asosida o’rganuvhci fan.

Arxeologiya fani bilan shug’ullanuvchi olimlar – arxeologlar (qadimshunoslar) deb ataladi. Tarixda hech narsa izsiz yo’qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.

Arxeologlar arxeologiyaning bosh manbayi bo’lgan o’tmishga oid turli topilmalar (mehnat qurollari, uy – ro’zg’or buyumlari, qurol – yarog’lar, zeb – ziynatlar, uy – joy, ustaxonalar, sug’orish inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlarini o’rganadilar. Shu asosda o’tmish haqidagi ma’lumotlarni to’playdilar. Arxeologik tekshiruvga asos bo’lib xizmat qiluvchi yerning ustida va ostida, shuningdek, suv ostida saqlanib qolgan qadimiy inshootlar va buyumlar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.

Arxeologiya yodgorliklari tarix uchun muhim manbalardir. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixigacha bo’lgan davrini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

Chunki ularni o’rganish orqali kishilik tarixining o’tmishi tiklanadi.

Xo’sh, arxeologlar qanday ishlaydilar? Ular dastlab, arxeologik axtarish ishini o’tkazadilar. Shu orqali qazilma ishlari o’tkaziladigan joylarni belgilab oladilar. Bu joylar shahar xarobalari, qadimiy qabristonlar, manzilgohlar bo’lishi mumkin. So’ng ularning taxminiy davrlari belgilab chiqiladi. Keyin esa arxeologik yodgorlik bor joy sinov tariqasida qisman qazib o’rganiladi.

IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Arxeologiya nimani o’rganadi?

2.Arxeologiya tarix fanining yaratilishida qanday o’rin tutadi?

3.Qazilma joylar qanday aniqlanadi?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Muzeylar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga muzeylar haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Arxeologiya nimani o’rganadi?

2.Arxeologiya tarix fanining yaratilishida qanday o’rin tutadi?

3.Qazilma joylar qanday aniqlanadi?



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini asrovchi, saqlovchi, o’rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi ilmiy – ma’rifiy muassasalardir. Muzeylar kishilarning o’zlari uchun qadrli va yodgorlik bo’lib qoladigan buyumlarni to’plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo’lgan.

Muzeylar xazinasida moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at asarlari jamlanadi. Shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo’lgan tarixiy qimmatga ega qo’lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.

Muzeylarning turlari juda ko’p. Ular xalqning tarixiga, adabiyoti va san’atiga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olami, harbiy qurol – yarog’larga oid hamda tabiat va boshqa turdagi muzeylardir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada ko’plab muzeylarning tashkil etilishi va muzeyshunoslik fanining vujudga kelishi XIV – XVII asrlarga to’g’ri keladi.

Muzeylar tadqiqot va ta’lim – tarbiyaviy vazifalarni o’tashi bilan ham ahamiyatlidir. Muzeylardan joy olgan eksponatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Muzeyshunoslar ilmiy tekshirish ishlarini ham olib boradilar. Muzeyga kelgan toplamlarni butlaydilar va o’rganadilar. Muzey ashyolarini saqlash va ta’mirlash ishlarini yo’lga qo’yadilar.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Muzeylar qanday vazifalarni o’tashi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Dastlabki muzeylar qayerda tashkil etilgan?

3.Nima uchun dastlabki muzeylarda asosan san’at asarlari saqlanganligini izohlab bering.



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Afsonalar.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga afsonalar haqida umumiy ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, kalendar, bo’r.




Dars taqsimoti

Daqiqa

1

Darsni tashkil qilish jarayoni

2 daqiqa

2

O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni

10 daqiqa

3

Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni

20 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni

8 daqiqa

5

Darsga yakun yasash, baholash metodlari

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa


D A R S N I N G B O R I S H I:

I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:

Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:

1.Muzeylar qanday vazifalarni o’tashi haqida nimalarni bilib oldingiz?

2.Dastlabki muzeylar qayerda tashkil etilgan?

3.Nima uchun dastlabki muzeylarda asosan san’at asarlari saqlanganligini izohlab bering.



III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:

Afsona xalq og’zaki ijodining bir turidir. Uning asosida uydirma, xayoliy va to’qima tasavvur yotadi. U go’yo bo’lib o’tgan voqeadek bayon etiladi. Afsonadagi voqea hikoya qiluvchi va tinglovchi tomonidan qachonlardir bo’lgandek qabul qilinadi.

Afsonalar hajm jihatdan kichik bo’ladi va juda sodda bayon etiladi. Afsonalar olam, hudud, biror xalqning kelib chiqishi, hayvonot olami, tabiat hodisalari, tarixiy shaxslar hamda diniy voqealar kabi mavzularni qamrab oladi.

Afsonalarning matnida ertaklarga xos bayon usuli yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Quyidagi afsona bu fikrni tasdiqlaydi: “Xudo dunyodagi hamma xalqlarga yer yuzidagi yerlarni bo’lib beribdi. O’zbek bu taqsimotga kechikib boribdi. Bu paytda o’zbek olishi mumkin bo’lgan yerning o’zi qolmagan ekan.

Xudo rahmdil emasmi?! Shuning uchun o’zbekka: - Mayli, men o’zimga ikki daryo oralig’idan bir parcha yer olib qo’ygan edim, shu joyga sen egalik qilaqol, - degan ekan. Shu – shu o’zbek hozir O’zbekiston deb ataluvchi yurtda istiqomat qilib kelarmish. Bu o’lkaga xudoning nazari tushgani uchun kuzda dalada qolib ketgan ketmon dastasi bahorda novda chiqarib gullarmish”.

Ertakka o’xshash bu afsona mazmunida o’ziga xos haqiqat bor. Afsona asosida mo’jiza, sehr, hayrat borligi bilan rivoyatdan farq qiladi.



IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:

Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:

1.Afsona nima, ular qanday yaratiladi?

2.Afsonalar rivoyatlardan nimasi bilan farq qiladi?

3.Asotirlarda nimalar haqida hikoya qilinadi?



V bosqich: Darsga yakun yasash, baholash metodlari:

Dars yakunlanadi va darsda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.



VI bosqich: Uyga vazifa berish:

Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.



«T A S D I Q L A Y M A N».

Maktab o’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: A.Ravshanov.

_______________________ 5-sinf. Tarix.

Mavzu: Nazorat ishi – 1.

Darsning maqsadlari:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazorat ishi savollari haqida ma’lumot va tushuncha berish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: Aralash.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: Ma’ruza metodi.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Xarita, darslik, bo’r.
D A R S N I N G B O R I S H I:

Darsni tashkil qilish jarayoni:

a)O’quvchilar bilan salomlashish.

b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.

s)O’quvchilar davomatini aniqlash.



Nazorat ishi savollari:

1.Tarixiy manbalar.

2.Dunyo xaritasi tarixi.

3.Arxeologiya tarixidan.

1)Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo’sh, tarixiy manba nima o’zi?

Tarixiy manbalarni o’rganuvchi manbashunos olimlar ularni sinchiklab o’rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to’playdilar.

Tarixiy manbalar, o’z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo’linadi.

Odamlar yashagan makon, manzil, turarjoylar, qal’a va shaharlar, sug’orish inshootlari, shuningdek, uy – ro’zg’or buyumlarining qoldiqlari, zeb – ziynat buyumlari, zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalar ashyoviy manbalar ham deyilaadi. Moddiy manbalarni arxeologlar to’plashadi. Ular o’tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo’l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan davrini aniqlaydilar.

Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Uzoq o’tmishda qoyatosh va qattiq buyumlarga o’yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po’stlog’I, keyinchalik qog’ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo’lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.

2)Shunday fanlar borki, ularni xaritasiz o’rganish juda qiyin kechadi. Tarix va geografiya fanlari ana shunday fanlar hisoblanadi.

Turli xalqlar o’rtasida savdo aloqalarining o’sishi, harbiy yurishlar va uzoq o’lkalarga uyushtirilishi lozim bo’lgan sayohatlar xaritalarning yaratilishiga sabab bo’lgan. Miloddan avvalgi III asrda qadimgi Gretsiya olimi Eratosfen Yerning kattaligini ancha aniq o’lchashga muvaffaq bo’lgan. Buning natijasida u dunyoning birinchi xaritasini yaratgan. Bu xaritada Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va G’arbiy Osiyo tasvirlangan.

Qadimgi Rim olimi Ptolemey, buyuk bobolarimiz – Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg’ariylar ham o’z davrlari uchun muhim xaritalar yaratgan edilar.

3)Arxeologiya o’tmishni tarixiy moddiy manbalar – yodgorliklar asosida o’rganuvchi fan.

Arxeologiya fani bilan shug’ullanuvchi olimlar – arxeologlar (qadimshunoslar) deb ataladi. Tarixda hech narsa izsiz yo’qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.

Arxeologlar arxeologiyaning bosh manbayi bo’lgan o’tmishga oid turli topilmalar (mehnat qurollari, uy – ro’zg’or buyumlari, qurol – yarog’lar, zeb – ziynatlar, uy – joy, ustaxonalar, sug’orish inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlarini o’rganadilar. Shu asosda o’tmish haqidagi ma’lumotlarni to’playdilar. Arxeologik tekshiruvga asos bo’lib xizmat qiluvchi yerning ustida va ostida, shuningdek, suv ostida saqlanib qolgan qadimiy inshootlar va buyumlar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.

Arxeologiya yodgorliklari tarix uchun muhim manbalardir. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixigacha bo’lgan davrini o’rganishda muhim ahamiyatga ega.

Chunki ularni o’rganish orqali kishilik tarixining o’tmishi tiklanadi.


Download 281,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish