Yillarda O’zbekistonda paxta yakkahokimligi Uning dahshatli oqibatlari



Download 66,9 Kb.
bet1/6
Sana20.04.2023
Hajmi66,9 Kb.
#930723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobiq ittifoq davrida paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari


Mavzu: Sobiq ittifoq davrida paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1.50-70 yillarda O’zbekistonda paxta yakkahokimligi
2.Uning dahshatli oqibatlari
3. O`zbeksitonda paxtachilikni rivojlanishi
4. Sobiq ittifoq davrida paxtachilikka bo`lgan e`tabor
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
O‘zbekiston dunyoda paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida paxta sanoatini rivojlantirish, xom ashyo yetishtirish hajmini oshirish va sifat ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash borasida oqilona siyosat olib borilayotgani mamlakatimiz paxta bozorida mustahkam o‘rin egallashida muhim omil bo‘ldi, albatta.
Natijada O‘zbekiston ishonchli hamda barqaror ravishda paxta tolasi ishlab chiqaruvchi davlatga aylandi, jahon bozorida narx o‘zgarishlariga qaramasdan, o‘zining yuqori sifati bilan ajralib turuvchi paxtani yetkazib berish kafolatlangan hamkor mamlakat sifatida dunyoga tanildi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 6-o‘rinda, paxta tolasi eksporti bo‘yicha esa 5-o‘rinda turadi. Bu mamlakatda sohani tubdan isloh qilish, yangi texnologiyalarni jalb qilish, paxtaning yangi navlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi, deyish mumkin.
Aytish kerakki, 2015 yil oktabr oyida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining tashkil etilishi sohani yanada ravnaq toptirish, bozor munosabatlari va korporativ boshqaruv usullarini takomillashtirishda mustahkam qonuniy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Kompaniya zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, o‘tgan bir yil mobaynida miqyosi va ko‘lami jihatidan katta ishlarni amalga oshirishga erishdi. Paxta bozori kon'yunkturasida tizimli marketing tadqiqotlarini olib borish, ishni kompleks tashkil qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, paxta xomashyosini fermer xo‘jaliklaridan qabul qilib olish hamda qayta ishlash, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, sanoatni yanada rivojlantirish uchun investitsiyalarni keng jalb etish, savdo aloqalarini mustahkamlash va eksport geografiyasini kengaytirish shular sirasiga kiradi.
Bu vazifalarning ijrosida, aytish joizki, “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibidagi paxtani qabul qilish va qayta ishlashga yo‘naltirilgan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, paxta tolasini saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi “O‘zpaxtaeksport” aksiyadorlik jamiyati, chigitni qayta ishlash va paxta yog‘ini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati hamda muhandislik va texnologiya, sanoat uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining alohida o‘rni bor.
Bugungi kunda “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi yuqorida qayd etilgan maqsadlardan kelib chiqib, yaqin istiqbolda bir qator muhim masalalarning yechimini topish choralarini ko‘rmoqda. Avvalo, tanlangan g‘o‘za navlarini ekish tizimini yanada takomillashtirish hisobiga tolaning sifatini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, jahon paxta bozorida dolzarb sanalgan birlamchi paxtani qayta ishlashda uning iflosligini kamaytirish va tashqi ko‘rinishini xalqaro standart talablariga mosligini ta'minlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Shu maqsadda sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan gidravlik presslarni zamonaviylariga almashtirish, mavjud korxonalarda ISO 9001 standartlarini joriy etish orqali paxta va yog‘-moy mahsulotlari sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Soha korxonalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 25 mln.doll. bo‘lgan 26 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Unga asosan bu yilda 11 ta paxta tozalash va 23 ta yog‘-moy korxonalari modernizatsiya qilinib, texnik va texnologik jihatdan yangilanmoqda.
Shu bilan bir qatorda sohada mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha bir necha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Yog‘-moy korxonalariga keltirilayotgan texnik paxta chigiti sifatini nazorat qilish uchun “Sifat-chigit” markazi tashkil etilib, zamonaviy, yuqori aniqlikdagi uskunalar bilan jihozlandi.

Download 66,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish