Yillarda O’zbekistonda paxta yakkahokimligi Uning dahshatli oqibatlari


O`zbeksitonda paxtachilikni rivojlanishi



Download 66,9 Kb.
bet4/6
Sana20.04.2023
Hajmi66,9 Kb.
#930723
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobiq ittifoq davrida paxta yakkahokimligi va uning salbiy oqibatlari

3. O`zbeksitonda paxtachilikni rivojlanishi
Paxtakorlar va umuman dehqon ommasi turli-tuman soliq va majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lashi shart edi. Ma’muriyat vakillari soliqlarni undirishda adolatsizlik va zo‘ravonlik qilib, belgilanganidan ortiqcha haq olardilar. Ana shu yo‘l bilan ular o‘z boyliklarini tobora oshira borganlar. Natijada ko‘p dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘lib, mol-mulki va yeridan mahrum etilgan. Paxtakorlar orasida ro‘zg‘orini bemalol tebratgan hamda qarzdor bo‘lmagan o‘rta hol xo‘jaliklar soni ozchilikni tashkil qilgan.
Chor hukumati soliq va boshqa to‘lovlardan katta daromad olardi. Masalan, soliqlardan kelgan daromad miqdori 1913 yilda 23 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1916 yilda 33,3 million so‘mga yetadi. Bu o‘sha vaqt uchun katta mablag‘ hisoblanardi.
XX asr boshlarida paxtakorlar bo‘ynidagi qarz pullar miqdori ancha ko‘payib ketgan. Hujjatlarda qayd etilishicha, 1912 yili paxtakorlar davlat va xususiy banklardan hammasi bo‘lib 156 712 ming so‘m qarzdor edilar. Shundan 80979 ming so‘mi Farg‘ona viloyati paxtakorlari zimmasiga tushgan edi.
«Qarzning nihoyatda og‘ir ustama to‘lovlaridan toliqqan, bir necha marotaba aldangan va hisobdan adashtirilgan dehqon, — deb yozadi 1926 yilda nashr etilgan «Ekonomicheskie ocherki xlopkovodstva» kitobi muallifi A. Demidov, — juda achinarli hayot kechirardi. Hisob-kitob vaqtida dehqon olgan qarbini uzgani yoki to‘lay olmaganiga qaramay, baribir qattiq qiynoq ostiga olingan. Qarzlarni undirish faqat mol-mulkini musodara etish bilan chegaralanmagan. Ayrim firmalar o‘zboshimchalik bilan dehqonlarning chorva mollarini tortib olib, o‘z odamlari orqali mollarini bozorda sottirib, pulini kassaga o‘tkazgan. Ba’zi olg‘ir savdogarlar quloq eshitmagan zo‘ravonliklar qilib, qarzdorlarni o‘z omborlariga qamab qo‘yganlar va ularni qarindoshlari sotib olmagunicha yoki qarzini to‘lamagunicha ushlab turishgan. Qarzdorlar, odatda kaltaklangan, qattiq jazolarga tortilgan. Olg‘ir savdogarlar, hatto qarzdorlarning xotinini sotish darajasiga yetganlar. Pirovardida umidlari puchga chiqqan qarzdorlar ishi advokatlar qo‘liga o‘tgan. Advokatlarning butun yurish-turishi, xatti-harakatlari firmada saqlanayotgan dehqon hujjati — «Vasiqa»ga yozib borilgan». Mol-mulkidan mahrum etilgan o‘n minglarcha paxtakorlar qishloq boylariga qarashli yerlarda chorikorlik qilishga majbur bo‘lganlar. Chorikor boy yerini ijaraga olib, hosilning yarmini, hatto undan ortiqrog‘ini unga berishni o‘z zimmasiga olardi. Ijaraga berilgan yerlarda, asosan paxta yetishtirilardi. Chorikorlarning 2 desyatina yerda dehqonchilik qilishga qudrati yetmas edi. U paxtani oila a’zolari ishtirokida yetishtirgan. Bordiyu oila a’zolarining birortasi betob bo‘lib qolsa, u vaqtda chorikorning ahvoli g‘oyatda og‘irlashib, mo‘ljallangan hosilni yetishtira olmaganlar.
Chorikorlarning o‘zlari yetishtirgan hosildan oladigan ulushi bir xil bo‘lmagan. Mabodo, ular boydan yer bilan bir qatorda ish hayvoni, urug‘lik, dehqonchilik qurollarini ham qarzga olgan taqdirda hosilning beshdan uch qismi boyga tekkan. Ustiga-ustak, chorikor qarz pulini va dehqonchilik qurollarini boyga qaytarishi shart edi. Chorikorlar ulushi sakkizdan birdan uchdan ikki qismgacha borgan. Biroq chorikorlarning ko‘rsatilgan shartlarni amalda bajarishga kuchi yetmagan. Bir desyatina yerda paxta yetishtirish uchun sarflangan umumiy xarajat 207,3 so‘mni tashkil etib, shundan 194 so‘m 86 tiyini ijara haqi, qarzning ustama to‘lovi va soliqlarga ketgan. Natijada chorikorning bir kunlik daromadi 9 tiyindan oshmagan. Bu daromad ham bir desyatina yerdan 9 tsentner paxta hosili yetishtirilgan taqdirdagina olingan. Vaholanki, 9 tsentnerdan paxta hosili olish o‘ta mashaqqatli edi.
Dehqonlar qarzga tobora chuqurroq botib, xo‘jaliklari nihoyatda qashshoqlashaverdi. Bu xususda e’tiboringizni bir manbadan olingan quyidagi satrlarga tortaman: «Dehqonning uyi va xo‘jaligi shu darajada xarobki, bunaqa turmushni boshqa joyda ko‘rmaganman. Ro‘zg‘orlarida ikkiuchta temir asboblar va ikki-uchta sopol idish bor, xolos. Uylari burchagida yirtiq, yag‘iri chiqqan bir nechta yostiq-ko‘rpalar pala-partish uyulib yotadi. Dehqonlar qoramtir ko‘kragini qishu-yoz ochiq qoldiradigan yag‘ir ko‘ylak ustidan yirtiq to‘n kiyishadi. Ayollar va bolalar ham yirtiq kiyimlarda yurishadi. Ular mashaqqatli mehnatdan keyin kuch-mador to‘plashlari uchun atala yoki jo‘xori, bug‘doy yoki arpani qatiqqa aralashtirib go‘ja tayyorlab ichishadi. Ular ko‘pincha o‘sha ovqatni tanovul qiladi va mudom mashaqqatli mehnat bilan banddir». Paxta yakkahokimligi ota-bobolarimizni ana shunday kun kechirishga majbur etgan edi.
Paxtachilik tarixining ikkinchi davrida hosili va sifati jihatidan ancha afzalliklarga ega bo‘lgan Amerika paxtasining yangi navlari iqlimlashtirilishi va bu sohada olib borilgan dastlabki ilmiy ishlar katta samara berdi. Biroq paxtachilikdagi jamiki o‘zgarishlar chor hukumati va sarmoyadorlar manfaatidan kelib chiqib amalga oshirilgan edi. Bu davrda paxtadan olingan milliardlab so‘m mablag‘lar chor hukumati, sarmoyadorlar va boshqa yuqori tabaqa vakillarining qo‘liga tushdi, dehqon ahli qul kabi ishladi va ayanchli hayot kechirdi. Chor hukumati tomonidan paxtachilikning jadal rivojlantirilishi xunuk oqibatlar keltirishini XIX asr oxirlaridayoq anglagan jamiyatning ilg‘or guruhlari, xususan ruhoniylar oq paxta o‘zbek xalqi boshiga musibatli kunlar keltirishini bashorat qilgan edilar.
Paxtachilik rivoji, yakkahokimligi chor Rusiyasi boyligiga boylik qo‘shgan bo‘lsa, Turkiston xalqlarining moddiy va ma’naviy jihatdan qashshoqlanishiga olib keldi. Ulkada paxta, ipak va boshqa xomashyolardan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari qurilmadi va u chor hukumatining xomashyo manbaiga aylandi. Bu ham yetmagandek, o‘lka rus sanoati mahsulotlarining bozori bo‘lib qoldi. XIX asrning 60-yillaridan to Oktyabr inqilobigacha Rusiyadan turli gazlamalar va boshqa mollarning ko‘p miqdorda keltirib turilishi mehnatkash ommaning yanada qattiqroq “shilinishi”ga sabab bo‘ldi. Ulkada ming yillardan buyon davom etib kelgan ajoyib hunarmandchilik tarmoqlari, birinchi navbatda to‘qimachilik va bo‘yoqchilik tanazzulga uchradi. Bu hol XIX asrning 80-yillaridayoq ko‘zga tashlangan edi. Masalan, 1885 yilda faqat Toshkent shahrida to‘qimachilik hunarmandchiligi mahsuloti 182700 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, besh yildan keyin 49875 so‘mga tushib qoldi. Keyingi yillarda ahvol badtar yomonlashdi. Chunki o‘zbek paxtasidan Rusiyaga olib ketilib ishlangan gazlamalar mahalliy hunarmandlar to‘qigan gazlamalarni ichki va tashqi bozordan siqib chiqargan edi.
Chor hukumati va sarmoyadorlar mustamlakachilik siyosatini oqsoqollar, paxta tozalovchilar va boshqa bir guruh kishilarga tayangan holda izchillik bilan amalga oshirdi. Bu toifadagi odamlar, ya’ni dallollar o‘z manfaatlari yo‘lida hech narsadan toymadilar. Shu sababdan ular xalq qahr-g‘azabiga uchragan edilar. Bunday muftxo‘rlar xalq qo‘zg‘olonlari vaqtida o‘ldirildi, mol-mulki esa talandi.5



Download 66,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish