Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


Tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 173 Kb.
bet7/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

Tashqi iqtisodiy aloqalar
O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalar 2000 yil 26 mayda qabul qilingan «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida»gi qonun7 bilan tartibga solinadi Qonunga binoan tashqi iqtisodiy faoliyat deganda - O`zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.

O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo`lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishga haqlidir.

O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati:


  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo`l qo`yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o`zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi tamoyillariga asoslanadi.

Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblangan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan, qimmatli qog`ozlar, valutalar va valuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`lib: xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; tashqi savdo faoliyati; chet el inestitsiyalarini jalb qilish; O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan:


  1. tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;

  2. valuta bilan tartibga solish;

  3. soliq bilan tartibga solish;

  4. tarif va notarif tartibga solish;

  5. O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo`llash;

  6. tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o`rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish;

  7. qurol-yarog`lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlar va texnologiyalarga nisbatan eksport nazoratini o`rnatish;

  8. olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash;

  9. texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilash;

  10. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish orqali davlat tomonidan tartibga solinadi.

O`zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida" gi Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanala rivojlantirish va chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xo`jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko`lamda kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 21 oktabr 2002 yildagi «Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to`g`risida»gi Farmoniga binoan O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga aylantirildi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

Agentlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga, shuningdek mazkur organ Nizomiga amal qiladi.

O`zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga ta'sir ko`rsatuvchi takliflar, qarorlarni hamda normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ularni oldindan Agentlik bilan kelishib oladilar.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tizimiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan xo`jalik hisobidagi tashkilotlar, xorijiy davlatlardagi Agentlikka qarashli tashkilotlar bo`lgan savdo va iqtisodiy vakolatxonalar kiradi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:



  • tashqi iqtisodiy faoliyat soxasida yagona davlat siyosati o`tkazilishini ta'minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish,

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbordoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uni jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalash bo`yicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • respublikaning eksport saloxiyotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko`maklashish;

  • mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tovarlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bo`yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

  • O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa xalqaro xuquq subyektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta'minlash;

  • O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy xavfsizligini va iqtisodiy manfaatlari, O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat soxasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini tashkil etish.

Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yuklanadigan va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan. keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi.

Raisning lavozimga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadigan to`rt nafar o`rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o`rinbosari bo`ladi. Ular o`rtasidagi vazifalar Rais tomonidan taqsimlanadi.

Rais Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shaxar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, boshqa o`ziga qarashli muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, uni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.

Rais Agentlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi va Agentlikning o`z funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi, Agentlik faoliyati ayrim yo`nalishlarining yuritilishi uchun Rais o`rinbosarlarining hamda Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari rahbarlarining mas'uliyati darajasini belgilaydi.

Agentlikda Rais (hay'at raisi), Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti boshlig`i (kelishuv bo`yicha), Rais o`rinbosarlari - lavozimiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi - lavozimiga ko`ra, Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlar boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi. Hay'at majlislariga zarur hollarda respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning o`z vakolatlari doirasida O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari taklif qilinishi mumkin.

Hay'at a'zolari soni va uning shaxsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hay'ati o`zining muntazam ravishda o`tkaziladigan majlislarida:

Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shaxar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, o`ziga qarashli kompaniyalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatxonalari, O`zbekiston Respublikasi elchixonalari xuzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati;

Agentlik apparati bo`linmalari rahbarlarini, Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi va uning o`rinbosarini, o`ziga qarashli tashkiltlar rahbarlari va ularning o`rinbosarlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tayinlash;

Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan bog`liq hamda Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ko`rib chiqadi.

Hay'at uning majlisida a'zolarining yarmidan ko`pi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Ko`rib chiqilayotgan masalalar bo`yicha qarorlar oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo`lib qolganda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Agentlik belgilangan tartibda Agentlik tizimining, shu jumladan o`ziga qarashli tashkilotlarning safarbarlik tayyorgarligi bo`yicha tadbirlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati doirasida hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi rahbarligida amalga oshiradi.

Agentlikka qarashli tashkilotlar va bo`linmalar to`g`risidagi ustavlar va nizomlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Agentlikka qarashli tashkilotlarning aksiyadorlik jamiyatlarida, uyushmalarda, qo`shma korxonalarda, konsernlarda va tadbirkorlik (tijorat)ning boshqa shakllarida qatnashishi, shu jumladan yuqorida ko`rsatab o`tilgan subyektlarii ta'sis etishi. shuningdek qo`shimcha daromad manbai olish maqsadida faoliyatning boshqa turlarida qatnashishi Agentlik bilan kelishib olinadi.

Agentlik o`ziga qarashli tashkilotlarning majburiyatlari bo`yicha mulkiy javob bermaydi, bu tashkilotlar esa Agentlikning majburiyatlari bo`yicha javob bermaydi.




Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish