Davlat mulkini boshqarish
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasini tashkil qilish to`g`risida”gi Farmoniga binoan respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlashni ta'minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasining davlat mulkini boshqarish va hususiylashtirish qo`mitasi bilan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki Jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash Davlat qo`mitasi tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni kullab-quvvatlash Davlat qo`mitasi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 martdagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi to`g`risida»gi Nizom asosida olib boradi.
Nizoga ko`ra Davlat mulki qo`mitasining bosh vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida O`zbekiston fukarolarining mulkiy huquqlarini va respublikaning davlat manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash;
ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashda yagona siyosat o`tkazish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, respublikada shahsiy biznesni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ustuvorliklarni belgilash;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash jarayoniga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish;
davlat mulki obyektlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag`larni ustuvor umumdavlat vazifalarini hal etishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga, bozor infrastrukturasini yaratish hamda boshqa maqsadlarga jalb etish;
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda chet el investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, ulardan foydalanishning usul va shakllarini belgilash;
investitsiya banklari, fondlar, konsalting va auditorlik xizmatlar, Xolding kompaniyalari, fond birjalari, ko`chmas mulk birjalari va boshqa bozor tuzilmalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish vositalari, ko`chmas mulk, qiymatli qog`ozlar bozorini yaratish;
aholini, shuningdek, yuridik va jismoniy shahslarni, shu jumladan, horijiy yuridik va jismoniy shaxslarni asosan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish va mehnat jamoasi a'zolariga aksiyalar sotish orqali iqtisodiy islohotlar jarayoniga yanada kengroq jalb etish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida ishlab chiqarish va bsshqaruv tizimlarining monopoliyasini cheklash;
xususiylashtirilgandan so`ng tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashni ta'minlash;
Davlat mulki ko`mitasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat mulki qo`mitasi raisining bir nafar birinchi o`rinbosari va uch nafar o`rinbosari bo`ladi, ulardan biri Davlat mulki qo`mitasi huzuridagi Qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining bosh direktori hisoblanadi.
Davlat mulki qo`mitasida 7 kishidan iborat tarkibda hay'at tuziladi, uning tarkibi rais (hay'at raisi), rais o`rinbosarlari (lavozimiga ko`ra), Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi raisi, shuningdek boshqa rahbar xodimlardan iborat bo`ladi. Davlat mulki qo`mitasi hay'ati a'zolarining shaxsiy tarkibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay'at o`zining muntazam o`tkaziladigan majlislarida mulkchilik munosabatlarini o`zgartirishning, davlat mulkini boshqarish va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashni takomillashtirishning eng muhim muammolarini, shuningdek Davlat mulki qo`mitasi va uning tasarrufidagi tuzilmalarning ishlarini tashkil etish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish masalalarini ko`rib chiqadi. Hay'at qarorlari protokollar bilan rasmiylashtiriladi hamda, qoidaga ko`ra, Davlat mulki qo`mitasi raisining qarorlari va buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |