7§. Bojxona sohasini boshqarish
O`zbekiston Respublikasida bojxona sohasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi qonun va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan 1998 yil 1 martdan kuchga kiritilgan Bojxona kodeksi8ga binoan O`zbekiston Respublikasida O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi. Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O`zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta'minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |