Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


O`zbekiston Respublikasi moliyasi



Download 173 Kb.
bet10/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

O`zbekiston Respublikasi moliyasi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi o`z moliya va pul-kredit tizimiga ega.

Davlat organlarining pul mablag`ini yig`ish va uni sarflash (taqsimlash)ga qaratilgan faoliyati davlatning moliyaviy faoliyati bo`lib hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va Senati birgalikda boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga soladi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi va uning ijrosini nazorat etadi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida O`zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko`maklashadi, yagona narx siyosati o`tkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbol ko`rsatkichlarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O`zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta'minlashni, valuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta'minlaydi. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo`yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo`limlari, davlat sug`urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi. Moliya vazirligi o`z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to`g`ridan-to`g`ri yoki o`zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi.

Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O`zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta'minlaydi. Shu maqsadlarda Moliya vazirligi;

O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valuta va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zahirasini ko`paytirish yo`li bilan O`zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta'minlashga, respublika iqtisodiyotini sog`lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo`naltiradi;

xalq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag` bilan ta'minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;

o`z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar, yo`riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi;

respublika xalq xo`jaligini, O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a'zolik badallari to`lashni valuta bilan ta'minlaydi.

Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini ta'minlaydi, qonun loyihalari bo`yicha moliyaviy xulosa beradi va o`z huquqi doirasiga kiruvchi masalalar bo`yicha qonunchilikni qo`llanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, o`z huquq doirasida idoraviy me'yoriy aktlar chiqaradi.

Moliya vazirligi o`z faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik to`g`ri qo`llanishini ta'minlaydi.



Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta'sir ko`rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o`sishini ta'minlash;

moliya-kredit vositalarining xo`jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;

respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustivor yo`nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma'lum maqsadga yo`naltirilgan yaxlit xalq xo`jaligi dasturlarini mablag` bilan ta'minlash, zarur moliya, valuta rezervlarini tashkil etish;

rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli me'yorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning o`zini o`zi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qo`shib olib borish asosida moliya, sug`urta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;

moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo`nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag`batlantirish tomon yo`naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko`paytirish;

moliya, budjet, valuta va soliqni rejalashtirish va mablag` bilan ta'minlash usullarini takomillashtirish;

auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug`urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo`jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

soliq solish, narx belgilash, sug`urta, valuta-moliya auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilik va me'yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;

moliya, soliq, narx belgilash, sug`urta, valuta auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

Moliya vazirligiga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi. Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o`rinbosarlarga ega bo`ladi. O`rinbosarlar o`rtasidagi vazifalar O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri vazirlikka yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga va Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qilish uchun Vazir o`rinbosarlarining, Vazirlik mustaqil tarkibiy bo`linmalari boshliqlarining mas'uliyati darajasini belgilaydi.

Moliya vazirligi o`z huquq doirasida amaldagi qonunchilik aktlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo`riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda O`zbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, idoralar, shuningdek, o`z huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo`yicha idoraviy bo`ysunishidan qat'i nazar korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar hamda fuqarolar bajarishi majburiy bo`lgan boshqa ko`rsatmalar beradi. Moliya vazirligi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralar bilan birgalikda qo`shma me'yoriy aktlar chiqaradi,

Moliya vazirligida Vazir (rais) va lavozimi bo`yicha vazir o`rinbosarlaridan, shuningdek vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi.


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish