Tarmoqlararo sohalarni boshqarish



Download 173 Kb.
bet14/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

Quyidagilar Davlat soliq qo`mitasining vazifalari hisoblanadi:

O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliq to`lovchilardan soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to`lovlar (keyingi o`rinlarda soliqlar deb yuritiladi) undirish yo`li bilan davlat budjetiga shuningdek O`zbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga hamda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasiga daromadlar to`lik hajmda tushishini ta'minlash;

soliq to`lovchilar tomonidan soliq haqidagi qonunlarga rioya etilishi, soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to`lovlar tugri hisoblab chiqilishi, to`lik va o`z vaqtida to`lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

soliq solish subyektlari va obyektlari to`lik va o`z vaqtida hisobga olinishini ta'minlash, soliq to`lovchilarni to`lik qamrab olish va hisobga olish mexanizmini takomillashtirish;

soliq solish bazasini kengaytirish, soliq sohasida huquq buzilishlarni aniqlash, ularga barham berish va ularning oldini olish bo`yicha kompleks tadbirlar o`tkazish yo`li bilan soliqlar yigilishini ko`paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari tomonidan belgilanadigan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;

soliq haqidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash, soliqlar bo`yicha majburiyatlarni bajarishda soliq to`lovchilarga yordam ko`rsatish;

soliq to`lovchilar bo`yicha alohida-alohida hisoblab chiqilgan va amalda tushgan soliqarning hisobini ma'lumotlarning yagona kompyuter tizimida yuritish, Soliq to`lovchilarning yagona reyestrini yuritish;

soliq organlarida kadrlarni tanlash, ularni o`qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo`yish bo`yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan rais boshchilik qiladi.

Davlat soliq qo`mitasining raisi Davlat soliq qo`mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi, o`z o`rinbosarlarining, Qo`mitaning mustaqil tarkibiy bo`linmalari, bo`ysunuvchi davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi.

Davlat soliq qo`mitasida soliq haqidagi qonun hujjatlarini qo`llashning murakkab va munozarali masalalari bo`yicha qarorlar tayyorlash uchun Ekspert Kengashi tuziladi. Ekspert kengashi to`grisidagi nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert kengashiga Davlat soliq qo`mitasi raisining o`rinbosari rahbarlik qiladi.

Davlat soliq qo`mitasida va davlat soliq xizmatining unga qarashli organlarida davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta'minlash maxsus jamgarmasi tashkil etiladi. Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta'minlash maxsus jamgarmasi to`grisidagi nizom Davlat soliq qo`mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Davlat soliq qo`mitasi ilmiy tadqiqotlar, Kadrlar tayyorlash va soliq xizmati xodimlari malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va o`quv markazlari tashkil etishi, noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, shuningdek, xo`jalik hisobidagi maslahat va axborot markazlari tashkil etishi mumkin.

Davlat soliq qo`mitasiga aholi o`rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun o`zining bosma organlarini ta'sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.

Davlat soliq qo`mitasida zaruriyat bo`lganda ajratilgan budjet mablaglari limiti va Davlat soliq organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta'minlash jamgarmasi mablaglari doirasida belgilangan tartibda soliq organlari ma'muriy binolarini ko`rish bo`yicha buyurtmachi tashkilot, avtotransport, axborot-hisoblash bo`linmalari hamda davlat soliq xizmati organlari faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo`lgan boshqa bo`linmalar tashkil etilishi mumkin.

Davlat soliq qo`mitasida 11 kishidan iborat hay'at tashkil etiladi. Rais, lavozimi bo`yicha raisning birinchi o`rinbosari va rais o`rinbosarlari, shuningdek, Davlat soliq qo`mitasi raisining taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa rahbar xodimlar hay'at a'zolari hisoblanadi.

Davlat soliq qo`mitasi Hay'ati soliq haqidagi qonunlarga rioya etish holatining, soliq xizmati faoliyatining eng muhim masalalarini, O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisining buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini, Kadrlar masalalarini ko`rib chiqadi, davlat soliq xizmati organlarining o`ziga bo`ysunuvchi xodimlari hisobotlarini eshitadi.

Hay'at majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarning soliq haqidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi masalalari bo`yicha axborotlari va tushuntirishlari eshitilishi mumkin.

Hay'at qarorlari Davlat soliq qo`mitasi raisining tegishli qarorlari va buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.




1 “O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami”, 2002 yil, 24-son

2 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 №12, 219-m.

3 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993, №1, 38-m.

4 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 №2, 46-m

5 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 №2, 48-m.

6 O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 №2, 50-m.

7 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 №5-6, 148-m.

8 O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. Toshkent, Adolat, 1998.

9 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 230-m.

10 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 №5-6, 54-m.

11 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 №12, 247-m.

12 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 №9, 232-m.

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish