Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish



Download 173 Kb.
bet6/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish

O`zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan “Standarlashtirish to`g`risida”gi4, “Metrologiya to`g`risida”gi5 va “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi6 qonunlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta'minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi O`zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi ("O`zdavstandart") O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligiga aylantirildi.

O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish "O`zstandart" agentligi o`z vakolatlari doirasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish bo`yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va uni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni amalga oshiruvchi O`zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi xisoblanadi, ushbu soxalardagi ishlarni amalga oshirishning umumiy qoidalarini belgilaydi.

"O`zstandart" agentligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalarga hamda Nizomga amal qiladi.

"O`zstandart" agentligi O`zbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha milliy organi hisoblanadi hamda o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

"O`zstandart" agentligi o`z faoliyatini joylardagi davlat boshqaruvi va hokimiyati boshqa organlari, xo`jalik birlashmalari hamda yuridik shaxslar va jamoat tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

"O`zstandart" agentligi o`ziga yuklangan vazifalarni bevosita, shuningdek "O`zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan ular to`g`risidagi nizomlar asosida o`z faoliyatini amalga oshiradigan o`ziga bo`ysunuvchi hududiy organlar orqali hal etadi.

"O`zstandart" agentligi, uning hududiy organlari, uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va korxonalar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkroditatsiya qilish, mahsulotlar va xizmatlar sifatini boshqarish soxasidagi O`zbekiston Respublikasi davlat. boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil qiladi.

"O`zstandart" agentligi:



  • O`zbekiston Respublikasi hududidagi, mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, barcha jismoniy shaxslar va xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan "Standartlashtirish to`g`risida", "Metrologiya to`g`risida", "Maxsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida", "Oziq-ovqat maxsulotining sifati va xavfsizligi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi boshqa qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning bajarilishi hamda ularga amal qilinishi ustidan nazoratni ta'minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • o`tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • standartlashtirish bo`yicha ishlarni amalga oshirishning, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan o`zaro hamkorligi shakllari va metodlari umumiy qoidalarini belgilash;

  • xalqaro standartlar bo`yicha ma'lumotlarning yagona axborot bazasini yaratish, standartlarni va texnik shartlarni, etalonlarni va fizik hajmlar birliklarini belgilash va ulardan foydalanish;

  • majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlar va xizmatlarning yangi ro`yxatini, ularni har yili yangidan paydo bo`lgan maxsulotlar va xizmatlar turlarini, shuningdek joriy etilayotgan yangi texnologiyalar va materiallarni hisobga olgan xolda. tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

  • mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish xamda unga rioya etilishini nazorat qilish;

  • zamonaviy davlat standartlari va etalonlarini ishlab chiqish va ularni xalqaro tizimlar bilan uyg`unlashtirish;

  • Sertifikatlangan maxsulotlar, sifatni boshqarish tizimlari, sertifikatlash bo`yicha akkreditatsiya qilingan organlar, sinov laboratoriyalari (markazlari), sifat bo`yicha ekspert-auditorlar davlat reyestrini, yuritish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini va ularni tayyorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish;

  • turdosh mahsulotlar standartlarini ishlab chiqish bo`yicha tarmoq tuzilmalarini tashkil etishga ko`maklashish, ular faoliyatiga ilmiy-metodik rahbarlikni va nazoratni ta'minlash;

  • standartlashtirish tizimlarining faoliyat ko`rsatishini va rivojlanishini ta'minlash, o`lchovlar birligini sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va ushbu soxalardagi ilmiy-texnika axborotlari yagonaligini, shuningdek ularni chet mamlakatlarning xalqaro (mintaqaviy) va milliy tizimlari bilan uyg`unlashtirishni ta'minlash;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatiga va xavfsizligiga bo`lgan talablarga rioya etishni xamda o`lchashlarning noto`g`ri natijalari salbiy oqibatlarini nazorat qilish soxasida iste'molchilar huquqlarini va davlat manfaatlarini ximoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • shtrixli kodlashtirish tizimini joriy etish bo`yicha yagona siyosatni amalga oshirish xamda O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarning Davlat reyestrini yuritish;

  • standartlar va texnik shartlar talablariga rioya etilishini, sertifikatlashtirish o`lchovlari va qoidalarining yagonaligi ta'minlanishini, sertifikatlashtirilgan maxsulotlarni, shuningdek metrologik ta'minlash qoidalariga va yagonaligiga rioya etilishini nazorat qilish;

  • ishlab chiqarilayotgan spirt va alkogolli mahsulotlarning sifatini, saqlanishini, tashilishini va sotilishini nazorat qilish;

  • ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda axborot resurslarini va standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni sifati, klassifikatsiyalash, kodlashtirish, shu jumladan shtrixli kodlashtirish infratuzilmasini shakllantirish;

  • fizik birliklar etalonlarini o`lchash, saqlash va tegishli darajada saqlash yagonaligini va ishonchliligini ta'minlash, davlat metrologiya xizmati va etalon bazasini rivojlantirish, eng yuqori aniqlikdagi o`lchovlarning yangi metodlari va vositalarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish, o`lchash, nazorat qilish va sinash metodlari va vositalarini standartlashtirish;

  • mahsulotlar va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirishning zamonaviy tizimini tashkil etish

"O`zstandart" agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida uning mansabdor shaxslari xo`jalik yurituvchi subyektlar hududiga kirish, shuningdek zarur hujjatlar va axborotlardan foydalanish huquqiga zgadirlar.

"O`zstandart" agentligi o`z faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va jamoat tashkilotlari bilan bevosita hamkorlik qiladi,

"O`zstandart" agentligini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh direktor boshqaradi.

"O`zstandart" agentligi bosh direktorining O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o`rinbosari bo`ladi.

Bosh direktorga va Bosh direktor o`rinbosarlariga ayni bir vaqtda lavozimiga ko`ra Standartlar va o`lchovlarning yagonaligini nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektori va davlat bosh inspektorining o`rinbosarlari vazifalari yuklanadi.

"O`zstandart" agentligida tarkibida Bosh direktor, uning o`rinbosarlari, shuningdek markaziy apparatning boshqa yuqori malakali rahbar xodimlari bo`ladigan 7 kishidan iborat hay'at tuziladi. Hay'atning shaxsiy tarkibi (uning tarkibiga lavozimiga ko`ra kiruvchi shaxslardan tashqari) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan xolda "O`zstandart" agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

"O`zstandart" agentligining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi lududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boshliqlari lavozimiga ko`ra ayni bir vaqtda tegishli ravishda Qoraqallog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida standartlar va o`lchovlar yagonaligi ustidan nazorat bo`yicha davlat bosh inspektorlari, ularning o`rinbosarlari esa - tegishli hududiy bosh inspektorlarning o`rinbosarlari hisoblanadilar.

Hududiy boshqarmallr boshliqlarining o`rinbosarlari va bosh buxgalterlari "O`zstandart" agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

"O`zstandart" agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda bo`limlarining zimmasiga davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan boshliqlari, ularning o`rinbosarlari, mutaxassislari lavozimiga ko`ra ayni bir vaqtda standartlar va o`lchovlar yagonaligi ustidan nazorat bo`yicha davlat inspektorlari xisoblanadilar.

Standartlar va o`lchovlar yagonaligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar davlat inspektori yoki davlat ishonchli vakili sifatida "O`zstandart" agentligi tomonidan belgilanadigan tartibda atgestatsiyadan o`tkazilishi kerak.

"O`zstandart" agentligi yuridik shaxs xisoblanadi, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida xisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga ega bo`ladi.

"O`zstandart" agentligi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatiny mablag` bilan ta'minlash budjet mablag`lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa mablag`lar hisobiga amalga oshiriladi.


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish