Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari.
Reja:
1. Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari.
2.Sifatni boshqarish darajalari. Sifatni boshqarish tamoyillari va funksiyalari. Sifatni boshqarish usullari tasnifi.
Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari.
Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. (1.-rasm)
O‘lchash usuli
|
|
hisoblash usuli
|
|
ma’lumotlar manbalari bo‘yicha
|
|
Organaleptik usul
|
|
Ro‘yxatga olish usuli
|
An’anaviy usul
|
|
ekspert usuli
|
|
ijtimoiy usul
|
1– rasm. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi.
O‘lchash usuli texnik o‘lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan. O‘lchash usuli yordamida mahsulotning og‘irligi, bo‘yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog‘lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og‘irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Organoleptik usul – sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, ko‘zga tashlanuvchanligini baholashda qo‘llaniladi.
Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o‘tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo‘li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko‘rsatkichi, huquqiy patent ko‘rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma’lumot manbalariga qarab sifat ko‘rsatkichlari an’anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo‘linadi.
An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo‘liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo‘lmaydigan ba’zi sifat ko‘rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba’zi ergonometrik va estetik ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |