Bog'liq Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarishning metodologik asoslari
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potensial iste’molchilariga tayanadi. Iste’molchilarning fikri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, so‘roq qilish yoki maxsus so‘roq anketalari orqali, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differensial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differensial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko‘rsatkichlarini tegishli bazis ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya’ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko‘rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi. Har bir ko‘rsatkich uchun baholanayotgan mahsulotning nisbiy sifat ko‘rsatkichlari quyidagi formulalar orqali aniqlanadi: Qi=Pi/Pibaz (1) Qi=Pibaz/Pi (2)
Bu erda Ri – baholanayotgan mahsulot i-sifat ko‘rsatkichining miqdoriy qiymati; Ribaz-taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning i-sifat ko‘rsatkichining miqdoriy qiymati. (1) formula sifat ko‘rsatkichining absolyut jihatdan ortishi mahsulot sifatining yomonlashuviga olib keladigan holatlarda qo‘llaniladi. Ba’zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko‘rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko‘rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo‘lgan barcha nisbiy ko‘rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo‘lmagan ko‘rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko‘rsatkichlaridan past emasligini ko‘rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin. Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko‘rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo‘lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko‘ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko‘rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko‘rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko‘rsatkichini ob’ektiv topishdadir. Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko‘rsatkichlari bilan e’tiborga olinayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflash imkoniyati bo‘lgan barcha holatlarda quyidagi funksional bog‘liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog‘liqlikning ko‘rinishi turlicha bo‘lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko‘rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri qabul qilinadi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differensial va kompleks usullari har doim ham qo‘yilgan masalalarni echishga imkon beravermaydi. Sifat ko‘rsatkichlarining keng nomenklaturasiga ega bo‘lgan murakkab mahsulotni baholashda, differensial usul yordamida aniq xulosa chiqarib bo‘lmaydi, faqatgina kompleks usulni qo‘llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa-xususiyatlarini ob’ektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko‘rsatkichlaridan differensial va kompleks baholash usulini qo‘shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi.