Tarmoqlararo sohalarni boshqarish



Download 173 Kb.
bet9/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

Bojxona ishi - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o`tish, boj to`lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir. Bojxona ishi O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo`shlig`i bojxona hududini tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo`lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari - O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi

O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to`g`risida”gi qonuni9ga binoan O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari - davlat bojxona xizmati organlaridir. Bojxona organlari:


  • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;

  • O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o`z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydi;

  • bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

  • bojxona to`lovlarini undiradi;

  • bojxona nazoratidan o`tkazilishi kerak bo`lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o`tkazilishini ta'minlaydi;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini oladi, uni aniqlaydi va chek qo`yadi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritadi;

  • O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismdan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlaydi.

Davlat bojxona xizmati organlariga rahbarlikni O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi amalga oshiradi.

Davlat bojxona qo`mitasi bojxona ishini tashkil qilishni yaxshilash, yagona bojxona siyosatini o`tkazish, respublika bojxona organlarining tezkorligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashda ularning rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasini tashkil qilish to`g`risida"gi 1997 yil 8 iyuldagi Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi Bosh bojxona boshqarmasining negizida O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi tashkil qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari:


  1. respublika bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

  2. respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, belgilangan vakolatlar doirasida mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, bojxona qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilib borish;

  3. bojxona ishlarini amalga oshirish chogida fuqarolarning, shuningdek, yuridik shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

  4. O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida bojxona nazoratini ta'minlash, shu chegara orqali tovarlar va transport vositalari o`tishini tezlashtirishga imkon beradigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish;

  5. kontrabandaga, bojxona qonunchiligini buzishlarga qarshi kurash, narkotik moddalar, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog, valuta boyliklari, milliy boylik hisoblanuvchi badiiy, madaniy-tarixiy va arxeologik meros buyumlari, aqliy mulk obyektlari respublikaning bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda olib o`tilishiga chek qo`yish;

  6. savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning bojxona vositalarini qo`llash, boj haqi, soliqlar hamda boshqa bojxona to`lovlarini undirib olish;

  7. xorijiy davlatlarning bojxona organlari bilan, bojxona ishi masalalariga mutasaddi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida ishtirok etish, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta'minlash;

  8. tashqi iqtisodiy faoliyatga oid bojxona statistikasi va tovar nomenklaturasini yuritish;

  9. bojxona ishi sohasidagi faoliyat to`g`risida axborot to`plash hamda unga ishlov berish borasidagi avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqish va joriy etishdan iboratdir.

Bojxona organlari o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat boshqaruvining boshqa organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari bilan hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar bojxona nazoratini amalga oshirish hamda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga qarshi kurashda bojxona organlariga ko`maklashishlari shart. Bojxona organlari o`z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa organlar va tashkilotlar bilan aniqlangan huquqbuzarliklar bo`yicha mavjud materiallar to`g`risidagi axborotni, shuningdek boshqa axborotni qonun hujjatlarida va bitimlarda belgilangan tartibda o`zaro almashadilar.

Bojxona organlari o`z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma uchun majburiy tusdagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan kelishilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo`l qo`yadilar.


Moliya va kredit sohasini boshqarish



Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish