2 ma’ruza: Mamlakatimizda sovutgichli omborlarning faoliyati va istiqbollari



Download 0,68 Mb.
bet1/6
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#553456
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DIPLOM ISHI MAVZUSI

2 – ma’ruza: Mamlakatimizda sovutgichli omborlarning faoliyati va istiqbollari Reja:

    1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning zamonaviy holati

    2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarining asosiy terminlari va tavsifi



Adabiyotlar: 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8



Tayanch so‘z va iboralar: vaqtinchalik saqlash omborlarida, mahsus sovutish kameralari yordamida, faol muzlatilgan meva-sabzavotlarni saqlash, burt, Handak, ombor, sovutgich, muzlatgich.


    1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashning zamonaviy holati

Meva-sabzavotchilikni barqaror rivojlanishida mahsulot yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash, mahsulotni qayta ishlash va saqlashning zamonaviy usullarini joriy qilish bugungi kunda oziq-ovqat tanqisligini oldini olish imkonini yaratadi.
Ma’lumki, yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini iste’molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borishigacha bir qator texnologik jarayonlardan o‘tadi. Quyidagi 1-jadvalda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga yetkazish bosqichlari keltirilgai.
1-jadval
Respublikada meva-sabzavot mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga

yetkazish bosqichlari


Yuqorida keltirilgai ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda meva- sabzavotlarning 20-30% saqlanmoqda, 10% qayta ishlanmoqda va yigpishtirib olingan mahsulotlarning 30-40%gina iste’molchigacha yetib borya’ti xolos. SHu sababli, meva- sabzavotlar ni faqatgina nobud bo‘lishini oldini olish bo‘yicha emas, balki, ekiladigan maydonlarni kengayishi va olinadigan yalpi hosilning ortib borishi ham bu soha mutaxassislari oldiga katta vazifalarni yuklaydi. Buning uchun birinchi navbatda ekiladigan navlarning selektsiyasiga va agrotexnik ishlov berish jarayonlariga katta e’tibor berilashi lozim. Meva-sabzavotlar pishib yetilishi bilan ularni o‘z vaqtida yigpishtirib olish va kerakli keyingi bosqichlarga o‘z vaqtida yetkazish yaxshi natija beradi. Yetishtirilayotgan meva- sabzavotlarni iste’molchilarga yetkazishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

  • yangi uzulgan holda bozor va su’ermarketlarga yetkazish;

  • saqlash:

  • vaqtinchalik saqlash omborlarida;

  • mahsus sovutish kameralari yordamida;

  • faol muzlatilgan meva-sabzavotlarni saqlash.

  • qayta ishlash:

  • mahsulotlarni quritish;

  • turli xil konserva mahsulotlari, sharbatlar, kontsentratlar, murabbolar, gazakbob va sirqalangan mahsulotlarni tayyorlash.

Ma’lumki, meva va sabzavotlarni saqlashda Respublikamiz aholisi katta tajribaga va uzoq tarixga ega. Bugungi kunda meva va sabzavotlarni saqlashning quyidagi usullari mavjud:

  • tabiiy usulda saqlash: bunda mahsulotlar turli xil yerto‘la va o‘ralarda saqlanadi, bunday usulda saqlashdagi jarayonni nazorat qilish imkoni bo‘lmaydi,

ya’ni bu holda mahsulotlar atrof-muhit harorati va namligiga bog‘liq bo‘ladi;

  • sun’iy usulda saqlash: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sun’iy usulda saqlashda mahsulotlar maxsus loyihalashtirilgan binolarda saqlanadi.

Bugungi kunda dunyo bozoridagi saqlanib, iste’molga chiqariladigan mahsulotlarning kariyib 80%dan ortig‘i sun’iy usulda saqlangan mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda binolardagi sovutish kameralarida maxsus jihozlar yordamida meva va sabzavotlarni yangi uzilgan ko‘rinishdagi holatini ta’minlab beruvchi muhit yaratiladi va ushlab turiladi. Qishoq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashning asosiy maqsadi xom ashyoning pishib yetilgunga qadar to‘’lagan barcha inson organizmi uchun foydali bo‘lgan moddalarini saqlab qolish va iste’molchiga yetkazishdir. Meva va sabzavotlarni saqlash jarayonida ular tarkibidagi foydali ozuqa moddalarni yo‘qolishining bir necha asosiy sabablarini ko‘rsatish mumkin, ular quyidagilardan iborat:

  • xom ashyo sifatining pasayishi va moddalarning yo‘qolishi:

  • yetishtirish va agrotexnik ishlov berish sharoitiga bog‘liq omillar, hosilni yigpishtirish usullari va sharoitining buzilishi, turli xil kasalliklar (mikroorganizm, ‘arazitlar) ta’sirida ular tarkibining o‘zgarishi, turli xil jonzotlar tomonidan xom ashyoni kemirilishi;

  • meva va sabzavotlarning nafas olish jarayonlari natijasida va namlikning yo‘qotilishi natijasida sifatining pasayishi.

Bugungi kunda fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan meva va sabzavotlarning sifatini maksimal darajada saqlab qolishning bir qancha zamonaviy texnologiyalari yaratilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bunday uslublarning asosiylari quyidagilarni tashkil etadi:

  • meva va sabzavotlardagi yo‘qotishlarni pasaytirish omillari:

  • saqlash kamerasining haroratini pasaytirish;

  • sovutish kamerasidagi nisbiy namlikni optimallashtirish;

  • sovutish kamerasidagi havo tarkibini o‘zgartirish.

Meva va sabzavotlarning hosilini yigpishtirib olish va ularni saqlash paytidagi jarayonlarni quyidagicha tushuntirish mumkin. Mevalarni o‘sish davrida ular karbonat angidrid gazi bilan nafas olib, fotosintez jarayoni natijasida kerakli moddalarni to‘’laydi (1- rasm).
Meva va sabzavotlar yigpishtirib olingandan keyin esa bu jarayonning aksi boshlanadi, ya’ni ular havo tarkibidagi kislorodni yutishi natijasida, karbonat angidrid gazi, namlikni ajralishi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralishi kuzatiladi.


Meva-sabzavotlar tarkibidagi kechadigan bunday jarayonlar metobolizm yoki keksarshi jarayoni deb ataladi (2-rasm).


1-rasm: Mevalarni o‘sish davrida kechadigan jaryonlar



2-rasm: Mevalarni yigpishtirib olingandan keyin kechadigan jaryonlar


Qishloq xo‘jaligidagi saqlash va qayta ishlash mutaxassislarining asosiy maqsadi yuqorida qayd etilgan metabolizm jarayonlarini oldini olish bilan xom ashyo tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolishdir Buning uchun mutaxassislardan katta bilim talab etiladi. Negaki, saqlash omborlariga joylashtirilayotgan har bir meva yoki sabzavot uchun ularni kimyoviy tarkibidan kelib chiqqan holda yondashish zarur.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki meva yoki sabzavotlarni saqlash haroratlari turli xil bo‘lishidan tashqari, ularni bir kamerada saqlash ham tavsiya etilmaydi. Buning sababi shundaki, mahsulotlarni saqlash paytida gaz ajralib chiqadi (gazni mutaxasisslar etilen gazi deb atashadi), bunda bitta mevadan ajralib chiqqan gazga ikkinchi meva chidamsiz bo‘lishi mumkin, natijada mahsulotning saqlash muddati pasayib ketadi (2-jadval).
2-jadval Meva va sabzavotlarni saqlashdagi texnologik rejimlar va ularning tahminiy
saqlanish muddatlari


Mahsulot

Saqlashdagi optimal
harorat, 0C

Optimal nisbiy
namlik, %

Etilen ajralib
chiqishi '

Etilenga ta’sirchanlik
'

Taxminiy saqlash
muddati '

Olma

1 +4

90 – 95

Kuchli

Ha

1-2 oy

O‘rik

-1

90 – 95

Kuchli

Ha

1-3 hafta

Behi

-1

90 – 95

Kuchsiz

Ha

2-3 oy

Uzum

-1

90 – 95

Juda
kuchsiz

Ha

2-8 hafta

Gilos

0 +2

90 – 95

Juda
kuchsiz

Yo‘q

3-7 kun

Anor

5 +5

90 – 95

Juda
kuchsiz

Yo‘q

2-8 oy

Nok

-1

90 – 95

Kuchli

Ha

2-7 oy

SHaftoli

-1

90 – 95

Kuchli

Ha

2-4 hafta

Kartoshka

7 +10


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish