2 ma’ruza: Mamlakatimizda sovutgichli omborlarning faoliyati va istiqbollari



Download 0,68 Mb.
bet4/6
Sana15.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#553456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DIPLOM ISHI MAVZUSI

Muvaqqat omborlar. O‘zbekistonda muvaqqat omborlar-uyum va handaqlarda kartoshka va ildizmevalar (sabzi, sholg‘om, tur’ va boshqalar) saqlanadi. Bunday omborlarda sabzavotlarni saqlash eng arzon, oddiy va hammabo‘ usul bo‘lib, qurilish jihozlari hamda materiallari talab qilmaydi. Shu bilan birga, muvaqqat omborlarda sabzavotlarni saqlashning bir qator kamchiliklari ham bor. Bunda barcha ishlarni amalga oshirish ob-havo sharoitiga bog‘liq bo‘lib, saqlanadigan mahsulotni nazorat qilish ancha qiyinlashadi. Shu sababli mahsulotlarning ancha ko‘p qismi nobud bo‘ladi.
Handaq va uyumlar saqlanadigan mahsulotni ishlatish maqsadiga ko‘ra, ya’ni oziq-ovqatga ishlatiladigan mahsulotlar aholi punktiga, urug‘liklar esa ekiladigan dalaga, yem-xashak maqsadida foydalaniladiganlari esa fermaga yaqin joyga joylashtiriladi. Ularni joylashtirishda uchastkaniig relefi, shamolning yo‘nalishi, yer osti suvlarining chuqurligi va tuproqning mexanik holati hisobga olinadi.
Uyum va handaqlar uchun quruq, balandroq tekis bo‘lgan joy tanlanadi. Bunda yer osti suvlari uyum va handaq tagidan 1 metr dan ziyod chuqurlikda bo‘lishi lozim. Tuproqning mexanik tarkibi qumoq bo‘lgani ma’qul. Uyum va handaq tayyorlaydigan joyning yuza qismida o‘simlik qoldiqlari va boshqa organiq qoldiqlar bo‘lmasligi lozim. Agar o‘tgan yilgi uyum va handaqlar joylashgan joylarda yana mahsulot saqlashga to‘g‘ri kelsa, u joylar tekislanib 1 m2 maydonga 500 g hisobidan so‘ndirilmaganohak bilan zararsizlantiriladi. So‘ngra yer 30-35 sm chuqurlikda haydalib, donli ekinlar ekiladi. Ekin yigpishtirilgandan so‘ng bu joyga uyum va handaqlar ishlanadi.
Uyum va handaqlarning sig‘imini aniqlashda mahsulotning hajm birligidagi massasini handaq va uyumning foydali hajmiga ko‘paytirish lozim. Uyum va handaq tayyorlashda avtomashina yuradigan kenglikdagi yo‘laklar qoldiriladi. Yo‘laklar har juft uyum yoki handaqlar orasidan eki ularning bosh qismida qoldiriladi.


1-rasm Muvaqqat omborlarning tuzilishi va sabzavotlarni joylash



Uyum va handaqlar kuz va bahor vaqtlarida quyosh nuri va qish vaqtida sovuq shamoldan kam ta’sirlanishi uchun iloji boricha uzunasiga sharqdan g‘arbga qarab joylashtiriladi.
Kartoshka, sabzavot va mevani saqlashga mo‘ljallangan statsionar omborlar quyidagi asosiy tavsiflariga ko‘ra ajratiladi: vazifasi; sig‘imi; rejasining tuzilishi; qurilish – konstruksiyasining o‘ziga xosligi; saqlash sharoitlarini boshqarish tizimi; mahsulotni saqlash usuli; yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashganlik darajasi; iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Statsionar omborlar vazifasiga ko‘ra kartoshka-, ildizmeva-, karam-, piyoz-, mevani saqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turli mahsulotni uzoq muddat birgalikda saqlash noqulayliklar tug‘diradi, chunki ularning saqlash shartlari va joylashtirish usuli turlicha bo‘lishi mumkin.


Tabiiy shamollatishda havo harakati prinsipi issiqlik konveksiyasi qonunlariga asoslangan. Bunda qizigan havo yuqoriga, sovuq havo esa pastga harakatlanadi, natijada tortish kuchi hosil bo‘ladi. Ombor ichidagi va tashqaridagi harorat o‘rtasida farq qancha katta bo‘lsa, havoning tezligi va bosimi shunchalik katta bo‘ladi. Tabiiy shamollatish tizimi havo kiruvchi va chiquvchi quvurlardan tashkil to‘gan.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish