2 – rasm. Omborni shamollatish tizimlari sxemasi:
a – tabiiy shamollatish;
Havo kiruvchi quvurlar yog‘ochdan (tashqi tomoni qora mum va qora qog‘oz yoki boshqa himoyalovchi material bilan qo‘langan), asbosementli quvurlardan yoki zanglamaydigan tunukadan tayyorlanadi. Havo kiruvchi quvurlar omborning yon devorlariga tashqi tomondan o‘rnatiladi va og‘zi berkitish moslamasi bilan jihozlanadi.
Havoni chiqarish quvurlari ombor tomida o‘rnatiladi va qor va yomg‘irlarning kirishidan himoyalovchi soyabonlar bilan jihozlanadi.
Havo chiqarish quvurlarida kondensatsiya natijasida suv tomchilarining paydo bo‘lishidan himoyalash maqsadida quvurlar ikki qatlamli, oralig‘i issiqlik izolyasiyalash materiali (kigiz, shisha tolali paxta, penoplast va h.k.) bilan sovuq o‘tmaydigan qilib tayyorlanadi.
Majburiy shamollatish tabiiy shamollatishdagi mavjud barcha kamchiliklarni
bartaraf etadi, chunki bu holatda omborda havoning almashinishi uchun issiqlik konveksiyasi o‘rniga ventilyatorlardan foydalaniladi. Omborga ventilyatorlar yordamida beriladigan havoning miqdorini boshqarish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘z navbatida saqlash rejimlarini yaratish sharoitlarini yuzaga keltiradi. Odatda majburiy shamollatish usulidan o‘rta va yirik hajmli omborxonalarda foydalaniladi, bu holatda omborga yuborilayotgan havo ventilyatorlar yordamida hosil qilingan bosim ostida tortish quvurlari orqali omborlan chiqarib yuboriladi. Hajmi o‘ta yirik omborlarning havoni tortish quvurlarida havo aylanishini yaxshilash maqsadida ventilyatorlar o‘rnatiladi. Quzgi, bahorgi davrlarda bir soat vaqt ichida majburiy shamollatish 20...30 marotaba, qishqi davrda esa 10...15 marotaba havoni almashinishini ta’minlashi lozim, chunki bu davrga kelib ombordagi harorat rejimi barqarorlashadi.
Faol shamollatish usulida havo butun uyum bo‘ylab pastdan yuqoriga qarab yo‘naltirilishi munosabati bilan saqlanayotgan mahsulot miqdorini oshirib, ombor hajmidan foydalanish koeffitsientini ko‘paytiradi. Faol shamollatishda mahsulotni uyum holida joylashtirishda uyumning balandligi mahsulotning mexanik chidamligidan kelib chiqib belgilanadi, masalan kartoshkani saqlashda uyum balandligi 6 metrgacha etishi mumkin.
Faol shamollatiladigan omborlar hajmidan foydalanish koeffitsienti eng yuqori bo‘lgan omborlar hisoblanishadi, shuning uchun ulardan sabzavot va kartoshkani saqlashda keng foydalaniladi.
Faol shamollatishning asosif afzalligi mahsulotni tez sovutish va belgilangan haroratni saqlab turish qobiliyatidir. Sovutish tezligi ombor joylashgan hududning iqlim sharoitlariga, saqlash ob’ektlarining xususiyatlariga, havoni tarqatish tizimi qurilmasiga va berilgan havo miqdoriga bog‘liq.
Faol shamollatish tizimi uzatilayotgan havoning solishtirma ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi, ya’ni bir soatda bir tonna mahsulotga yuborilayotgan havo miqdori bilan. Ba’zi bir sabzavotlar uchun faol shamollatishning asosiy ko‘rsatkislari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Faol shamollatishning asosiy ko‘rsatkichlari
Mahsulot turi
|
Uyum balandligi,
m
|
Uzatilayotgan havoning solishtirma miqdori,
m3/(t*soat)
|
Qish mavsumida ventilyatorlarning ish rejimi
|
Kartoshka,
lavlagi
|
4...5
|
60...80
|
sutkada 4...6 marotaba, 30
minutdan
|
Sabzi
|
2...3
|
60...80
|
≈
|
piyoz
|
2...3
|
70...100
|
sutkada 2...3 marotaba, 40
minutdan
|
Karam
|
2...3
|
100...120
|
sutkada 5...6 marotaba, 40
minutdan
|
Mevalarni saqlash texnologiyasi. Olmani saqlash texnologiyasi. Odatda olma daraxtining pastki shoxlaridan yig‘ilgan mevalar yaxshi saqlanadi. Shu sababli ular alohida terib olinadi va saqlashga ham alohida joylanadi.
Oliy va birinchi navli olmalar uzoq muddatga, ikkinchi va uchinchi navli olmalar 2–3 oy saqlashga qo‘yiladi. Ular yashik, karton quti va kontenerlarda saqlanadi. Mevalarni kontenerlarda saqlash omborning 1 m3 hajmidan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Bunda 1 m3 foydali hajmda mevalar yashiklarda saqlanganda uning zichligi 250–300 kilogramm, kontenerlarda 400 kilogrammni tashkil qiladi.
Olmani saqlashda ularni polietilen kleyonkalarga joylashtirish keng qo‘llanilmoqda. Bunda sig‘imi 1–3 kilogramm polietilen xaltachalardan foydalaniladi. Bunday xaltachalar ichida 1,5–2 oy ichida kislorodning miqdori 14–16% ga, karbonat angidrid esa 5–7% ga etadi.
polietilen xaltachalarni omborga joylashtirgach, ularning og‘zi ikki-uch kun ochib qo‘yiladi olma sovitilgandan so‘ng ularning og‘zi yo‘iladi. polietilen xaltachalar kontenerlarga joylashtirilgan holda omborlarga joylashtiriladi.
Olmani saqlashda polietilendan yasalgan kontenerlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda 600–800 kg meva sig‘adigan kontenerlar qo‘llaniladi. polietilendan yasalgan kontenerlarga gaz muhitini boshqarish uchun maxsus tuynuklar qo‘yiladi.
Olma navining xilma-xilligi uni saqlashni ancha mushkullashtiradi. Chunki har bir nav uchun ma’lum saqlash tartibi talab qilinadi. Saqlash davrida olmani ko‘zdan kechirib turish kerak. Olma joylashtirilgan yashiklar har oyda bir ikki marta qarab chiqiladi. Saqlanadigan olmada nuqson bo‘lsa, ular qaytadan sortlarga ajratiladi.
Nokni saqlash texnologiyasi. Nokning saqlashga chidamli navlarini 4–5 oy, kuzgi navlarini esa 1,5–2 oy saqlasa bo‘ladi. Nok olmaga nisbatan tez urinib qoladi, shu sababli uni uzishda va yashiklarga joylashda ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi.
Nok odatda pishib etilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. Yashiklar tagiga qog‘oz yoyib qo‘yiladi, qog‘ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yo‘iladi. Qog‘oz ustiga qirindi se’iladi yoki karton yo‘iladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin. Yashiklar xuddi olma singari taxt qilib qo‘yiladi.
Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300–350 kilogrammli kontenerlarda saqlanadi.
Nokni saqlashda harorat 1–2C gacha bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Ko‘pincha bu haroratda o‘ta kech’ishar navlardan terilgan mevalar juda sekin yetiladi va saqlash muddatining oxirigacha rangini yo‘qotmay qattiq holda bo‘ladi. Bunday noklarni savdoga jo‘natishdan avval 4–7 kun davomida 15– 20C da saqlab etiltirish lozim.
Omborda havoning nisbiy namligi 85–90% bo‘lishi kerak. Shunga e’tibor berish kerakki, omborda havo haroratining tez-tez o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, aks holda mevalar tez etilib qolishi mumkin, bunday nokni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.
Nokni boshqariladigan gaz muhitida uzoq vaqt saqlash mumkin. Bunda kislorodning miqdori navlar bo‘yicha 2–3%, karbonat angidridning miqdori 1-5% gacha bo‘lishi ularning sifatli saqlanishini ta’minlaydi.
Behini saqlash texnologiyasi. Behi odatda havo quruq paytida terib olinadi. Terish paytida uning ustidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlashga chidamliligini oshiradi.
Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga qog‘oz to‘shaladi va oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki kontenerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi.
Behini saqlashda havo harorati 0–1C, nisbiy namligi 85% bo‘lgan omborlarda saqlanadi.
Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo‘lib, ular o‘zidan suvni tez yo‘qotib, so‘liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
O‘rik saqlash uchun sal g‘o‘raroq, eti tig‘iz, mazasi naviga xos bo‘lib etilgan paytida uziladi.
O‘rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o‘rtacha kattalikdagi o‘riklar to‘g‘ri qatorlarga terilib, maydalari esa to‘kma qilib yashiklarga joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog‘oz to‘shaladi uning ustiga ham qirindi se’iladi.
O‘rik 0C haroratda va nisbiy namligi 85–95% bo‘lgan. sharoitda saqlanadi. Bunday sharoitda o‘rikni 1–1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17–25C bo‘lgan omborlarda o‘rikni 8–10 kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o‘rikni 1,5–2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning miqdori 3–5%, kislorodning miqdori 2–3% va azotning miqdori 92–95% bo‘lishi lozim.
Olxo‘rini saqlash uchun yashiklarga to‘g‘ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo‘ri yashikka to‘kma qilib solinadi. Olxo‘ri harorati 0–1C, nisbiy namligi 90–95% bo‘lgan omborlarda saqlanadi. 1C haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
polietilen xaltachalarda -1C haroratda 2–3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi: karbonat angidrid 3–4%, kislorod 3%, azot 93–94%.
Olcha va gilos havo harorati 0–1C va nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘lgan omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10–15 kun saqlash mumkin. Lekin polietilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz muhitida (SO2–10%, O2–11%, N2– 79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |