Tarmoqlararo sohalarni boshqarish


O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki



Download 173 Kb.
bet12/14
Sana18.08.2021
Hajmi173 Kb.
#150288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshqarish organlari klassifikatsiyasi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Markaziy bank to`g`risida”gi qonuni11 bilan tartibga solinadi.

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir.

Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat.

Markaziy bankning asosiy vazifalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:



  • monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • O`zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta'minlash;

  • banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O`zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo`shgan holda, saqlash va tasarruf etish;

  • davlat budjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etish.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki O`zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi. Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga daxldor barcha muhim masalalar bo`yicha maslahat beradi.

Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek monetar va valuta siyosati bo`yicha davlat budjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o`z ichiga olgan ma'ruzani taqdim etadi.

Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.

Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro`yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi. Banklar va kredit uyushmalarini ro`yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qog`ozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Banklar va kredit uyushmalarini ro`yxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi. Markaziy bank Banklarni davlat ro`yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog`ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Markaziy bank:

bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni; moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan qoidalarni; faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi.

Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi, Oliy Majlis:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko`ra Markaziy bank Raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko`rib chiqadi.

Markaziy bank pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning asosiy yo`nalishlari to`g`risida har yili matbuotda ma'ruza e'lon qiladi.

Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo`nalishlarini belgilab beradi, boshqaradi. Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o`tkazib turiladi. Boshqaruvning to`xtami qaror shaklida qabul qilinadi.

Markaziy bank Rais tomonidan boshqariladi.

Rais: Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo`ladi; Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, qonunga binoan Boshqaruv vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno; Boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqaradi; Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo`yicha Markaziy bank nomidan ish ko`radi; ayrim masalalarni hal qilishni o`zining o`rinbosarlariga, markaziy apparat tarkibiy bo`linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning rahbarlariga topshiradi.

Markaziy bank Raisining vakolat muddati - besh yil. Markaziy bank Raisi bo`lmagan paytda uning vazifalarini o`rinbosarlaridan biri bajaradi.

Markaziy bank:

moliyaviy yordam ko`rsatish bilan shug`ullanishga;

tijorat faoliyati bilan shug`ullanishga;

O`zbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta'minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas.

Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimidir. Markaziy bankning Qoraqalpog`iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan bosh boshqarmalar faoliyat ko`rsatadi.

Markaziy bank va uning muassasalari soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa to`lovlardan ozod qilinadi.




Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish