Quyidagilar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etashning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta'minlash;
ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy prinsiplariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisob raqamlarini tuzishni ta'minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo`lgan ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro`y berayotgan jarayonlarni har tomonlama xarakterlovchi statastika va hisobot ko`rsatkichlarining tezkorligini, ishonchliligani, xolisligini va izchilligini ta'minlash;
statistik axborotning qulayligani, aniqligini va oshkoraligini kengaytirish ishlarini amalga oshirish;
statistika ishlarini tashkil etishning statistika axborotini yig`ish, kayta ishlash va umumlashtirish tartibiga xar qanday aralashishni istisno qiluvchi tizimini yaratish,
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e'lon qilishni amalga oshirish,
SNS xalqaro metodologiyasiga muvofiq bo`lgan milliy hisoblar tizimini ishlab chiqish, xalqaro statistika standartlari va qoidalarini hisobga olgan holda milliy hisoblarni tuzishni axborotlar bilan taminlash tizimini shakllantirish;
statistika ishlari davlat buyurtmasini tayyorlash va uning bajarilishini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ehtiyojlari, foydalanuvchilarning statistika axborotlariga talabini o`rganish asosida Davlat statistika ishlari dasturlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tashkil etish;
yo`nalishlar bo`yicha statistika axborotlarining taqqoslanuvchanligini, mamlakatlararo taqqoslanuvchanligini ta'minlovchi, o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy-statistik tasniflar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish;
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning statistika sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish bo`yicha faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta'minlash,
respublikani, mintaqalarni va tarmoqlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo`yicha Oliy Majlis qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilishining statistika kuzatuvlarini amalga oshirish,
davlat organlarini va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini va xalqaro tashkilotlarni hamda jamoatchilikni statistika axboroti bilan belgilangan tartibda ta'minlash,
dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo`yicha metodik bazaning ishlab chiqilishini amalga oshirish, tematik yezishmalarni, senz tadqiqotlarini va monitoringni tashkil etish va amalga oshirish,
sttistika organlarini zamonaviylashtirish hamda statistika axborotini tezkorlik bilan uzatishni va qayta ishlashni ta'minlovchi zamonaviy kompyuterlar hamda axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash, statistika bo`yicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantirish, uning respublikadagi boshqa axborot tizimlari bilan o`zaro muvofiqligi va bog`liqligini ta'minlash;
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo`lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini xamda korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestrini yuritish;
statistika axborot resurslarining xavfsizligini ta'minlash va axborot-hisoblash tizimini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish.
barcha darajalardagi statistika organlari kadrlari malakasini izchil asosda oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta'minlash;
O`zbekiston Respublikasining ustuvor yo`nalishlar bo`yicha davlat statistikasi sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish va xalqaro hamkorligini rivojlantirish;
xo`jalik shartnomalari asosida korxonalar va tashkilotlarga dasturlar ishlab chiqish bo`yicha xizmatlar hamda axborot-hisoblash xizmatlari ko`rsatishga doir statistik va boshqa ishlarni bajariy, noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasiga rais rahbarlik qiladi. Rais respublika Hukumatining taqdimnomasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Rais lavozimga o`zining kasb va texnik malakasi asosida uch yil muddatga tayinlanadi hamda u o`zining kasbga nomuvofiqligi sababli belgilangan muddatdan oldin lavozimdan ozod etilishi mumkin.
Raisning O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlaiadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to`rt nafar o`rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o`rinbosari bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi maqomiga ko`ra vazirga, raisning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisi O`zbskiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasiga yuklpshap vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida 7 kishidan iborat Hay'at tuziladi. Hay'at davlat statistikasini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlarini, shuningdek davlat statistikasi organlari faoliyatining boshqa masalalarini ko`rib chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi huzurida davlat hokimiyati organlari, ishbilarmon doiralar, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat tarkibda davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek statistika metodologiyasini takomillashtirish va foydalanuvchilarning rasmiy statistika axborotiga bo`lgan ehtiyojini hisobga olish muammolari bo`yicha kollegial maslahat organi hisoblanadigan Statistika kengashi tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |