Xalq xo'jaligida buhgalteriya hisobining o'rni va ahamiyati
Reja:
1. Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob turlarini o’rni va ahamiyati.
2. Xo’jalikdagi hisob turlari.
3. Hisob turlarida qo’llaniladigan o’lchov birliklari.
4. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish printsiplari.
Xulosa
Iqtisodiy faoliyatni boshqarishda hisob turlarini o’rni va ahamiyati
Buxgalteriya xisobi - iktisodiy fanlardan biri bulib, uning nazariyasi buxgalteriya xisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini urgatadi. Bu fan xalk xujaligi tarmoklarida buxgalteriya xisobini yuritish usullarini urganib, umumlashtirib, uning ilgor usullarini joriy etish bilan shugullanadi. Shu bilan birga bu fan boshka mamlakatlar buxgalteriya xisobini yuritish usullarining ilgor shakllarini xalk xujaligi tarmoklariga joriy etish yullarini ishlab chikadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xalq xo’jaligidagi hisob turlariga talab mavjud bo’lgan. Chunki xalq xo’jalik hisobiinsoniyat uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo’layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo’lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo’ladi. Xuddi shu vazifani esa xalq xo’jalik hisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xo’jalik hisobi ahamiyati ko’paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to’g’ri yurgizish orqaligina ega bo’lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo’ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o’sishi natijasida xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo’jalik hisobi ahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy faoliyatini boshqarish xalq xo’jalik hisobiorqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xalq xo’jaligi faoliyati boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |