Tarix va falsafa kafedrasi o`zbekiston tarixi fanidan o`quv uslubiy majmua denov-2021


Turkiston Kompartiyasining tashkil etilishi



Download 0,58 Mb.
bet14/25
Sana03.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#631944
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua Ozbekiston tarixi 3 kurs (2)

Turkiston Kompartiyasining tashkil etilishi. Turkistonda Kom- munistik partiya 1918-yil iyunga qadar ham tashkilot sifatida uyushib shakllanib ulgurmadi. Chunki o‘tgan mavzularda ta’kidlangani singari, Kompartiyaning Turkiston o‘lkasidagi mahalliy aholi o‘rtasida na moddiy, na ma’naviy tayanch bazasi bor edi. Kompartiya g‘oyalari mahalliy aholi uchun tushunarsiz va begona bo‘lganligidan keng mehnatkashlar ommasi unga ergashmadi. To‘g‘ri, 1918-yil iyun oyiga kelganda o‘lkada 20 ta partiya tashkiloti bo‘lib ulaming saflarida 2 mingga yaqin partiya a’zosi bo‘lganligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Ammo bu a’zolaming hammasi asosan chet millatlarga mansub boigan kishilar edilar.

  1. yil oktabr to‘ntarishidan, ayniqsa, 1918-yil 6-iyuldan so‘ng Kommunistik partiya mamlakatda hokimiyatning butkul vorisi va yagona rahbar partiyaga aylandi. 1918-yilda Uriskiyning o‘ldirilishi, V. I. Leninning yarador qilinishi kabi bahonalar bilan mamlakatda barcha muxolifat partiyalar faoliyati taqiqlab qo‘yildi. Kompartiya o‘zining yakka boshchilikdan iborat rahbarlik mavqeini saqlab qolishi va mustahkamlashi uchun Rossiyaning mustamlakalari bo‘lgan o‘lkalar va hududlarda, shu jumladan, Turkistonda ham o‘zining ishonchli filiallarini shakllantirmog‘i kerak edi. Kompartiya bunday filiallar orqali bepoyon va katta mamlakat hududidagi davlat idora va boshqarish tizimini o‘z qo‘l ostida bamisoli o‘rgimchak uyasi singari qamrab markazlashtirib olar edi. Ana shu uzoq kelajakni ko‘zlagan maqsadtaqozosi bilan V.I.Lenin partiyaviy-tashkiliyishlardachiniqqan shogirdlari V.D.Votinsev, N.S.Kachuriner, M.Troiskiylami 1918- yilning birinchi yarmida Turkiston Kompartiyasini tashkil etish uchun Toshkentga yubordi. Ulaming tashabbusi va tashkilotchiligida 1918- yil 17-iyunda Toshkentdagi Hurriyat uyida Turkiston bolsheviklari- ning o‘lka konferensiyasi ochildi. Konferensiya delegatlari asosan Yevropa millatlariga mansub shaxslar edilar. Konferensiyada, aniq bo‘lmagan ma’lumotlarga qaraganda, 1500 partiya a’zolari nomidan 43 ga yaqin vakillar ishtirok etgan. Bular Toshkentdan Tobolin, Pershin, Finkelshtein, Votinsev, Sidorov, Sorokin, Kolesov, Sorokina, Golikov, Troiskiy, Klevleev, Yermolov, Maikov, Solkin, Gavrilov, Alksnis, Barover, Vasilev, Gordeev, Udalov, Melnikov, Baktashev; Samarqanddan - Fomenko, Yenyutin; Andijondan - A.P.Salayev, D.S.Uryupin; Chorjuydan - Feoktistov, Marvdan - Geyvandov, Kushkadan - Jilsov, Qizilarvotdan - Fokeyev, Xo‘janddan - Borodin, Qo‘qondan - Vershinin, Perovskdan - Migalin, Aktyubinskdan - Bazarkin, Chalqardan - Maslennikov, Chemyaevodan - Kumosovlar edilar.

Konferensiyada Turkiston o‘lkasidagi deyarli barcha partiya tashkilotlaridan vakillar qatnashayotganligi uchun u o‘lka kom- munist - bolsheviklar partiyasining birinchi qurultoyi deb ataldi. Albatta, Turkiston bolsheviklar qurultoyining bunday tarkibda bo‘lishi bir qator shovinistik xarakterdagi qarorlar qabul qilinishiga sabab boidi. Jumladan, hozirgi payt to‘g‘risidagi qabul qilingan qarorda dehqonlarga nisbatan dushmanlarcha baho berildi. Qurultoy rezolyutsiyasida dehqonlami «mayda burjua elementlari», «inqilobiy yo‘qsillaming faqat muvaqqat hamrohlarigina» boia oladi va ertami-kechmi inqilobiy yo‘qsillardan orqada qoladi va hatto kontrrevolyutsiya uchun tayanch bo‘lib qoladi», deb ko'rsatildi52. Agar Turkiston o‘lkasi tub yerli aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etganligi hisobga olinsa, mazkur qaroming naqadar reaksion maqsadlami ko‘zlaganligi yanada oydinlashadi.
Ayni paytda qurultoy qarorlarida Turkiston o‘lkasida musulmon aholini dahshatli qirg‘in qilishda o‘z shafqatsizligi bilan nom chiqargan dashnoksutyun partiyasi yo‘qsillaming ittifoqchisi qatoriga kiritildi. Bu ham siyosiy tashkilot sifatida shakllanayotgan Turkiston Kompartiyasining maqsad-muddaolarini milliy vatanparvarlik tuyg‘usi bilan tahlil qilib amaliy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Qurultoyda Turkiston Kommunistik partiyasining yetti kishidan iborat Markaziy Qo‘mitasi saylandi. Markaziy Qo‘mita a’zolarining N.Xo‘jayevdan tashqari hammasi Yevropa millatlariga mansub shaxslar edilar. Bular: I.Tobolin - rais, A.Solkin, V.Votinsev, M.Troiskiy, K.Sorokin va P.Ermolovlardir. Ana shu tariqa Turkiston Kommunistik partiyasiga asos solindi. Huddi shu davrdan boshlab
Turkiston Kommunistik partiyasi Sho‘ro hukmronligining 1918— 1924-yillarida Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan siyosiy o‘yinlarga boshchilik qildi. Bu siyosiy o‘yinlar yangidan-yangi hududiy partiya tashkilotlarini tuzish, Markaziy Osiyoda Rossiya mustamlakachiligi tartibotlarini yanada mustahkamlash maqsadida zarur bo‘lgan barcha ayyorlik tadbirlarini ishga solishni o‘z ichiga olar edi. Kommunistik partiyaning bu tadbirlariga andakkina bo‘lsa-da, o‘z mustaqil fikrini bildirgan shaxslar har xil bahonalar bilan shafqatsizlarcha jazolanardi.

  1. yilning ikkinchi yarmidan e’tiboran Turkiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasida ichki vaziyat keskinlashdi. Bu keskinlik asosan Markaziy Qo‘mitaning rahbarlik lavozimlarida o‘tirib olgan «eski kommunistlar» guruhi (I. Tobolin, F.Kolesov va boshqalar) bilan markazdan yuborilgan xodimlar - «yosh kommunistlar» guruhi o‘rtasida kuchayib ketdi. Turkiston o‘lkasi Sho‘rolarining VI syezdi qarori bilan I.Tobolin va F.Kolesovlar barcha rahbarlik lavozimlaridan chetlatilgan edilar. Ular o‘z atroflariga tarafkashlarini to‘plab rahbarlik lavozimiga yangi kelganlarga qarshi kurashni avjiga mindirdilar. Turkiston Kompartiyasidagi rahbarlar o‘rtasida hokimiyat talashib olib borilgan kurash shu darajaga yetdiki, u nafaqat quyi partiya tashkilotlari, hatto harbiy qo‘shinni ham o‘z girdobiga tortdi. Turkiston o‘lkasida tang siyosiy vaziyat vujudga keldi. Ish shu darajaga borib yetdiki, mojaroni tinchitish maqsadida Favqulodda tergov guruhi tuzildi. Nihoyat ushbu muammo 1918-yil 17-29-dekabrda o‘z ishini olib borgan Turkiston Kompartiyasining И qurultoyigacha olib chiqildi. «Keksa kommunistlar» guruhining rahbarlari I.Tobolin va F.Kolesovlar o'z xatolariga iqror boidilar.

Qurultoy «keksa kommunistlar» guruhining nifoqchilik faoliyatini qoraladi va undan umumpartiya intizomiga bo‘ysunishni talab qildi53.
Turkiston Kompartiyasidagi ichki hokimiyat uchun talashish kurashlari natijasi o‘laroq vujudga kelgan siyosiy bo‘hron o‘lkada Kompartiyaning obro‘sini tushirib yubordi. Bu kurashga hatto harbiy qo‘shin rahbariyati ham aralashdi va o‘lkada harbiy to‘ntarish yasab hokimiyatni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘ldi.
Osipov isyoni
Turkiston sho‘rolar hukumatini ag‘darish maqsadida 1919-yil yanvarda amalga oshirilgan harbiy isyonga K. Osipov boshchilik qildi. Osipovning o‘zi kim, degan savolning qo‘yilishi tabiiydir, albatta.
Sho‘ro davrida yaratilgan tarix darsliklari, qo‘llanma va tarixga oid adabiyotlarda Osipov isyonini Angliya razvedkasi va Rossiyadagi kontrrevolyutsion kuchlar tayyorladi, u aslida rus harbiy qo‘shinining ofitseri edi, degan fikr ilgari surilgan. Albatta, bu fikr asossiz edi. Masalan, «0‘rta Osiyo kommunistik tashkilotlarining tarixi» kitobida quyidagi jumlalami o‘qiymiz: «Ular (ya'ni ingliz josusi Beyli va Rossiyadagi kontrrevolyutsion kuchlar - (muall.) Turkiston Respublikasining harbiy komissari, aldov yo'li bilan boishevistik partiyaga kirib olgan avantyurist, sobiq praporshik Osipovdan isyonning rahbari sifatida foydalanishga qaror qildilar»54. Bu fikrlarga ishonish qiyin. Chunki K.Osipov bolsheviklar partiyasida tasodifiy a’zo emas, u 1913-yildan bu partiyaga haqiqiy a’zo bo‘lib, boisheviklaming barcha «sinovlari»dan muvaffaqiyatli o‘tgan edi. Shu sababdan ham uni Turkiston Respublikasining harbiy komissari lavozimiga tavin etgan edilar. K.Osipov o‘taketgan shovinist, mansabparast, Turkiston о‘Ikasi musulmonlarining ashaddiy dushmani edi. Turkiston muxtoriyatini tor-mor keltirishda va Qo‘qon shahridagi dahshatlarda K.Osipovning qonli panjalari izi bor. U Skobelevdan

  1. ta zambarak, 4 ta pulemyot va 140 ta askar bilan Qo‘qonga kelib o‘z insoniy haq-huquqi uchun bosh ko‘targan mahalliy aholini qonga botirishda faol qatnashadi.

Toshkentda Sho‘rolarga qarshi isyon ko‘tarishdan K.Osipov qanday maqsadni ko‘zlagan edi, degan savol tug‘iladi. Uning bosh maqsadi Turkistonda harbiy diktatura o‘matishdan iborat edi. Turkiston Sho‘rolari rahbariyatidagi hokimiyatni talashish o‘yinlari K.Osipovga yoqmayotgan edi. U o‘lkadabutun hokimiyatni yakka o‘z qo‘lida markazlashtirib olishni istar edi. Ana shu maqsadda 1919-yil 18 dan 19-yanvarga o‘tar kechasi Toshkentda K.Osipov boshchiligida Sho‘rolarga qarshi isyon boshlandi. Uni Sho‘ro hukumati a’zolaridan Agapov va Uspenskiylar qo‘llab-quwatladilar. Isyonchilar Turkiston
Respublikasi bolsheviklar partiyasi va sho‘ro muassasalarining ko‘zga ko‘ringan rahbarlarini aldov yo‘li bilan sobiq 2-Sibir o‘qchi askarlar polkining harbiy shaharchasi hududiga olib kelishga muvaffaq bo‘ldilar va ulami vahshiylarcha otib o‘ldirdilar. Jami bo‘lib o‘ldirilganlar soni 35 kishini55 tashkil etadi. Bular: Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi V.D. Votinsev, Xalq Komissarlari Kengashining raisi V.D.Figelskiy, respublika Favqulodda tergov komissiyasi (ChK) ning raisi I.P.Fomenko, Ichki ishlar xalq komissari va Xalq Komissarlari Qo‘mitasining kotibi A.N.Malkov, Toshkent shahar Kengashining raisi N.V.Shumilov, Oziq-ovqat komissari A.Ya.Pershin, Toshkent shahar Kengashi raisining o‘rinbosari V.N.Finkeishteyn, Toshkent shahar kasaba uyushmalari kengashining raisi va Moliya xalq komissari M. A.Kachuriner, Yoilar xalq komissari Ye.D.Dubiskiy, Turkiston Respublikasi harbiy dala sudining raisi A.V.Cheiyakov, partiya drujinasining komandiri DG.Shpilkov, «Turkestanskiy kommunist» va «Krasnoarmees» gazetalarining muharriri M.N.Troiskiy, Toshkent shahar bolsheviklar partiyasi qo‘mitasining a’zosi S.P.Gordeev, shahar soqchilari boshlig‘ining yordamchisi G.I.Lugin va boshqalar edilar.

  1. yil 19-yanvar ertalabgacha isyonchilar hukumat muassa- salari joylashgan Hurriyat uyi, Tuproqqo‘rg‘on (hozirgi Prezident Mahkamasi binosi o‘mida) va Bosh temir yo‘l ustaxonasidan boshqa shahaming barcha idoralarini egallab oldilar. Isyonchilar maxsus varaqa-chaqiriq bilan xalqqa murojaat qildilar. Unda jumladan bunday deyilgan edi: «Sho‘ro hokimiyati ag‘darildi...

Endilikda bolshevoylar merosining og‘ir yukini o‘z zimmasiga oladigan muvaqqat hukumat sizni og‘ishmasdan xalq hokimiyati g‘oyasini amalga oshirishga - Ta’sis Majlisiga boshlab boradi». Ammo isyonchilaming niyatlari amalga oshmadi. Isyon Sho‘rolarga sodiq kuchlar tomonidan bostirildi. Xususan, bunda Harbiy instruktorlar maktabining tinglovchilari ko‘rsatgan sabot-matonat hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bu isyonni daf etishda Eski shahar Kengashi raisi N.Xo‘jayev boshchiligida Toshkent eski shahar mahalliy kishilardan iborat partiya drujinasi ham faol ishtirok etdi56.
Osipov isyoni bostirilgach, 21 yanvarda so‘l eserlar tuzgan Harbiy inqilobiy qo‘mita, Turkiston MIQ, Xalq Komissarlari
Kengashi, Sirdaryo viloyati Ijroiya qo‘mitasi, Toshkent shahar Kengashi ijroiya qo‘mitasi, harbiy qismlar, partiya va kasaba tashkilotlari vakillarining qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda bolshevik A.A.Kazakov boshchiligida Turkiston Respublikasining Muvaqqat Harbiy-inqilobiy kengashi saylandi. Uning tarkibiga A.T.Salikov, S. 3.Rubsov,RI.Ilyasov,REliseev singari bolsheviklar bilan bir qatorda 8 so‘l eser ham a’zo bo‘lib kirdi. Muvaqqat harbiy-inqilobiy Kengash tarkibiga N.Xo‘jayevdan bo‘lak tub yerli aholi vakillaridan hech kim kiritilmaydi. Ana shu tariqa Osipov boshchiligida uyushtirilgan isyon barham topdi.
Biz shu o‘rinda bitta masalaga o‘quvchilar diqqatini qaratishni istar edik. 1962-yilda Moskvaga yoqish niyatida mahalliy laganbardor rahbarlar tashabbusi bilan Toshkent shahrining hozirgi «Shimoliy vokzal» maydonida «14 Turkiston komissari» monumenti o‘matilgan edi. Tarixiy haqiqat esa, bu tadbiming adolat mezoniga sig‘masligini ko‘rsatadi. Ular nimalardan iborat?

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish